Mavzu: Donli va don-dukkakli ekinlarni yig‘ib


Download 244.4 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi244.4 Kb.
#1583028
Bog'liq
Asror 1 mustaqil ish


Mavzu: Donli va don-dukkakli ekinlarni yig‘ib olish mashinalari.
Yig‘ish texnologiyalari (usullari)
Yig‘ish jarayonida quyidagi asosiy texnologik operatsiyalar to‘liq yoki qisman bajariladi: poyalarni o‘rish, donli qator uyumlarni yig‘ib olish; yanchish, tozalash va donni navlarga ajratish; poxol va somonni butun, maydalangan yoki zichlangan holda yig‘ish; somonni skirdlash.
Yig‘ib olinadigan о‘simlikning holati, donning pishganligi, ob-havo sharoiti va ishlab chiqarishning imkoniyatlariga bog‘liq ravishda donli ekinlarni yig‘ib olishning bir fazali, ikki fazali, uch fazali va boshqa usullari qо‘llaniladi.
Kombayn bilan yig‘ish, ya’ni bir fazali usul о‘simliklami kesish, о^т^ massasini yanchish, donni somondan ajratish, donni qо‘shimchalardan tozalash, yanchilgan mahsulot (don, somon, poxollarni) yig‘ishni kо‘zda tutadi. Bu operatsiyalarni barchasini kombayn don to‘liq pishib yetilgan davrda bajaradi.
Kombayn bilan yig‘ishda bir tekis pishgan, kam ifloslangan don yig‘ib olinadi.
Bu usulda donlar bir tekis pishmasligi sababli yig‘ish muddati cto^iM ketadi, bu esa donning bir qismini pishib, turib qolishi natijasida to‘kilishi katta nobudgarchilikka olib keladi. Hamma don pishmagan paytda tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri kombayn bilan yig‘ish esa pishmagan donlar va begona оШг tufayli don massasining yuqori namlikda bо‘lganligidan maqsadga muvofiq emas. Chunki bunday holda kombayn ish unumdorligi pasayadi, don te‘p yо‘qotiladi va uni yig‘ib olingandan sо‘ng qayta ishlashga ketadigan sarf-xarajatlar miqdori oshadi.
Donli ekinlarni tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri kombaynda yig‘ishtirish usulida g‘allani о‘rish va yanchish bir vaqtning о‘zida don yig‘ishtirish kombaynlari yordamida daladagi hosilning kamida 95 foizi pishib yetilgan va don namligi 18 foizdan past bо‘lganida amalga oshiriladi.
Bugungi kunda О‘zbekistonda don va somonni yig‘ishtirishga qarab g‘allani tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri kombaynda yig‘ishtirishning bir necha xil xususiy hollari ham qо‘llanilmoqda (238-rasm).
G‘allani о‘rib, somonni g‘aramlab yig‘ishtirish usuli (238a-rasm). Bunda g‘alla SK-5 "Niva", Yenisey-1200, SK-6 "Kolos", Don-1200 va Don-1500 kombaynlari bilan yig‘ishtirib olinadi.



238-rasm. G‘allani to‘g‘ridan-to‘g‘ri kombaynda yig‘ishtirish usullari:
a
- g‘allani c‘rib, somonni g‘aramlab yig‘ishtirish usuli; b- g‘allani c‘rib, somonni zichlab yig‘ishtirish usuli; v- g‘allani Q‘rib, somonni bir yQ‘la maydalab yig‘ishtirish usuli.
G‘alla yig‘ishtirishda ish unumini oshirish uchun g‘allani о‘rib, somonniuyumlab ketib, so‘ngra yig‘gich-zichlagichlar bilan yigishtirish usuli ham qo‘llaniladi (238b- rasm). Keyingi yillarda mazkur usul 0‘zbekistonda keng qo‘llanilmoqda. G‘allani bu usulda yig‘ishtirib olishda "Keys-2166", "Keys- 2366", "Dominator-130", "Mega-204", "Nyu-Xolland S-5060", SK-10 "Rotor", "Djon-Dir-9700" kabi kombaynlardan foydalaniladi. Ushbu usul kombaynlar ish unumini oshirishga imkon bersada, ammo daladagi somonni yig‘ishtirib olishda mayda qismi (qipig‘i, to‘poni) ko‘p nobud bo‘ladi va natijada yig‘ishtirib olingan.
Shuningdek dalada qolib ketgan somon bo‘laklari tuproqqa ishlov berish jarayonida yaxshi ko‘milmaydi hamda ish organlariga tiqilib, jarayonning bajarilish sifatini pasaytirib yuboradi.
Shu sababli g‘allaning donidan tashqari somoni ham yem-xashak sifatida qadrlanadigan hududlar uchun g‘allani о‘rib, somonni bir уо‘к maydalab yig‘ishtirish usuli ishlab chiqilgan (238v-rasm). Bu о‘rish usuli О‘zbekistondagi lalmi yerlarda g‘allani yig‘ishtirishda tavsiya etilgan va unda PUN-5 va shu kabi moslamalari bilan jihozlangan Yenisey-1200, SK-6 "Kolos”, Don-1200 kombaynlari ishlatiladi.
Har uchchala usulda ham yig‘ishtirilgan don kombayndan chiqishi bilan omborga keltiriladi va quritish uchun ochiq maydonlarga to‘kiladi. Keyinchalik esa, donlarni har xil aralashmalardan tozalab olinadi.
Sо‘nggi yillarda о‘rim-yig‘im ishlarini tezroq yakunlash uchun somon unchalik ham ahamiyatsiz Ьо‘^п joylarda yetishtirilgan hosilning faqatgina don qismini yig‘ishtirib olish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Bu о^т usuli bugungi kunda ikki xil ^rinishda amalga oshiriladi.
Birinchisi, g‘alla kombaynda bor balandligi bо‘yicha о‘п^^ doni yig‘ishtiriladi, somon esa maydalash-sochish qurilmasi bilan dalaga sochib ketiladi. Hozirgi paytda bunday qurilmalar Djon Dir, Klaas, Nyu-Holland, Rostselmash, Massey Fergyusson, Doys Far, Allis Chalmers, Lavyerda, Sampo kabi kombayn ishlab chiqaruvchi firma va kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilmoqda va buyurtmaga qarab kombaynlar ushbu qurilmalar bilan butlanib, yetkazib berilmoqda.
Ikkinchi usulda kombaynda hosilning faqatgina boshoq qismi огШЬ, doni yanchib olinadi. Dalada qolgan poyalar esa alohida mashina bilan maydalanib tuproqqa aralashtiriladi.
Ikki fazali yig‘ishning bir fazalidan farqi shundaki, unda о^т^ massasini kesish va maydalash bir vaqtda bajarilmasdan vaqt bо‘yicha ikki fazaga ajratiladi: о^^^^ to‘liq qurishi va pishishi uchun avval kesiladi va uyumlovchi о‘^юЫяг bilan uyumlarga yotqiziladi (birinchi faza), sо‘ngra, 3-5 kun о‘tgandan sо‘ng, uyumlardan о^тНЫяг yig‘ib olinadi, yanchiladi va don, somon va qipiq ajratiladi (ikkinchi faza) (239-rasm).
Bu usulda don dumbul davridan о6Ь yetilgan davrda, ya’ni boshoqning namligi 20-25 foiz atrofida bо‘lganda о‘п^1
Ikki fazali yig‘ish usuli donli ekinlarni rivojlanishining agrobiologik xususiyatlariga deyarli to‘liq mos keladi va uni to‘g‘ri qо‘llash hosilni minimal sarf-xarajat qilgan holda yig‘ish imkonini beradi. Bu usulda yig‘ishga donning kо‘p qismi dumbul holatda bо‘lganda, ya’ni tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri kombayn bilan yig‘ishdan 10-15 kun oldin kirishiladi, о‘rim-yig‘im ishlarini odatdagidan ertaroq tugatish imkoniyati paydo Ьо‘^1 0‘rilgan va uyumlangan don bir tekis pishib yetiladi va quriydi. Buning natijasida kombayn yaxshi sharoitda ishlaydi, binobarin, ish sifatli bajariladi. Natijada quruq va toza don olinadi. Ikki fazali yig‘ish qo‘llanilganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kombayn bilan yig‘ishtirishga nisbatan har bir gektar yig‘ilgan maydondan 0,15-0,45 tonna ortiqcha don yig‘ishga, yig‘ilgan donga qayta ishlov berishga ketadigan mehnat va xarajatlar sarfini kamaytirishga erishiladi.
Ikki fazali usuldan yer yuzining seryog‘in va erta sovuq tushadigan ayrim shimoliy mintaqalarida (Kanada, Angliya, Rossiya, Ukraina, Boltiqbо‘yi davlatlari, Shvetsiya va boshqalar) noqulay ob-havo sharoiti tufayli g‘alla nobud Ьо‘^Ып^ oldini olish uchun foydalaniladi.


239-rasm. G‘allani avval o‘rib tashlab, so‘ngra yig‘ishtirish usuli.

Ushbu о‘rish usuli g‘allani ertaroq yig‘ishtirish imkonini bersada, ammo dalani tezroq bо‘shatishga imkon bermaydi.
Donli ekinlarni yig‘ishtirishning kombaynsiz usullari. Bunday usullar bilan yig‘ishda hosilga ishlov berish operatsiyalarining bir qismi daladan statsionarga kо‘chiriladi.
«Neveyka» usuli don (boshoq) va somonni birgalikda mobil yanchgich bilan uning yonida harakatlanayotgan transport vositasiga yig‘ish uchun mо‘ljallangan. Don somondan maxsus punktlarda poxolajratish mashinalari yordamida tozalanadi. Bu usulda don va somon bitta sig‘imga yig‘iladi, bu esa kombayn usulidagi don va somonni alohida sig‘imlarga yig‘ishga nisbatan ishlarni tashkillashtirishni yengillashtiradi. Biroq, massa zichligi kichik (120-160 kg/m3 don va somon) bо‘lganligidan sig‘imi katta transport vositalari va maydoni katta don tozalash punktlari kerak Ьо‘^1
Uch fazali yig‘ish usuli quyidagi operatsiyalarni о^ ichiga oladi: о^т^ massasini uyumlarga о‘rish (birinchi faza), massani yig‘ib olish, maydalash va transport vositasi sig‘imiga yig‘ish (ikkinchi faza), punktda yanchish va poxoldan ajratish (uchinchi faza). Bunday usulda jami biologik hosil don tozalash punktiga yig‘iladi va qayta ishlanadi. Dala mashinalari oddiylashadi, ularning material sig‘imi kamayadi. Kombayn usuliga qaraganda mashinalarning sutkalik ish davomiyligi uzayadi, yig‘ishning industrial-oqim usuli va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishni avtomatlashtirish soddalashadi. ^‘p energiya sarfi talab qiladigan jarayonlarni (yanchish, somon va boshoqqa ishlov berish) bajarishda elektrlashtirishdan foydalaniladi.
Shu bilan birga uch fazali yig‘ish jami biologik hosilni bir vaqtda yig‘ish va tashish uchun juda ko‘p transport vositasi talab qiladi, punktlarning o‘lchamlari kattalashadi.
О‘simlik massasini quritishli uch fazali yig‘ish о‘simlik massasini mobil mashina bilan qirqish va maydalash, statsionarga tashish, faol shamollatish orqali quritish, sо‘ngra yanchish va don, somon, poxolni ajratish kabilardan iborat. Bu usul noqulay ob-havo sharoitida boshqa usullardan foydalanish imkoniyati bо‘lmaganda yoki ular juda katta sarf-xarajatga olib kelsa, о^ш oqlaydi.
Oddiy o‘rish mashinalari bilan don yig‘ish. Bu usul texnologik operatsiyalar, yuklash va tashish ishlari ^pligi bilan xarakterlanadi va ular don nobudgarchiligi oshishiga sababchi Ьо‘^1 Shuning uchun ham uyumlovchi о‘^юЫяг bilan don yig‘ish kamdan kam qо‘llaniladi.
Don-dukkakli ekinlarni yig‘ishtirishda ularning pishib yetilishidagi juda katta farq (notekislik) va to‘kilib ketishi bilan bog‘liq bо‘lgan katta qiyinchiliklarga duch kelinadi.
Don-dukkakli ekinlarni yig‘ib olish uchun maxsus jihozlangan uyumlovchi о‘^юЫяг va kombaynlardan hamda har xil rusumdagi о‘rgichlarga о‘rnatiladigan moslamalardan foydalaniladi.
Mashinalar komplekslari
Donli ekinlarni yig‘ish uchun mashinalar kompleksi bu jarayonning asosiy texnologik va yordamchi operatsiyalari tarkibidan, shuningdek, hududning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib aniqlanadi.
Kompleksga uyumlovchi о‘rgichlar, yig‘gichlar, kombaynlar, yanchgichlar, don tozalash mashinalari, donquritgichlar, yuklagichlar, transport vositalari, pichanyig‘gichlar, yig‘gich-g‘aramlagichlar, g‘aramtashigichlar,
g‘aramyuklagichlar, zichlagichlar kiradi.
Hudud uchun mashinalar jarayonni ikkita asosiy tashkil etuvchisini hisobga olib tanlanadi:
-donli massani yig‘ish, yanchish va donni tashish;
-hosilning poya qismini yig‘ish va tashish.
Mashinalar kompleksi jarayonning birinchi qismi uchun don va somonni yig‘ish usullaridan, kombaynning о‘tkazish qobiliyati va yurish qismidan kelib chiqib aniqlanadi. Yig‘ish usuli to‘p jihatdan ob-havo sharoitiga bog‘liq. Tuproqning namligiga bog‘liq holda g‘ildirakli, yarim zanjirli va zanjirli yurish qismiga ega kombaynlar qо‘llaniladi. Don yig‘ish mashinalarida hududiy ajratish asosan uyumlovchi о‘rgichlarga taalluqlidir.
Namlik yuqori Ьо‘^п hududlarda donli massani опЬ, yupqa qatlamli qatorga uyumlovchi о‘^юЫяг qо‘llaniladi. Uzun poyali massani yig‘ish uchun kombaynlarga о‘rnatiladigan maxsus moslamalardan foydalaniladi. Don massasi namligi juda yuqori bo‘lganda bug‘doy bog‘lagichlardan foydalaniladi yoki ularni ilgaklarga quritish uchun joylashtiriladi va so‘ngra statsionar mashinalarda yanchiladi.
Harakatlanish qiyin bо‘lgan tog‘li hududlarda don ikki fazali bog‘ qilib bog‘lash usulida yig‘ib olinadi. Buning uchun tog‘da ishlash rusumidagi o‘rgich- bug‘doy bog‘lagichlar, transport vositalari va bog‘lamlarni dala chekkasida yanchuvchi kombaynlardan foydalaniladi.
Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri kombaynlashda maxsus, qiyaliklarda ishlash uchun mo‘ljallangan o‘ziyurar don yig‘ish kombaynlaridan foydalaniladi.
Qurg‘oqchil cho‘l zonalarida katta o‘lchamli dalalarda keng qamrovli sektsiyali uyumlovchi o‘rgichlar qo‘llaniladi va ular donli massaning somonliligi va hosildorligidan kelib chiqib, uni o‘rishda bir yoki ikki qatorga uyumlab ketishi mumkin.
Mashinalar kompleksi jarayonning ikkinchi qismi uchun kombayn bilan yig‘ishdan so‘ng somon qanday holatda qolishi hisobga olinib aniqlanadi.
Hosilning poya qismini uchta asosiy texnologiyalardan biri bo‘yicha yig‘iladi: g‘aramlab, qator uyumlab va oqim usulida.
G‘aramlab yig‘ish texnologiyasi uchta mashinalar kompleksiga asoslanadi. Ulardan birinchisi quyidagi sxema bo‘yicha ishlashda foydalaniladi. Somonni poxol bilan birga kombaynning g‘aramlagichiga yig‘ilib, dalaga g‘aramcha holida tashlab ketiladi. So‘ngra g‘aramni pichan yig‘gichlar yordamida skirdlash joylariga olib boriladi. G‘aramlar yuklagichlar yordamida skirdlanadi.
Ikkinchi mashinalar kompleksi quyidagi sxemada ishlaganda qo‘llaniladi. Kombayn hosil qilib ketgan somon g‘aramchalarini g‘aramtashigich yordamida yig‘ib, ularni dala chekkasidagi skirdlash agregatiga olib keladi. Skirdlash yuklagichlar yordamida amalga oshiriladi.
Uchinchi mashinalar kompleksi ikkinchisiga o‘xshash bo‘lib, undan farqi g‘aramchalarni yig‘ish va dala chekkasiga olib borish g‘aramtashigich bilan amalga oshiriladi.
Kerak bo‘lganda, skirddagi somonni furajlash qurilmasi bilan maydalanadi va chorvachilik fermalariga olib borish uchun traktorga tirkab ishlatiladigan tashish vositalariga yuklanadi.
Qator uyumlash texnologiyasi oddiy qator-uyumlagichlar (PUV-0,6; PMV- 10 va boshq.) bilan jihozlangan don yig‘ish kombaynlaridan va har xil somon yig‘ish vositalaridan (PVF-1,4 moslamali furajlash qurilmasi FN-1,2; yig‘gich - zichlagich PS-1,6; qator-uyumni yig‘gich PV-6,0; skirdlash agregati USA-10; g‘aram-tashigich SP-60 li g‘aramlagich SPT-60) foydalanishga asoslangan.
Donli massani statsionarda qayta ishlashga asoslangan chiqindisiz industrial texnologiya quyidagicha amalga oshiriladi (240-rasm).
Donni bir vaqtning o‘zida o‘rib, maydalanadi va pnevmotransportyor orqali takomillashtirilgan tirkama 2-PTS-4-877B ga uzatiladi. So‘ngra, maydalangan massani statsionar kompleksga tashib keltiriladi. Don massasini maydalash uchun yem-xashak yig‘ish kombaynlari E-281; KSK-100; KSS-2,6 lardan foydalaniladi. Shu bilan birga ta’kidlash joizki bu ishlarni bajarish uchun maxsus o‘rgich- maydalagich-yuklagich ishlab chiqish lozimligi va bunga bir barabanli don yig‘ish kombaynlarini qayta jihozlab erishish mumkinligiga e’tibor qaratiladi.
Statsionar kompleks don massasini yig‘ish uchun mo‘ljallangan ayvon, quritgich, yanchgich yoki statsionar o‘rnatilgan kombaynlar SK-6, poxol omborxonasi va skirdlash vositasidan iborat. Yig‘ish ayvonidagi don massasi MTZ-80 traktoriga o‘rnatilgan yuklagich PF-0,5 bilan ta’minlagich-miqdorlagich PZM-1,5 ga undan esa ko‘p funktsiyali quritish kamerasiga uzatiladi. Xaskash ko‘rinishidagi transportyor bilan panjara-to‘rli yuza bo‘ylab siljitilish jarayonida massa issiqlik generatoridan kelayotgan issiq havo oqimiga duch keladi. Bunda ajralib chiqqan don transportyor bilan poxoldan tozalash qurilmasiga, qolgan quritilgan massa esa yanchish uchun kombaynlarga uzatiladi.
Yanchilgandan keyingi mahsulotlar mos holda poxol tozalagich, g‘aramlagich va poxol saqlash joylariga bir-biridan alohida holda yuboriladi. Somon va poxol saqlash joylariga pnevmoo‘tkazgichlar yordamida uzatiladi.


240-rasm. Yig‘ishning donli massani statsionarda qayta ishlash industrial texnologiyasi sxemasi:
1 - traktor; 2 - yuklagich; 3 - ayvon; 4 - ta’minlagich-miqdorlagich; 5 va 12-barmoqchali va lentali transportyorlar; 6-poxoldan tozalagich; 7-noriya (harakatlanuvchi zanjir-kovshli elevator); 8 - SK-6 «Kolos» kombayni; 9 - g‘aramlagich; 10 - vitaminli un tayyorlash apparati AVM-3; 11 - issiqlik generatori; 13 - kombayn (qayta jihozlangan SK-5; SK-6; E-281; KSK-100; KSS-2,6 lar); 14 - traktor tirkamalari 2-PTS-4-877B; 15 - yig‘ish bunkeri; 16 - poxol saqlash joyi.


Download 244.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling