Suyaklariing birikishi


Download 0.55 Mb.
Sana27.01.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1131160
Bog'liq
SOLIYEV NODIRJON

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI SIRTQI (MAXSUS SIRTQI) BO‘LIMI JISMONIY MADANIYAT YO‘NALISHI 207-GURUH TALABASI SOLIYEV NODIRJONNING «SINDESMOZ SINXONDOZ VA SINOSTOZ» MAVZUSIDA TAYYORLAGAN SLAYDI

SINDESMOZ SINXONDOZ VA SINOSTOZ

Suyaklarning bir-biri bilan suyak modda Yordamida birikishi sinastoz, tog‘ay Yordamida birikishi sinxondroz, biriktiruvchi to‘qima Yordamida birikishi sindesmoz deyiladi. Suyaklar muskul Yordamida birikishi ham mumkin. Suyakli birikish butunlay harakatsiz bo‘lib, bir suyak ikkinchi suyakka suyak modda Yordamida birikadi. Masalan, chanoq va dumg‘aza suyaklari ana shunday birikkan. Skeletning ba’zi suyaklari, masalan, umurtqa pog‘onasidagi umurtqalar tanasi va qovurg‘alar to‘sh suyagiga uzluksiz tog‘ay Yordamida birikadi. Bilak, tirsak suyaklari, katta va kichik boldir suyaklari o‘zaro biriktiruvchi parda Yordamida birikadi. Kurak suyagi ko‘krak qafasi suyaklariga muskul Yordamida birikadi.

  • Suyaklarning bir-biri bilan suyak modda Yordamida birikishi sinastoz, tog‘ay Yordamida birikishi sinxondroz, biriktiruvchi to‘qima Yordamida birikishi sindesmoz deyiladi. Suyaklar muskul Yordamida birikishi ham mumkin. Suyakli birikish butunlay harakatsiz bo‘lib, bir suyak ikkinchi suyakka suyak modda Yordamida birikadi. Masalan, chanoq va dumg‘aza suyaklari ana shunday birikkan. Skeletning ba’zi suyaklari, masalan, umurtqa pog‘onasidagi umurtqalar tanasi va qovurg‘alar to‘sh suyagiga uzluksiz tog‘ay Yordamida birikadi. Bilak, tirsak suyaklari, katta va kichik boldir suyaklari o‘zaro biriktiruvchi parda Yordamida birikadi. Kurak suyagi ko‘krak qafasi suyaklariga muskul Yordamida birikadi.

TOG‘AY YORDAMIDA BIRIKISHI
SUYAK MODDA YORDAMIDA BIRIKISHI
TO‘QIMA YORDAMIDA BIRIKISHI
Odam skeletidagi ko‘p suyaklar oraliq bo‘g‘imlar hosil qilib birikadi. Bo‘g‘imda asosiy hisoblangan bo‘g‘im xaltachasi, birikish yuzasi va bo‘shliq bo‘ladi. Bo‘g‘im yuzasi gialin tog‘ay bilan qoplangan bo‘lib, bu tog‘ay nerv va qon tomirlari bilan ta’minlangan. Bo‘g‘im xaltachasi suyak usti pardasining bo‘g‘im atrofida kengayishidan hosil bo‘ladi. U 2 qavatdan: tashqi pishiq fibroz va ichki yumshoq sinoviy qavatdan tuzilgan bo‘ladi. Sinoviy qavatda oqsil, Yog’ tomchilari va turli tuzlarni o‘zida saqlagan sinoviy bo‘g‘im moyi ishlab chiqariladi. Bu suyuqlik harakat vaqtida bo‘g‘imlar yuzasini moylab, sirg‘anishni yengillashtiradi

Suyaklariing birikishi. Odam tanasidagi 200 dan ortiq suyakning hammasi bir - biri bilan ikki xil: harakatsiz va harakatli birikadi,

  • Suyaklariing birikishi. Odam tanasidagi 200 dan ortiq suyakning hammasi bir - biri bilan ikki xil: harakatsiz va harakatli birikadi,
  • Suyaklarning harakatsiz (oraliqsiz, uzluksiz} birikishiga bosh, umurtqa va chanoq suyaklarining bir - biri bilan tutashuvi misol bo‘ladi. Ular boylamlar, tog‘aylar, suyak choklari yordamida bir - biriga birikadi. Bosh suyagi peshona, tepa, chakka, ensa kabi alohida suyaklardan iborat bo‘lib, bola o‘sgan sari ular chok yordamida bir - biriga birikib, yaxlit bosh suyagini hosil qiladi. Bu suyaklar bir - biriga uzluksiz - zich birikkanligi uchun ular harakatsiz bo‘ladi.

Harakatli, ya’ni bo‘g‘im hosil qilib birikishga qo‘l va oyoqlarning‘ bo‘g‘imlari kiradi: yyelka, tirsak, kaft ust, son - chanoq, tizza, boldir tovon hamda qo‘l va oyoq panja suyaklarining bir - biri bilan bo‘g‘im hosil qilib birikishi bunga misol bo‘ladi. Bo‘g‘im hosil qilib birikuvchi ikkita suyakdan birining uchi qavariq, silliq, ikkinchisiniig uchi esa botiqroq bo‘ladi.
Bo‘g‘im uch qismdan: bo‘g‘im xaltachasi, suyaklarning birikish yuzasi va bo‘g‘im bo‘shlig‘idan iborat.
Bo‘g‘im xaltachasi ikki qavat - tashqi ( pishiq fibroz), ichki - silliq yumshoq pardalardan tashkil topgan. Ichki sinoviy qavatning pardasidan moysimon sinoviy suyuqlik ( bo‘g‘im moyi ) ishlab chiqariladi. Bu suyuqlik suyaklarning bo‘g‘im yuzasini moylab, ular harakatini qulaylashtiradi. Bo‘g‘im tashqi tomondan paylar bilan o‘ralib, uning mustahkamligini ta’minlaydi.
Suyaklarning o‘sishi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning bo‘yi o‘rtacha 50 sm bo‘ladi. Bir yoshgacha u har oyda 2 sm dan o‘sib boradi. Birinchi yoshi oxirida bo‘yi 74 - 75 sm ga yyetadi. Undan keyin har yili uning o‘sishi 5 - 7 sm ni tashkil etadi.

Bo‘g‘imlarning ichi bo‘sh bo‘lib, unda manfiy bosim saqlanadi, ya’ni havo bo‘lmaydi. Bu bosim bo‘g‘imlarning pishiqligini ta’minlovchi faktorlardan biridir. Ba’zi bo‘g‘imlar bo‘shlig‘ida pay (bog‘lag‘ich)lar, yaltiroq tog‘aylar va muskul paylari bo‘ladi. Bo‘g‘imlarning tashqi yuzasida ko‘p miqdorda pishiq bog‘lag‘ich, muskul va paylar bo‘lib, ular bo‘g‘imning mustahkamligini ta’minlaydi

  • Bo‘g‘imlarning ichi bo‘sh bo‘lib, unda manfiy bosim saqlanadi, ya’ni havo bo‘lmaydi. Bu bosim bo‘g‘imlarning pishiqligini ta’minlovchi faktorlardan biridir. Ba’zi bo‘g‘imlar bo‘shlig‘ida pay (bog‘lag‘ich)lar, yaltiroq tog‘aylar va muskul paylari bo‘ladi. Bo‘g‘imlarning tashqi yuzasida ko‘p miqdorda pishiq bog‘lag‘ich, muskul va paylar bo‘lib, ular bo‘g‘imning mustahkamligini ta’minlaydi

E’tiboringiz uchun raxmat


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling