1-laboratoriya ishi Mavzu: Tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizlik sozlamalarini o’rnatish. Ishdan maqsad
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
1-laboratoriya ishi Uralova.S
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
1-laboratoriya ishi Mavzu:Tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizlik sozlamalarini o’rnatish. Ishdan maqsad:Kommutator qurilmasining tuzilishi, ishlash tamoyillari, masofadan kirishni ta’minlash usullari hamda xavfsizlik ko’rsatkichlarini sozlash qoidalarini tadqiq qilishdan iborat. Kompyuterga IP manzil berish Nazorat savollari 1.Console porti qaysi holatda ishlatiladi? 2.Parolni shifrlanmagan ko‗rinishda uzatilmasligi uchun nima qilish kerak? Telnet va SSH protokollari nima maqsadda ishlatiladi? Console port — Konsol porti Cisco qurilmasini sozlash uchun tashqaridan kirishni ta‘minlaydigan boshqaruv portidir. Konsol portidan foydalanishning afzalligi shundan iboratki, qurilmaga tarmoq xizmatlarini konfiguratsiya qilmasdan ham kirish mumkin, masalan, tarmoq qurilmasining dastlabki konfiguratsiyasi holatida. Boshlang‗ich konfiguratsiya bajarilganda, kompyuterning maxsus kabeli (RS232) yordamida qurilmaning konsol portiga ulanadi va sozlash ishlari amalga oshiriladi. 2.Telnet va SSH protokollari nima maqsadda ishlatiladi? TELNET (terminal network) — tarmoq bo‗ylab qurilmalarga murojat qilish uchun mo‗ljallangan tarmoq protokoli. Protokolning zamonaviy standarti RFC 854 da yozilgan. TELNET protokolining vazifasi terminal qurilmalar o‗rtasida o‗zaro ishlashni ta‘minlashdan iborat. Bu protokol terminal-terminal ko‗rinishdagi aloqada ishlatiladi. Protokol Secureshell (SSH) — bu protokol uzoqdagi qurilmalarni boshqarish uchun xavfsiz (shifrlangan) bog‗lanishni ta‘minlaydi. Uzoqdagi qurilmalarni boshqarish uchun Telnet protokoli o‗rniga SSH protokolini qo‗llash tavsiya etiladi. Lokal tarmoqlarda Telnet ni qisqa vaqt uchun ishlatish mumkin. Telnet eskirgan protokol hisoblanib, qurilmalar o‗rtasida ishlashda shifrlanmagan xavfsiz ma‘lumot ko‗rinishiga o‗xshaganday identifikatsiya axborotlari (foydalanuvchi nomi va paroli) ham ochiq uzatiladi. SSH uzoqdagi qurilmalar bilan bog‗lanishda himoyani ta‘minlaydi. Qurilmalarni autentifikatsiya (foydalanuvchi nomi va paroli) ma‘lumotlarini ishonchli shifrlaydi. Shuningdek qurilmalar o‗rtasidagi uzatilayotgan ma‘lumotlarni ham himoyalaydi. SSH TCP- port 22 ni, Telnet TCP- port 23 ni ishlatadi. Kerakli resurslar: 1 ta kommutator (Cisco 2960 operatsion tizimi Cisco IOS 15.0(2), obraz lanbasek9); 1 ta kompyuter (operatsion tizimi Windows 7, Vista yoki XP da emulyator terminal dasturi, Masalan: Tera Term, Patty);cisco IOS qurilmasini konsol porti orqali sozlash uchun console kabeli; ethernet kabeli. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling