5-mavzu. Ish vaqti jamg‘armasidan foydalanishni tahlili
Download 137.5 Kb.
|
5-mavzu 2-ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4 . Ish vaqtidan foydalanishda mehnat omillari ta’sirining tahlili .
5-mavzu. Ish vaqti jamg‘armasidan foydalanishni tahlili REJA
4. Ish vaqtidan foydalanishda mehnat omillari ta’sirining tahlili. 3. Ish vaqti balansi va unga ta’sir etuvchi omillar. Koxonalarda ish vaqti balansini hisoblayotganda unga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganishi va ularga baho berib borish lozim. Ish vaqti balansi kalendar ish vaqti fondi, nominal ish vaqti fondi va real ish vaqti fondalarga ajratiladi. Ish vaqti balansi misol tariqasida kamayish holati ro‘y berayotgan bo‘lsa, ya’ni, ishga kelish fondi 19,05 kunga yoki 8,75% ga qisqargan bo‘lsa, unda kun bo‘yi turib qolishlar mavjudligi bilan izohlanadi, undan tashqari barcha sabablarga ko‘ra ishga chiqmasliklarning soni oshganligi rejada nazarda tutilgan, ma’muriyat ruhsati bilan va ruhsatsiz ishga chiqmasliklar bo‘lib o‘tgan bu korxonada ish vaqtidan foydalanish borasida jiddiy kamchiliklar borligidan dalolat beradi. Yana bir kamchilik sifatida kasalliklar tufayli ish vaqti yo‘qotishlarning 2,5ga soatga yoki 50%ga oshganini ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. Chunki ko‘pchilik xolatlarda bu mehnatni muhofaza etish tadbirlarining olib borilmaganligi, sanitariya-gigiyena normalarining buzilganligi natijasida kelib chiqadi. Shu bilan birga ish kunining (smena) o‘rtacha davomiyligi 0,57 soat yoki 7,28%ga pasayganligi smena ichidagi ish vaqti yo‘qotishlari smena ichida turib qolishlar bilan asoslanadi. Ish vaqtidan qanchalik foydalanishni tahlil etishda real (samarali) ish vaqti koeffitsiyenti quyidagi formulalar yordamida hisoblanadi.
4. Ish vaqtidan foydalanishda mehnat omillari ta’sirining tahlili. Korxonada mehnatdan foydalanish samaradorligini baholash kishi-kun yoki kishi-soatdagi real ish vaqti fondini tahlil etish orqali amalga oshiriladi. Real ish vaqti fondi hajmi uch omilga bog‘liq: ishchilar soni; ish kunlari soni; ish kunlari davomiyligi. Misol uchun korxonada ishchilar tomonidan ish vaqtidan qanday foydalanayotganligini 3-jadvalda ko‘rib o‘tamiz. 3-jadval Korxonada ish vaqtidan foydalanish
3-jadvaldan ko‘rinib turibdiki joriy yilda bir ishchi xaqiqatda 198,5 kun ishlagan, rejadan tashqari ish vaqti yo‘qotishlari 19,05 kunni yoki umumiy ishlangan kunlardan 8,75%ni tashkil etgan. Reja bo‘yicha o‘rtacha ro‘yhatdagi ishchilar soni 150 kishi edi. Xaqiqatda esa 141 kishini tashkil etdi. Rejada ko‘rsatilgan ish kunlari 217,8 va xaqiqatdagi ishchilar sonidan kelib chiqsak, ishchilar yil davomida 30709,8 kishi-kun (217,8G‘141) ishlashlari lozim edi, lekin xaqiqatda 28023,8 kishi-soat yoki 2686 kishi-soat kam ishladilar. Ish vaqti yo‘qotishlari turli rejada ko‘rsatilmagan holatlar tufayli pay do bo‘lgan, misol uchun qo‘shimcha tatillar, homiladorlik uchun tatillar, kasalliklar, ishda turib qolishlar, ishga kelmasliklar va h.k. 3-jadvaldagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqish korxonada ish vaqtidan yetarlicha foydalanilmayotganligi to‘g‘risida xulosa chiqarishimiz mumkin. Buni ishlangan kishi-soatlar yaqqol ko‘rsatib turibdi. Agar rejada 255806 kishi-soat ishlash nazarda tutilgan bo‘lsa, haqiqatda esa 253452,4 kishi-soat ishlangan, ya’ni rejadan 52353,6 kishi-soat kam. Haqiqatda ishlangan vaqt jamg‘armasiga 3 ta omil: ishchilar soni (Si), ish kuni davomiyligi (D) va yillik ish kunlar sonining ta’sirini aniqlash uchun zanjirli o‘rin almashtirish usulidan foydalanib hisob kitoblarni amalag oshirish mumkin. Agar jami ishlangan kishi soatlarni (T) deb, ularning reja ko‘rsatkichi bilan farqlanishini (AT) deb belgilasak, unda keltirilgan omillar hisobiga quyidagicha o‘zgarishlar yuz bergan. 1. Ishchilar sonining o‘zgarishi hisobiga: ATch=ASrDh-Mh Tch =-9 • 7,26 • 198,75 = -12986,3 kishi soat, yoki ishlangan vaqtning jami kamaygan yig‘indisidan 24,8%. 2. Bir yil da ishlangan jami kishi-kunlarening o‘zgarishi hisobiga: ATm=AM-S,reja-Dh Tm = -19,05 • 150 • 7,26 = -20745,5 kishi soat, yoki ishlangan vaqtning jami kamaygan yig‘indisidan 39,6%. 3. Ish kuni o‘rtacha davomiyligining o‘zgarishi hisobiga: ATd=AD-Dreja-S,reja Td = -0,57 • 217,8 • 150 = -18621,7 kishi soat, yoki ishlangan vaqtning jami kamaygan yig‘indisidan 35,6%. Korxonaning ish faoliyati samardorligini oshirish uchun ish vaqtidan foydalanish tarkibini takomillashtirish zarur. Kun bo‘yi va smena ichidagi ish vaqti yo‘qotishlarini oldini olishda tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, mehnat intizomini yaxshilash, texnika xavfsizligiga rioya qilish, mehnat sharoitlari va mehnat muhofazasi bo‘yicha chora-tadbirlarni yaxshilashga e’tiborni qaratish zarur bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida ish vaqti yo‘qotishlarini oldini olish va korxona personali sonini tejash imkonini beradi. Ish vaqti yo‘qotishlari va undan ratsional foydalanmaslik hisobiga ishlovchilar sonini kamaytirish imkoniyati aniqlab borish maqsadga muvofiq bo‘lib hisoblaniladi. Ish vaqtidan ratsional foydalanmaslik hisobiga yo‘qotishlarni aniqlash uchun ishchilarning umumiy ish vaqti fondi tahlil qilinadi va omillarning ish vaqtidan foydalanishga ta’siri topiladi. Ishga kelmasliklar va ish vaqti yo‘qotishlar natijasida ishlab chiqarilmagan mahsulot hajmini aniqlab borish lozim. Shu bilan birga ushbu ko‘rsatkichni bazis davridagi ko‘rsatkichlar bilan solishtirib borish lozim. To‘liq ish kuni yo‘qotishlari o‘rtacha yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmiga, smena ichidagi ish vaqti yo‘qotishlari esa o‘rtacha kunlik ishlab chiqarishning bajarilmasligiga olib keladi. O‘rtacha ro‘yhatdagi 1 ishchining ish vaqtidan foydalanishni mahsulot ishlab chiqarishga ta’siri haqiqatda va bazisdagi ish vaqti jamg‘armasini soishtirish orqali aniqlanadi. Biroq shuni nazarda tutish kerakki, ish vaqtining bekor sarf bo‘lishi hamisha ham mahsulot ishlab chiqarish hajmining kamayishiga olib kelmaydi, chunki uning o‘rni xodimlarning jadal ishlashini oshirish bilan to‘lib ketishi mumkin. Shuning uchun ham mehnat zahiralaridan foydalanishni tahlil qilganda mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlarini o‘rganishga katta e’tibor beriladi. Ishchi kuchidan to‘liq foydalanish tahlil qilinayotgan davrda bitta xodim tomonidan ishlangan kunlar va soatlar soniga asoslanish mumkin. Bunday tahlil xodimlarning har bir toifasi bo‘yicha, har bir ishlab chiqarish bo‘linmasi va umuman korxona bo‘yicha o‘tkaziladi. Ishchilarning o‘rtacha ro‘yxatdagi soni o‘zgarishi omilining ta’sirini aniqlash uchun ishchilar sonida bo‘lgan farq o‘tgan yilda bir ishchi tomonidan bir yilda o‘rtacha ishlangan kishi kunlari va ish kunining o‘rtacha uzunligiga ko‘paytiriladi. Bir ishchi tomonidan bir yilda o‘rtacha ishlangan kishi kunlarining o‘zgarish omili ta’sirini hisoblash uchun bir ishchi tomonidan ishlangan kishi kunlarida bo‘lgan farq joriy yildagi ishchilarning o‘rtacha ro‘yxatdagi soniga va o‘rtacha yildagi ish kunining o‘rtacha uzunligiga ko‘paytiriladi. Ish vaqti jamg‘armasi xodimlar soniga, bir xodim bir yilda o‘rta hisobda ishlab bergan kunlar soniga va ish vaqtining o‘rtacha muddatiga bog‘liq. Ish kuni uzunligining o‘zgarishini aniqlash uchun ushbu ko‘rsatkichda bo‘lgan farq joriy yildagi hamma ishchilar tomonidan ishlangan kishi kunlariga ko‘paytiriladi. Kun bo‘yi va smena ichidagi ish vaqtining bekor sarf bo‘lishi sabablarini aniqlash uchun ish vaqtining haqiqiy va rejadagi balansi ma’lumotlari taqqoslanadi. Ishchi kuchidan to‘liq foydalanishni tahlil qilayotgan davrda bitta xodim tomonidan ishlangan kun va soatlar soniga baho beriladi. - - Download 137.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling