1-laboratoriya ishi moyli urug’larni analiz qilish (paxta chigitidan tashqari) Laboratoriya mаshg’ulоtlаrini bаjаrishdа tаlаbаlаrning riоya qilish kеrаk bo’lgаn хаvfsizlik qоidаlаri


-rasm. Moyni siqib olish uchun moslama


Download 0.92 Mb.
bet17/64
Sana27.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1132643
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64
Bog'liq
o\'mcht lab

11-rasm. Moyni siqib olish uchun moslama

1-zeyer; 2-porshen; 3-moyni yig’uvchi idish;


4-moyni quyib olish tarnovi

Moyni siqib olish maxsus moslamada olib boriladi (11-rasm). U zeyerdan porshen va moyni yig’uvchi idishdan tashkil topgan. Moyni yig’uvchi idishda maxsus tarnov bo’lib, u orqali moy kolbaga quyib olinadi.


Moyni siqib olish uchun 100gr miqdordagi urug’ moslamaning korpusiga solinadi va porshen bilan yopiladi. Siqib olish moslamasi laboratoriyagi gidravlik pressiga qo’yiladi. Keyin, qo’l nasosi yordamida manometrdagi qizil belgigacha bosim oshiriladi. Agar bosim kamayib ketsa yana shu nasos yordamida bosim ko’tarilib turiladi.
Siqib olingan moy (taxminan 5gr) ehtiyotkorlik bilan oldindan tarozida tortilgan quruq kolbaga (kolba devorlariga tekizmasdan) quyiladi. Shundan keyin moyli kolba yana tortiladi. Tortish 4-sinf tarozisida 0,01gr aniqlikda olib boriladi. Kolbaga 50 sm3 to’yingan osh tuzi eritmasi va 10-15 tomchi fenolftalein quyiladi. Kolbani og'zi yopilib silkitib chayqaladiva 0,1N li kaliy gidroksidning spirtli eritmasi bilan titrlanadi.
Kislota soni (8) formula yordamida topiladi.
Parallel aniqlashlar orasidagi farq 0,1 mg KOH dan oshmasligi kerak.


6.3.2. pH-metrli usulda kislota sonini aniqlash
Umumiy tushunchalar. Usul kungaboqar urug’idagi moyni kislota soniga asosan 0.5 dan 25 mg KOH intervalda (bundan yuqori kislota sonida ham ishlatsa bo’ladi) aniqlashga mo’ljallangan. U maydalangan kungaboqar urug’ini kuchsiz asosli eritma - trietanolaminning spirtxloroformli muhitdagi aralashma (suspenziya)ning pHini o’lchashga va uni 1mg KOH ga o’tkazishga asoslangan.
Kerakli asbob,reaktiv va materiallar: 4-sinf laboratoriya tarozisi; maydalagich PVZ-10D nam o’lchagichi; quritish shkafi; indikatori bo’limlari ko’rsatkichi 0,01 dan 0,l gacha bo’lgan laboratoriya pH metri; qum soati; 50 sm3 sig’imli o’lcham silindrlari; dislillangan suv; trietanolamin; texnik etil spirti; xloroform, kaliy xlorid,pH 9,18; pH 6,86; pH 1,86 standart - titrlar.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling