Momiq mo‘yna xom ashyosining sinflani reja


Mo‘ynabop xom ashyoning bahorgi turiga yosh chorva mollarining terichalari kiritiladi. Bu turdagi xom ashyoni tayyorlash asosan bahorda amalga oshiriladi


Download 136.24 Kb.
bet2/6
Sana11.01.2023
Hajmi136.24 Kb.
#1088936
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MO‘YNA XOM ASHYOSINING TAVSIFI

Mo‘ynabop xom ashyoning bahorgi turiga yosh chorva mollarining terichalari kiritiladi. Bu turdagi xom ashyoni tayyorlash asosan bahorda amalga oshiriladi.
Bahorgi turga qo‘y terichalari (qorako‘lcha, qorako‘l, barra teri, krimka, muar-klyam, rus va dasht qo‘ylari qo‘zisining terichalari, tarsoq, sak-sak), echki terichalari (mo‘ynabop echki terichalari), bug‘u terichalari (chala homila terisi), ot terichalari (junli toychoq terichasi, toycha terichasi), yirik shoxli mol terichalari (barra buzoq terichasi) kiritiladi.
Mo‘yna xom ashyosining alohida guruhini po‘stinbop va mo‘ynabop qo‘y terilari tashkil etadi. Ularning ko‘pchilik qismi kuz yoki qish boshlarida so‘yiladi.
Dengiz hayvonlari terilari – bular asosan mo‘yna ishlab chiqarishga yaroqli bo‘lgan har xil turdagi va yoshdagi dengiz mushugi va mo‘ynabop tyulenlarning ishlov berilmagan terilari hisoblanadi. Ushbu terilar dengiz ovchiligi yo‘li bilan qo‘lga kiritiladi.
Qushlar terichalari – sifati bo‘yicha mo‘yna ishlab chiqarishga yaroqli, yumshoq, qalin va mustahkam pat va momiq qoplamali ba’zi suvda suzuvchi qushlar terichalari (oq qush, gagar, pelikan, baklan terichalari va boshqalar).
Har bir mo‘yna xom ashyosi terichalarida avvalo umurtqali (orqa) va tag teri (qorin) tomonlari ajratiladi (6-rasm). Bundan tashqari terichalar bir qator mayda qismlarga bo‘linadi. Bosh qismida buruncha, peshona terisi, quloqlar, ko‘z oralig‘i,yonoqlar; umurtqali qismida- bo‘yin, yoli, kuraklar, umurtqa, yon tomonlari, sag‘ri, son qismi; tag teri tomonida – bo‘g‘izcha, tag teri, chotlari farqlanadi. Ko‘pchilik hayvon turlarida oldingi va orqa oyoqlar, dum qismi saqlanadi.
Odatda, terining eng qimmatli qismlari umurtqa va sag‘risi hisoblanadi. Ammo ba’zi hayvonlarda masalan, nutriya terichasida tag teri umurtqaga nisbatan qimmatliroq hisoblanadi.
Mo‘ynabop qo‘y terilari
Mo‘ynabop qo‘y terilariga mayin junli, yarim mayin junli va yarim dag‘al junli qo‘y zotlarining voyaga etgan va yosh qo‘zilarining, shuningdek ular duragaylarining terilari kiritiladi.
Ishlab chiqarishga mo‘ynabop qo‘y terilari taxminan quyidagi nisbatda kabul qilinadi, jundorligi bo‘yicha: junli va yarim junli 88,1 %, pastjunli 11 %; konservalash usuli bo‘yicha ho‘l tuzlangan va kislota-tuzli konservalangan 65,1 %, tuzlab quritib va tuzlamasdan quritib konservalangan 34,9 %; sochning ingichkaligi bo‘yicha mayin junli 19.8 %, yarim mayin junli 67,3 %, yarim dag‘al 12,9 %; nav bo‘yicha I -10,1 %, II – 28 %, III- 44,4 %, IV- 17,5 %.
Mo‘ynabop qo‘y terilarining sifati qo‘ylarning zoti, yoshi, saqlash va oziqlantirish sharoiti, shuningdek dastlabki ishlov berish sifatiga bog‘liq.

Download 136.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling