Ishning bajarilishi .
Ishni boshlashdan oldin uskunadan foydalanish yoruqnomasi bilan tanishish zarur. Saxaroza va kislotalarning boshlang’ich eritmalari tayyorlanad, termostatda ish rahbari tomonidan belgilangan temperaturada 25 minut saqlanadi. Ishni bajarish uchun polyarimetr trubkasiga havo pufakchalari paydo bo’lishini oldini olgan xolda suv to’ldiriladi va va shaffof probka bilan berkitiladi. Agar trubka atrofiga suv tekkan bo’lsa filtr qog’oz bilan artib tashlanadi va trubka polyarimetrga joylanadi. Uskuna okulyarida yarmi yoritilgan, yarmi qorong’u doira ko’rinishi kerak. Analizator dastasini aylantirib doira teng yoritilishiga erishiladi.bunday sozlash bir necha marta takrorlanadi.
Sekundomerni ishga tushirib, termostatlangan eritmalar kerakli hajmlarda aralashtiriladi, sekundamer tajriba oxirigacha o’chirilmasligi lozim. Polyarimetr trubkasi tezda tayyorlangan aralashma bilan to’ldiriladi, aralashma bilan to’ldiriladi, vaqtni belgilab burish burchagi o’lchanadi. O’lchash belgilangan vaqt mobaynida 8-10 marta takrorlanadi. Polyarimetda reaksiyani tugashini kutmasdan trubkaga quyishdan ortib qolgan aralashma boshqa termostatga o’tkaziladi va 15-20 minut davomida 60 – 70 °С da ushlab turiladi. Bunda reaksiya tez tugaydi. Keyin aralashma sovutiladi, trubkaga quyidagi burilish burchagi α∞ o’lchanadi (α∞< 0 ekanligini xisobga olish kerak).
Olinga natijalar asosida ln(α–α∞) ning т ga bog’liqlik grafigi chiziladi. Xosil bo’lgan to’g’ri chiziq ordina o’qini т = 0 da kesishish nuqtasi ln(α0–α∞) qiymatiga to’g’ri keladi. Reaksiya tezligi konstantasi quyidagi tenglama hisoblanadi va uning o’rtacha qiymati topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |