1-laboratoriya ishi moyli urug’larni analiz qilish (paxta chigitidan tashqari) Laboratoriya mаshg’ulоtlаrini bаjаrishdа tаlаbаlаrning riоya qilish kеrаk bo’lgаn хаvfsizlik qоidаlаri


Download 0.92 Mb.
bet20/64
Sana27.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1132643
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64
Bog'liq
o\'mcht lab

6-LABORATORIYA ISHI
PAXTA CHIGITINI ANALIZ QILISH USULLARI


CHIGITNING IFLOSLIGINI VA TUKLILIGINI ANIQLASH
6.1.Chigitning iflosligini aniqlash
Umumiy tushunchalar. Paxta chigitining iflosligini aniqlash, iflos va moyli aralashmalarni ajratib olish va ular miqdorini (%) larda ifodalash bilan bajariladi.
Asboblar: 4-sinf laboratoriya tarozisi; chinni kosacha; pichoq yoki skalpel; elak; stakanchalar.
Ishning bajarilishi. Paxta chigitining iflosligini aniqlash ikki bosqichda olib boriladi:
1) mineral va organik aralashmalarni ajratish,
2) puch, ezilgan va mag’izini rangi o’zgargan, kuygan urug’larni ajratish.
Chigitdagi mineral va organik aralashmalar miqdorini aniqlash uchun, diagonal ajratish usuli bilan 500 gr namuna ajratib olinadi. Uni aniqlik darajasi 0,01 bo’lgan texnik tarozida 0,0lgr aniqlikda tortib, teshiklar o’lchami 3x3 mm bo’lgan elakda mayda mineral aralashma va changdan tozalash uchun, bo’laklarga bo’lib elanadi. Elakdan o’tgan mayda momiq chigit massasiga qo’shiladi. Elashdan keyin namuna toza qog’ozga yoki taxtachaga yoyilib pinset bilan yirik organik va mineral aralashmalardan tozalanadi. Ajratib olingan aralashmalar, elash natijasida ajratilgan aralashma bilan qo’shib tortiladi.
Mineral va organik aralashmalarni massa ulushi X (%da) (2) formula yordamida aniqlanadi.
Elangan chigitdan tanlamasdan urilgan chigit, mag’iz, yarimtaki chigit va mag’izlarni ham qo’shib 100 donadan ikkita namuna ajratib, 0,0lgr aniqlikda tortiladi va har bir namuna alohida analiz qilinadi.
Dastlab, mag’izi yarimtadan kichik bo’lgan ezilgan va urilgan chigitlar, butun mag’izlar ajratiladi. So’ngra butun chigitlar pichoq bilan ikki bo’lakka bo’linib, mag’izining rangiga qarab quyidagi beshta guruhdan biriga ajratiladi:
1) mag’izning rangi o’zgarmagan, tekshirilayotgan navga yoki yuqori navga mos chigit;
2) qoraygan mag’izli chigit;
3) ezilgan, urilgan, mag’izi yarimtadan kam bo’lgan chigit,butun mag’iz;
4) puch chigitlar;
5) kuygan, mag’izi qora rangli chigitlar.
Moyli aralashma hisoblangan ikkinchi va uchinchi guruh urug’lari qo’shib tarozida tortiladi va moyli aralashmaning massa ulushi X2 (% da) quyidagi formula bilan aniqlanadi.
X2 = m2 *(100-X)/m1
bu yerda: m2 - moyli aralashma miqdori, gr;
m1 - 100 dona urug’ massasi, gr;
X| - mineral va organik aralashmalarning massa ulushi, %.
Puch va kuygan chigitlar miqdorini aniqlash uchun to’rtinchi va beshinchi guruhlarni qo’shib tortiladi. Puch va kuygan chigitlarning massa ulushi X3 (%da) quyidagi formula bilan hisoblanadi:
X3 = m3 *(100-X1)/ m1,
bu yerda: m3 - puch va kuygan chigitlarni miqdori, gr.
Mineral va organik aralashmalar hamda puch va kuygan chigitlarning yig’indisi iflos aralashmalarni umumiy miqdori X 4 ni tashkil qiladi va %da quyidagicha topiladi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling