Momiq mo‘yna xom ashyosining sinflani reja


Mayin junli qo‘y terilarining


Download 136.24 Kb.
bet4/6
Sana11.01.2023
Hajmi136.24 Kb.
#1088936
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MO‘YNA XOM ASHYOSINING TAVSIFI

Mayin junli qo‘y terilarining asosiy maydonida jun qoplami zich, bir jinsli, shtapelli tuzilishning uzunligi va ingichkaligi bo‘yicha bir tekis, buralganligi yaqqol ifodalangan momiq sochlardan tashkil topgan; junning ingichkaligi 23,1- 25,0 mkm dan yuqori.
Yarim mayin junli qo‘ylarning jun qoplami asosiy maydonda zich, bir jinsli, o‘rtacha yoki yirik buralgan shtapelli tuzilishga ega. Etak va oyoq qismlarida shtapel kokilsimon tuzilishlar va butun maydon bo‘ylab o‘sib ketgan alohida qiltiq sochlarga ham ruxsat etiladi. Junning ingichkaligi 25,1-31,0 mkm atrofida.


Yarim dag‘al mo‘ynabop qo‘y terilarining jun qoplami bir jinsli bo‘lmasligi, aralash tuzilishli (shtapelli -kokilsimon va kokilsimon tuzilish) bo‘lishi mumkin. Ko‘p miqdorda momiq sochlar bilan bir qatorda, undan uzunroq bo‘lgan oraliq va qiltik sochlardan tashkil topgan.
Mo‘ynabop qo‘y terilari junining uzunligiga ko‘ra quyidagicha bo‘linadi: yarim junli 1 sm dan 3 sm gacha, junli 3 sm dan yuqori.
Jun uzunligi 0,5 sm gacha bo‘lgan terilar mo‘yna ishlab chiqarishga yaroqsiz hisoblanadi va nostandart xom ashyoga kiritiladi.
Mo‘yna ishlab chiqarishda eng qimmatli xom ashyo, junning uzunligi 2 dan 5 sm gacha bo‘lgan qo‘y terilari hisoblanadi.
Mo‘ynabop qo‘y terilari jun qoplamining uzunligi asosan qo‘ylarning so‘yish vaqtiga bog‘liq: yoz va kuzning boshlarida so‘yilgan qo‘ylar terisining jun qoplami kalta, kuz va qishda so‘yilgan qo‘ylar terilari uzun jun qoplamiga ega.


Navlarga ajratish


Mo‘ynabop qo‘y terilarini navlarga ajratishda charm to‘qimasining 1/3 qalinligidan ortik kesiklar,5 donadan ko‘p nakostish guruhi, palost(ozib o‘lgan qo‘ydan shilib olingan), terining oriqligi (oriq qo‘ydan shilib olingan), butun maydonda 50 % gacha va 50 % dan ortiq, biglost nuqsoni e’tiborga olinmaydi.
Teshik, chaqa, yuz buzilishi, jun qoplami taqiri, kuya eyishi, prelina, junning to‘kiluvchanligi kabi nuqsonlarning maydon 60 sm2 dan oshmasligi lozim.



Download 136.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling