1-laboratoriya ishi moyli urug’larni analiz qilish (paxta chigitidan tashqari) Laboratoriya mаshg’ulоtlаrini bаjаrishdа tаlаbаlаrning riоya qilish kеrаk bo’lgаn хаvfsizlik qоidаlаri


Download 0.92 Mb.
bet7/64
Sana27.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1132643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64
Bog'liq
o\'mcht lab

Vkr= 14,5 (10()-M)/100
bu yerda: M - absolyut quruq modda hisobida urug’dagi moyning massa ulushi, % ; 14,5 - urug’ning gel (moysiz) qismini kritik namligi, %
Urug’lar toza, quruq holatda, namligi kritik namlikdan 1-2% kamroq bo’lsa yaxshi holatda saqlanadi. Uzoq muddat saqlanadigan urug’larning namligi: kungaboqar — 6-8%, paxta chigiti - 9%, soya - 12%, raps — 8% bo’lishi kerak. Urug’larni saqlashda doim harorat nazorat qilib turiladi.
Urug’larni tozalashdan maqsad - iloji boricha iflos aralashmalarni yo’qotish, paxta chigitida esa shu bilan birga puch chigitlarni ham yo’qotishdan iborat.
Qator tadqiqotlar, hamda ba’zi bir yog’-moy korxonalarida olib borilgan laboratoriyalar shuni ko’rsatdiki, kungaboqar, soya, kanakunjut urug’larini o’lchamlari bo’yicha fraksiyalarga ajratish yoki aerodinamik xususiyatlari bo’yicha tozalash maqsadga muvofiqdir. Bu operasiyalarni qo’llash orqali urug’ tarkibidagi saqlash uchun chidamsiz bo’lgan mayda fraksiyalarni, xom va muzlagan urug’larni, iflos va moyli aralashmalarni ajratib olinadi. Ajratib olingan mayda fraksiyalarni birinchi navbatda qayta ishlash tavsiya etiladi. Aralashmalardan tozalangan yirik fraksiya esa talabga javob beradigan sharoitda sifati buzilmasdan uzoq vaqt saqlanishi mumkin.
Urug’larni o’lchami bo’yicha fraksiyaga ajratish operasiyasi tayyorlov sexlarini ayrim texnologik operasiyalari (chaqish, chaqilmani ajratish va b. ni optimallashga sharoit yaratilishi hisobiga) ishini yaxshilaydi. Bundan tashqari urug’lar saqlashga va qayta ishlashga berishdan oldin tarozida tortiladi.
Paxta chigiti murakkab tarkibga (qobiq ustidagi momiq, mag’zida mavjud bo’lgan rang beruvchi modda gossipol va boshqalar) ega bo’lgani uchun qabul qilish, saqlash va qayta ishlashda alohida texnologiyalarni qo’llashga to’g’ri keladi. Boshqa moyli urug’lardan farqli holda paxta chigiti zavodga keltirilganda uni namligi qayta ishlash uchun zarur bo’lgan optimal namlikdan past bo’ladi. Shuning uchun ishlab chiqarishga berishdan oldin u namlanadi. Shuningdek boshqa moyli urug’lar kabi tarozida tortiladi va iflos aralashmalardan tozalanadi.


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling