1-Laboratoriya ishi: Moddalarning molekulyar tuzilishini. Refraktometrik usul bilan o’rganish


-Laboratoriya ishi: TURLI TEMPERATURADA SIRT TARANGLIKI ANIQLASH


Download 141.4 Kb.
bet6/9
Sana26.10.2023
Hajmi141.4 Kb.
#1725619
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Laboratoriya ishi Moddalarning molekulyar tuzilishini. Refrak

5-Laboratoriya ishi: TURLI TEMPERATURADA SIRT TARANGLIKI ANIQLASH.


Ishdan kuzatilgan maqsad: 1. Sirt tarangligini ikki xil metod, ya’ni uzilib tushayotgan tomchini tortib ko‘rish va suyuqlik kapillyarda yuqoriga qancha ko‘tarilishiga qarab o‘lchash metodlari bilan tanishish.

2. Sirt tarangligiga temperatura qanday ta’sir etishini kuzatish.


Ish uchun kerakli jihozlar: Stalagmometr, qisqichi bor shtativ; 100 ml li to‘rtta stakan. Eritmalar: Metil spirt (CH3OH), etil spirt (C2H5OH) va amil spirt (C3H11OH) ning 1,0 molyar eritmalari. Vakuum hosil qilish uchun aspirator; yon tomonida o‘simta nayi va probkasi bo‘lgan keng probirka; ulushlarga bo‘lingan shkalasi bor spirtli manometr; 800-1000ml li stakan; 10-100’ temperaturani o‘lchash uchun 0,5’ ulushlarga bo‘lingan shkalali termometr; keng chambarak mahkamlangan shtativ; asbest qoplangan simto‘r; aspiratorni mahkamlab osib qo‘yish uchun keng qisqichli shtativ.

Sirt tarangligi qiymati faqat suyuqlikning tabiatiga emas, balki temperaturaga ham bog‘liq. Temperatura ortishi bilan sirt tarangligi kamayadi. Bu bog‘lanishni Rebinder asbobi bilan kuzatish qulay.


Sirt tarangligini Rebinder asbobi yordamida o‘lchash metodi tekshirilayotgan suyuqlikka uchi kapillyar vertikal nayni botirib, shu naydan havo puflashga asoslangan. Nayning suyuqlikka botirilgan uchidan havo pufakchalari chiqishi uchun qancha bosim P kerak bo‘lishi o‘lchanadi. Suyuqlikning sirt tarangligi qancha ko‘p bo‘lsa, havo pufakchasi chiqishi uchun shuncha ko‘ p bosim talab qilinadi. Shunday qilib


σ = kP (1)

bunda σ - sirt tarangligining qiymati;


k - shu asbob uchun doimiy bo‘lgan proporsionallik koeffitsienti, uning qiymati nayning kapillyar uchi radiusiga bog‘liq.
Pufakcha chiqish paytidagi bosim manometr bilan o‘lchanadi.
Kapillyar konstantasini topish uchun avval tekshiriladigan suyuqlik emas, balki sirt tarangligi ma’lum bo‘lgan boshqa suyuqlik, masalan, distillangan suv olinadi. Agar bunda pufakcha uzilib chiqish paytidagi maksimal bosim P0 ga teng bo‘lsa, asbob konstantasi


k = σ0/P0 (2)

bo‘ladi.


Asbob konstantasi hisoblab chiqarilgandan keyin tekshiriladigan suyuqlikning har xil temperaturadagi sirt tarangligi qiymati formula (2) yordamida topiladi.



Download 141.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling