Momiq mo‘yna xom ashyosining sinflani reja


Download 136.24 Kb.
bet6/6
Sana11.01.2023
Hajmi136.24 Kb.
#1088936
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MO‘YNA XOM ASHYOSINING TAVSIFI

Qorako‘lcha embrional rivojlanishning 127-134 kuniga etgan homilalarning terisi bo‘lib, yuzasi juda kichik, teri qoplamiga yopishib turadigan past, yoki endigina ko‘tarila boshlangan yaltiroq, ipaksimon mayin soch bilan qoplagan, soch qoplamidagi jingalaklar hali yaxshi shakllangan emas, ammo chiroyli guli ko‘zga ozmi – ko‘pmi yaqqol tashlanib turadi (9-rasm). Bo‘lajak yol va etilmagan qalam gullar shaklini taxminlash mumkin. Terilar sathining jingalaklar bilan qoplanish darajasiga qarab ular turli navlarga ajratiladi.
Yaxobob – asosan 10-40 kunlik chog‘ida nobud bo‘lgan qo‘zilardan shilib olingan terilar. Bular o‘siq va baland mo‘y bilan qoplangan yirik terilar bo‘lib, turli
shakldagi bo‘sh jingalaklari bor. Bo‘ynining chetlaridagi mo‘y kokilchasining uzunligi 3-5 sm ga boradi.
Qorako‘l-qorako‘lcha – embrional rivojlanishning 134-145 kunlik davridagi homilalardan olingan birmuncha yirikroq terilar bo‘lib, sirti asosan ko‘tarilgan, lekin hali kalta ipaksimon mayin va yaltiroq mo‘yqoplami to‘la rivojlanmagan ensiz jingalaklar bilan qoplangan, mo‘ylarining uchlari hali jingalak ichiga qayrilib kirmagan, ammo ensiz qalam va yol gullar shakllari yaxshi sezilib turadi (10- rasm).
Qorako‘l - qorako‘lchilikning asosiy mahsuloti. Qorako‘l asosan yangi tug‘ilgan qo‘zilardan olinadi. Bunday terilar pishiq, elastik, ipaksimon, yaltiroq va teri sathidan ko‘tarilgan mo‘yli bo‘lib, jingalaklaridagi mo‘ylar har xil shakl va tipdagi buralmalar hosil qiladi (11- rasm).

12-Rasm. Qo‘zidagi va teridagi topografik qismlar:1- sag‘ri; 2- orqasi; 3- yag‘rini; 4- yonboshi; 5- son; 6- elka; 7- bo‘yin; 8- qorin; 9- dum; 10-


bosh; 11- oyoqlar; 12- chotlari.


Tarsoq 2-4 oylik qo‘zilardan shilib olingan terilar bo‘lib, sirti baland mayin, jingalaksimon mo‘y bilan qoplangan, uning ayrim kokilchalari bog‘lama halqa shaklida yoki buralmasimon jingalaklar tarzida buralgan bo‘ladi.
Ishlov berish jarayonlarida qorako‘l terilar bir qator fizik mexanik va ximiyaviy ta’sirlarga duchor bo‘ladi va shu ta’sirlar natijasida unda kattagina o‘zgarishlar sodir bo‘ladi: yuzasining kattaligi, teri to‘qimasining yupqaligi, jun tolalarining qalinligi, tola o‘qining og‘ish burchagi va umuman qorako‘lning sifati ancha o‘zgaradi. Biroq ishlov berish jarayonida terilarning ayrim topografik qismlari bir xilda o‘zgarmaydi


Foydalanilgan adabiyotlar




Asosiy adabiyotlar


  1. Sadirova S.H. Charm va mo`yna xom ashyolariga dastlabki ishlov berish. Darslik. –T.: “Yangi asr avlodi”, 2010. -272 bet.

  2. Temirova M.I. Tarmoq kimyosi va texnologiyasi. Darslik. -T.: Dizayn-press, 2013. -328 bet.

  3. Иванова В.Я., Голубенко О.А. Товароведение и экспертиза кожевенной продукции. Учебник. 2-е изд. –М.: Дашков и К, 2006. -355 с.

Download 136.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling