Momiq mo‘yna xom ashyosining sinflani reja
Mo‘ynabop qo‘y terilarining nuqsonlarini nuqsonlar birligida baholash
Download 136.24 Kb.
|
MO‘YNA XOM ASHYOSINING TAVSIFI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-jadval
Mo‘ynabop qo‘y terilarining nuqsonlarini nuqsonlar birligida baholash
jadval).
4-jadvalMo‘ynabop qo‘y terilarida nuqsonlar sonining chegarasi
Qorako‘l teri tavsifi va xossalariQorako‘l qo‘ylardan homilaning embrional rivojlanish muddatlariga yoki qo‘zilarning emizikli rivojlanish davridagi yoshiga qarab har xil turdagi xom qorako‘l teri olinadi. Qorako‘l qo‘zilarning embrional rivojlanishi 145-150 kun davom etadi. Shu davrda o‘sayotgan homilaning terisida jun follikulalari paydo bo‘ladi, ular rivojlanadi va jun tolalari o‘sadi, qorako‘l teriga xos xususiyatlar shakllanadi. Homilaning rivojlanishi va qorako‘l teri xususiyatlari shakllanishining qaysi davrida homiladorlik uzilganligiga qarab, xom qorako‘l terining turi va sifati aniqlanadi. Masalan, ona qornidan yorib olingan qo‘zilarning terisiga homila rivojlanishining turli bosqichlarini hisobga olgan holda baho beriladi: terining xossalariga va sochlarining uzunligiga qarab nostandart yoki standart go‘lak deb, sochining uzunligi va tovlanishiga yoki guli borligiga qarab qorako‘lcha, qorako‘l – qorako‘lcha va qorako‘l deb baholanadi. Qo‘zilar necha kunligida so‘yilganiga qarab ularning terisi yaxobob, tarsoq va po‘stinbop xom-ashyo deb baholanadi. Go‘lak – 115-125 kunlik paytida ona qornidan yorib olingan qo‘zilarning terisi (8-rasm). Bunday kichkinagina terining butun sathi silliq, ancha kalta, siyrak, juda past, yotiq soch bilan qoplangan. Agar sag‘ri va orqa sohasi yaqqol ko‘rinib turadigan jun qavati bilan koplanmagan bo‘lsa, bunday terilar nostandart go‘laklar jumlasiga kiritiladi. Agar terining butun yuzasi tovlanib turadigan jun bilan qoplangan bo‘lsa, bunday terilar turli navlarga baholanadi. Download 136.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling