Momiq mo‘yna xom ashyosining sinflani reja


Download 136.24 Kb.
bet1/6
Sana11.01.2023
Hajmi136.24 Kb.
#1088936
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MO‘YNA XOM ASHYOSINING TAVSIFI


MOMIQ MO‘YNA XOM ASHYOSINING SINFLANI
Reja:



  1. Momiq mo‘ynali xom ashyo

  2. Mo‘ynabop xom ashyo

  3. Mayin junli qo‘y terilarining



Momiq mo‘ynali xom ashyo deb, ovda qo‘lga kiritilgan yoki hayvonotchilik xo‘jaliklarida ko‘paytiriladigan momiq mo‘ynali yovvoyi hayvonlarning ishlov berilmagan terichalariga aytiladi.
Momiq mo‘ynali xom ashyo bahorgi va qishgi turlarga bo‘linadi. Qishgi turga qishgi uyquga ketmaydigan va asosan qishda ovlanadigan momiq mo‘ynali hayvonlar terichalari, shuningdek yil bo‘yi ovlanadigan yirtqich hayvonlarningterichalari kiradi. Bular bo‘rsiq, olmaxon, bo‘ri, qunduz, suvsar, quyon, tulki, ayiq, qo‘zan, sirtlon, yovvoyi mushuk, latcha, qoplon, silovsin, shimol tulkisi, yono‘t, sasiq ko‘zan terichalari va boshqalar.



6-Rasm. Momiq mo‘ynali tericha qismlarining nomlanishi:
a- umurtqa tomondan ko‘rinishi; b- tag teri tomonidan ko‘rinishi; 1- buruncha; 2- ko‘z oralig‘i; 3- boshna; 4- quloq; 5-
bo‘yin; 6- yoli; 7- umurtqa; 8- sag‘ri;
9- oyoqchalar; 10- dum; 11- bo‘g‘izcha;
12- tag teri; 13- chotlar; 14- yon tomon;
15- dum asosi.


Bahorgi turga, qishki uyquga ketishi sababli qishda ovlash qiyin kechadigan momiq mo‘ynali yovvoyi hayvonlar va kemiruvchilarning terichalari kiradi. Bular burunduq, ko‘r sichqon, suv sichqoni, nutriya, ondatra, yumron qoziq terichalari va boshqalar.


Mo‘ynabop xom ashyo
Mo‘ynabop xom ashyo – jun qoplamining sifati bo‘yicha mo‘yna ishlab chiqarishga yaroqli hisoblangan uy hayvonlarining ishlov berilmagan terilari hisoblanadi.
Mo‘ynabop xom ashyoning qishgi va bahorgi turlari farqlanadi. Qishgi mo‘ynabop xom ashyo turiga qishda so‘yish imkoni bo‘lgan u yoki bu uy hayvonlarining terichalari kiradi. Bularga quyon, mushuk, it terichalari kiritiladi.

Download 136.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling