2-rasm. Termoparaning erkin uchlariga O‘A ulash sxemasi.
|
3-rasm Termoparaning bir termoelek-trodini uzish bilan O‘A ulash sxemasi
|
Bundan ko‘rinadiki (1.8) tenglama ham TEO‘ ning asosiy tenglamasi (1.2) ga mos keladi.
Shunday qilib TEU larning zanjirlariga uchinchi simni ulash bilan hamda ularning uchlar temperaturasini bir hilda (teng) bo‘lganda, O‘A ni ulash bilan ishchi ulanmada temperaturani osongina o‘lchash mumkin.
Agarda TEO‘ ning erkin uchlari temperaturasi t0 dan farq qilsa uning temperaturasi ham topilishi va erkin uchlari temperaturasiga tuzatma kiritilishi zarur.
Termobatareya va differensial termometrlar. Termoelektr termometrni o‘zgartish koeffitsientini orttirish uchun bir necha termoparalarni (termobatareyalarni) ketma-ket ulashdan foydalaniladi (4-rasm. a). Bunda termoparalar hosil qiladigan termo EYUK qo‘shiladi, ya’ni n ta termoparadan tuzilgan termobatareyalar termo EYUKsi alohida olingan termopara termo EYUK sidan katta. Bunday ulashdan kam farq qiluvchi ish temperaturasi t ni va erkin uchlari t0 ni o‘lchashda foydalaniladi.
4-rasm. Termoelektr zanjirlar:
a-termobatareya; b-differensial termometr.
Ikki nuqta orasidagi temperatura farqini o‘lchash uchun differensial termoelektr termometr qo‘llaniladi. U ikkita qarama-qarshi ulangan bir xil termometrdan tuzilgan (4-rasm. b). Agar temperaturalari farqi o‘lchanayotgan nuqtalarning temperaturasi o‘zaro teng bo‘lsa, unda o‘sha nuqtalarda termometr xosil qiladigan TEYUK lar xam teng bo‘ladi. Bunday xolda termometrdagi zanjir toki nolga teng bo‘ladi, chunki qarama-qarshi ulanganda bir termoparaning TEYUK i boshqa termoparaning TEYUK i bilan kompensatsiya qilinadi va o‘lchov asbobi nolni ko‘rsatadi. Agar t1 va t2 temperaturalar turlicha bo‘lsa, u xolda qaysi temperatura yuqori bo‘lishiga qarab, temperaturalar farqiga proporsional bo‘lgan zanjir toki biror yo‘nalishda oqadi, buni o‘lchov asbobi ko‘rsatadi.
Nazorat savollari
Termoparaning ishlash prinsipi nimaga asoslangan?
Termoparaning asosiy kamchiligi?
Termojuftning ulchash asbobi va datchik orasidagi masofa ulchash xatoligiga qanday ta’sir kiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |