Tоzа urug’lardagi qobiqning massa ulushi X (%da) quyidagicha aniqlanadi. X = m1*100/m (4) bu yerda: m1 - qobiq og’irligi, gr. m - urug’ og’irligi, gr. Qobiqning massa ulushi ifloslangan urug’larda X1 (%da) quyidagicha topiladi. X1 = X*(100-S)/100 Parallel aniqlashlar orasidagi farq 1,0% dan oshmasligi kerak. Ma’lum namlikdagi aralashmalardan tozalangan urug’lar namunasidan 10 gr ajratib olinadi. Agar soya urug’ining namligi noaniq bo’lsa, namligi aniqlanadi. Analiz uchun faqat butun soya urug’lari olinadi. Urug’lar suv bilan 10 daqiqa davomida xona haroratida namlanadi, so’ngra skalpel yordamida urug’ qobig’i mag’izdan ajratiladi. Keyin esa qobiq 1 soat davomida 100-105°C haroratda qurutiladi va tarozida 0,01 gr aniqlikda tortiladi. Qobiqning quruq moddaga nisbatan massa ulushi X (%da) quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda:m1- quritilgan qobiq og’irligi, gr. m - urug’ og’irligi, gr.
V - namlashgacha bo’lgan urug’ning namligi,%
Parallel aniqlashlar orasidagi farq 0,3% dan oshmasligi kerak.
5-LABORATORIYA ISHI
URUG’DAGI MOYNING MASSA ULUSHINI VA MOYNING KISLOTA
SONINI ANIQLASH
Umumiy tushunchalar. Urug’dagi moyning massa ulushi (moyning umumiy miqdori va unga hamroh moddalar ya’ni moylilik) to’liq ekstraksiya usuli bilan past haroratda qaynovchi erituvchi yordamida Foss-Let asbobida aniqlanadi.
Erituvchi sifatida 34,5-36°C da qaynaydigan dietil efiri qo’llanadi. U paxta chigitidan tashqari barcha urug’lardan, hamda ularni mahsulotlaridan moyni ajratib olish uchun ishlatiladi. To’liq ekstraksiya uchun Sokslet va Zaychenko apparatlari keng qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |