6- amaliy ish. Tirik pillalarni qabul qilish punkiti va pillani daslabki ishlash bazasida bajariladigan vazifalar


Download 45.57 Kb.
Sana11.02.2023
Hajmi45.57 Kb.
#1189523
Bog'liq
6 amaliy


6- Amaliy ish. Tirik pillalarni qabul qilish punkiti va pillani daslabki ishlash bazasida bajariladigan vazifalar
Yalpi pilla o‘rash boshlangandan 7 kun o'tgach, sanoatbop pillalarni 7-8 kundan, naslli pillalarni 8-9 kundan keyin terishga kirishiladi. Pillalardagi qurtlar g'umbakka aylanganiga ishonch hosil qilish uchun sukchakning turli joylaridan 10—15 tadan pilla silkitib yoki kesilib ko‘riladi.
Tekshirib ko'rilgan pillalar ichidagi- qurtlar g'umbakka aylangan bo‘lsa pilla terishga ruxsat etiladi.
Agarda pillalar erta terilsa, pilla ichidagi qurt g‘umbakka aylanmagan bo‘ladi, natijada pilla tashishda pilla ichidagi qurt jarohatlanib o‘ladi (chunki terisi yupqa boiadi) va sifatli pillalar nuqsonli pillaga aylanadi.
Agarda pilla muddatidan kech terilsa, pilla ichidagi g'umbak kapalakka aylanib, pillani teshib cliiqishi mumkin. Shuning uchun o‘z vaqtida terish muhim ahamiyatga ega.
Pillalarni terishdan awal dastadagi nobud bo'lgan va kasallangan qurtlar olib tashlanadi, so'ng qorapachoq va oqpachoq pillalar terib olinadi. Pilla terish sukchakning pastki qavatdan boshlanadi, chunki yuqorgi qavatdan boshlansa, pastki qavatdagi pillalarni ifloslantirish mumkin.
Pilla terilib navlarga ajratilgan kuni pilla qabul punktlariga jo'natiladi. Agarda jo'natishning iloji bo‘lmasa, ularni salqin xonalarda, maxsus so'rilarda, qalinligi 10 sm holatda yoyib qo'yib saqlash kerak. Chunki qalin holatda saqlaganda, pillalar qizib ketib, namligi ortadi va g'umbaklari shikastlanadi, oqibatda pillalarning sifati buziladi.
Pillalar qabul punktlarga, kurming salqin vaqtida teshikli yashik yoki savatlarda, sanoatbop pillalar 20 kgli naslli pillalar maxsus yashiklarga solib olib boriladi.
Demak, qabul punktlarda tayyorlanadigan tut ipak qurtining oq pillali zot va duragaylardan iborat tirik pillalari joriy etilgan standart (0‘zbekston Respublikasi standarti. Tut ipak qurtining tirik pillalari texnikaviy shartlar. 0‘zDST 2004. 631—95) bo‘yicha qabul qilinadi.

Pilla o‘rash boshlanganidan 2—3—4 kundan so‘ng dastalardan terib olingan pillalarning qobig'i yupqa yoki hali yaxshi qotmagan bo‘ladi hamda yigirilishda, bo‘g‘lash va ip uchini topish davrida tezda ularda teshik paydo bo'ladi. Xom, lekin ezilmagan pillalami, yetilgunga qadar (qurti to‘liq g‘umbakka aylanishi) saqlash hisobiga olingan zarar keyinchalik issiqlik agregatlarida g‘umbagini o'ldirib, quritib va quruq pillalami saqlanganligidan keyin ham kamaymaydi.


Pillalarning muddatdan oldin terilishi nafaqat uning sifatiga, balki pillaning texnologik ko‘rsatkichlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Ana shunday pilla o‘rashdagi texnologik jarayonlaming buzilishi pffla sifati va undan chiqadigan ipak miqdori hamda chuvalanayotgan ipak tolasining birinchi uzilishigacha bo‘lgan uzunligining past bo‘lishiga asosiy sabab bo‘ladi. Yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlardan xulosa chiqarib shuni ta’kidlash joizki, tirik pillalaming pishib yetilishi, ya’ni qurti g‘umbakka aylanishi va g‘umbakning po‘sti qotishini kutib, ularni 7-9 kunda terish va qabul punktlariga topshirish eng optimal muddat hisoblanadi.
Quruq pillalar pishiq matodan tikilgan toza, Quruq va butun qoplarga joylaniladi. Xar bir qopdagi pillaning sof og‘irligi (15,0 ± 0,1) yoki (30,0 ± 0,1 ) kg bo‘lishi kerak.
Pilla solingan koplar yaxshilab tikilishi va yetkazib beruvchi va iste’molchi korxonaning tamg‘alari (plomba) bilan tam g‘alanishi kerak. Qoplarning barcha burchaklarida uzunligi 10 sm gacha tutkichi bo‘lishi lozim.
Pillalar suv transportida tashilganda ikki qavatli qoplarga joylanadi.
Pilla solingan har bir qopning ichiga (5x10) sm kattalikdagi faner yoki karton yorliq qo‘yilib, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
- yetkazib beruvchi bilan iste’molchi korxonaning nomi:
- tut ipak qurtining boqilgan yili va mavsumi (baxorgi, yozgi, kuzgi):
- tut ipak qurtining zoti yoki duragayi:
- qopi bilan birgalikda va sof og‘irligi, kg.



Qoplangan quruq pillalarni taglik ustiga qator qilib
taxlangan holda saqlash.

Har bir qopning sirtiga ham shunday yorliq tikib qo‘yiladi. Qoplangan pillalar taglik (pottovarnik) ustiga besh tadan uch qator qilib taxlanib, soyabon tagida, pillachilik fabrikalariga topshirilgunga yoki boshqa sotib oluvchiga jo‘natilgunga qadar bir-biridan orasi 0,5 m dan qilib saqlaniladi.


Qabul qilingan tirik pilla namunalarini saralash bilan shug‘ullanadigan saralovchilarning soni quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlanadi:



Bu yerda:


S - saralovchilarning soni (namunalarni saralaydigan laborantlar);
K - shu kuni qabul qilinadigap pilla partiyalari miqdoriga qarab yalpi kelgan kunlari olinadigan namupalar soni;
t - bitta pilla namunasini saralash muddati, min;
T - saralovchi ish kunining davomiyligi, min.
Pillalar eng ko‘p kelgan kunlari laboratoriyada saralanishi kerak bo‘lgan pilla namunalarining soni quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlanadi:



Bu yerda:


P - tayyorlov pupkti tomonidan qabul qilipadigan pillalarning rejadagi hosili, kg;
a - pilla partiyalarining eng ko‘p kelgan kunlardagi topshirish % ;
b - bitta pilla partiyasining o‘rgacha massasi, kg.
Qabul qilingan:
a = 15-20%;
b = 40-50 kg;
t = 15-20 min;
T = 480 min.
Download 45.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling