1-laboratoriya ishi moyli urug’larni analiz qilish (paxta chigitidan tashqari) Laboratoriya mаshg’ulоtlаrini bаjаrishdа tаlаbаlаrning riоya qilish kеrаk bo’lgаn хаvfsizlik qоidаlаri


Download 0.92 Mb.
bet25/64
Sana27.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1132643
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64
Bog'liq
o\'mcht lab

11-LABORATORIYA ISHI
SOYA URUG’I YORMASINING ANALIZI

Umumiy tushunchalar. Soya urug’i yormasi deb, bir juftli taram-taram ariqchali vallar orasidan yoki maydalagichdan o'tgan massaga aytiladi.
Asboblar: 2-sinf laboratoriya tarozisi, elak, chinni kosachalar.
Ishning bajarilishi. Yaxshilab aralashtirilgan yormaning o’rtacha namunasidan 25gr atrofida ajratiladi. Ajratib olingan massa tarozida tortiladi va teshiklarining diametri 5, 3 va 1mm bo’lgan elakda elanadi. Har bir olingan fraksiyalarni: 5mm li elakdagi qoldiq, 3mm li elakdagi qoldiq, 1mm li elakdagi qoldiq va 1mm li elakdan o’tgan fraksiya - moyli changni alohida-alohida tarozida tortiladi. Har bir fraksiyaning miqdori X (% da) yorma namunasining og’irligiga nisbatan (9) formula bo’yicha aniqlanadi.

12-LABORATORIYA ISHI
KUNGABOQAR,SOYA,KANAKUNJUT MAG’IZLARINING ANALIZI

Umumiy tushunchalar. Mag’iz deb, moyli urug’larni chaqib, hosil bo’lgan chaqilmadan aspiratsion veykalar va elektroseparatorlarda po’choq va yarim chaqilgan urug’larni ajralib olingandan so’ng qolgan, maydalashga yuborilayotgan mahsulotga aytiladi. Qoida bo’yicha bu mahsulotdagi po’choq (qobiq)ning qoldiq miqdori aniqlanadi. Bu ko’rsatkich chaqilmani ajratuvchi uskunaning ishlashini nazorat qilish va maydalanish uchun ketayotgan mahsulotga tavsif berish uchun zarur hisoblanadi.
Asboblar: 4-sinf laboratoriya tarozisi; elak; chinni kosachalar, ajratish taxtasi.
Ishning bajarilishi. Analiz uchun, tarozida 0.01 aniqlikda 25gr mag’iz tortib olinadi va teshiklarining diametri 1mm bo’lgan elakda elanadi. Elak yuzasida qolgan fraksiyadan ajratish doskasi ustida alohida po’choqlarni va butun urug’lar po’choqlarini terib olinadi. Elakdan o’tgan fraksiyadan esa ko’zga ko’ringan po’choqlar ajratib olinadi.
Mag’izdagi po’choqning massa ulushini aniqlash uchun elak yuzasidagi fraksiyadan ajratib olingan po’choqlarni, elakdan o’tgan fraksiyadan ajratib olingan po’choq bo’lakchalarini va butun urug’lardan qo’l bilan ajratib olingan po’choqlarni birgalikda tarozida tortiladi. Po’choqning massa ulushi X analiz uchun olingan tortmaga nisbatan foizlarda (9) formula bo’yicha topiladi.
Xuddi shu yo’l bilan, soya urug’i mag’zidagi po’choqning massa ulushi aniqlanadi. Bunda tortma 1mm li elakda elanmaydi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling