1-Laboratoriya ishi Metallar qattiqligini Rokvell usulida aniqlash


Download 76 Kb.
Sana01.11.2023
Hajmi76 Kb.
#1738052
Bog'liq
1 Labaratoriya


1-Laboratoriya ishi

1. Metallar qattiqligini Rokvell usulida aniqlash.


1. Ishdan ko`zlangan maqsad va vazifa.


1.1. Rokvell pressning tuzilishi va ishini o`rganish.


1.2. Sinov uchun berilgan namuna qattiqligini aniqlash.
1.3. Aniqlangan qattiqlikni Rokvell birligidan Brinell birligiga o`tkazish.
1.4. Bajarilgan ish yuzasidan xisobot tuzish.

2. Umumiy ma’lumotlar.


Metallning o`zidan qattiqroq jismning botishiga qarshilik ko`rsatish xossasi uning qattiqligi deb ataladi. Aniqlangan qattiqlikka qarab metall sifatini aniqlash mumkin. Masalan: plastik metallarning musta’kamlik chegarasini qabul qilish mumkin. Metallning qattiqligiga qarab o`tkazilgan termik ishlov sifatini xam tekshirish mumkin.


Qattiqlikni aniqlashda metallga Rokvell usulida olmos konus, Brinell usulida po`lat shar, Vikkers usulida esa muntazam to`rt yoqli olmos piramida botiriladi.
Rokvell usulida ishlatiladigan konusning burchagi 120gradus. Ayrim xollarda diametri 1,588 mm, bo`lgan po`lat shar ‘im ishlatilishi mumkin. Qaysi uchlikda ishlatilishidan qat’iy nazar namunaga qo`yiladigan nagruzka R ikki qismdan – dastlabki R (xamma vaqt R=10kg) va asosiy R1 yuklamalardan tashkil topgan bo`ladi.
Po`lat shar ishlatiladigan (V shkalasi) umumiy nagruzka R=10+90=100kg, olmos konus ishlatilganda esa A va S shkalalari uchun umumiy yuklama tegishliligicha, R=10+50=60kg va R=10+140=150kg bo`lishi kerak.
3. TK-2 Rokvell pressining tuzilishi va ishi.
Namunaning qattiqligini aniqlash.

TK-2 pressining tuzilishi rasmda ko`rsatilgan. Namunani sinashdan oldin, uning qattiqligi darajasiga qarab shpindelga po`lat shar yoki olmos konus 4 maxkamlanadi. Pressning osmasiga tegishli nagruzka qo`yiladi. Sinaladigan namuna 1 stol 2 ga o`rnatiladi va chambarak 3 soat strelkasi yuqoridagi tomonga aylantirib, namuna uchlikka tegiziladi. Shundan keyin namunaga dastlabki R0=10kg nagruzka beriladi. Buning uchun chambarak indikator 5 ning qizil nuqtasi ro`parasiga kelguncha aylantiriladi. So`ngra baraban aylantirilib, qora shkalaning nolь bo`linmasiga yoki qizil shkalaning 30 bo`linmasiga katta strelkasining ro`parasiga keltiriladi.


Bu ishlarning xammasi qilib bo`lingan keyin dasta salgina bosilib ketiga qaytariladi. Natijada asosiy nagruzka elektr dvigateli 6 va chervyakli uzatma yordamida richag 7 orqali avtomatik ravishda ishga tushiriladi. Uchliu namunaga bota boshlaydi. So`ng yuk ortilgan osma pastga tushadi va tegishli shkaladan xisob olinadi.






1 – rasm rokvel presning kinematik sxemasi
Sinov o`tkazishning ikki turi bo`lib, 4 yoki 2 sekund davomida bajariladi.
Ishni boshlashdan oldin nagruzka va uchlik turini
quyidagi jadvaldan qabul qilinadi.

Vikkers bo`yicha taxminiy qattiqlik

Shkala belgisi

Uchlik turi

Nagruzka kg xisobida

Rokvell bo`yicha qattiqlikni belgilanishi

Shkalaning ruxsat etilgan o`lchash chegarasi

60-240

V

Po`lat shar

100

HRB

25-100

240-900

S

Olmos konus

150

HRS

20-67

390-900

A

Olmos konus

60

HRA

70-85

Eslatma: Qattiqligi 20-50 bo`lgan ayrim detallarning, qattiq qotishmadan yasalgan uchlik bilan sinovdan o`tkazish mumkin.
Bajarilgan ish natijalari protokolga yoziladi.
Rokvell bo`yicha qattiqlikni aniqlash sinov protokoli.

T/r

Namuna

Shkala

Qattiqlik HRS



Qattiqlik Brinell bo`yicha NB

1

2

3

4

5

O`rtacha





























Bajarilgan ish bo`yicha quyidagi savollarga javob yozing.


1.Rokvell pressining tuzilishi va ishi ‘aqida qisqacha ma’lumot.


2. Sinov protokoli
Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling