1-laboratoriya ishi o‘zgarmas tokda ishlaydigan tortuv generatorlarining xarakteristikasini tekshirish gp-311B turidagi tortish generatorini sinash


Download 0.61 Mb.
Sana08.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1251691
Bog'liq
1-laboratoriya ishi LEJ


1-LABORATORIYA ISHI
O‘zgarmas tokda ishlaydigan tortuv generatorlarining xarakteristikasini tekshirish
GP-311B turidagi tortish generatorini sinash
Yangi tayyorlangan yoki ta’mirlangan generator teplovozga o‘rnatilishidan avval GOST2582-72 bo‘yicha o‘rnatilgan tartib va hajmda sinovdan o‘tkaziladi.
Ishdan maqsad: Sinov dasturi bilan tanishish, salt yurish xarakteristikasini tekshirish, izolyasiyani sinash, qizishga tekshirish, tezlik xarakteristikasi va kommutatsiyasini tekshirish. Sinov stendining sxemasi 1.2- rasmda ko‘rsatilgan.
Ishni bajarish tartibi
1. 1000 V li megaommetr yordamida generator chulg‘ami izolyatsiyasi qarshiligini o‘lchash. Qurilmaning "zemlya" simi ostovga, "liniya" simi ketma-ket generator simlariga ulanadi. Olingan natijalar 1-jadvalga kiritiladi.
2. 1.1-rasmda keltirilgan sxema bo‘yicha ampermetr-voltmetr uslubi bo‘yicha generator chulg‘amining Om qarshiligini o‘lchash. O‘lchash natijasi 3-jadvalga kiritilsin.



1.1-rasm. Ampermetr-voltmetr uslubi bo‘yicha generator chulg‘amining Om qarshiligini o‘lchash sxemasi
3.Generator xarakteristikasini olish uchun u sinov stendiga o‘rnatilishi lozim. Tekshirilayotgan generator yakorini mufta yordamida yuklovchi dvigatel ND va yurituvchi dvigatel PD vali bilan ulash lozim4. Salt yurishda tekshiruv o‘tkazish4.1. 8V, 9V kontaktorlarini ulash4.2. 1V, 4V kontaktorlarini ulash
4.3. Kuchlanish regulyatori AOSN2 yordamida yordamchi generatorning qo‘zg‘atuvchi chulg‘amida OV VVG tokni ravon ko‘tarib, tekshirilayotgan generator IG yakorining aylanish chastotasini ntek.g=500ayl/daq gacha orttirish va 30 daqiqa davomida cho‘tkalarni moslashishi uchun ushlab turishi lozim. Rejim bo‘yicha olingan natijalar 2-jadvalga kiritilsin.
5. Generatorning qizishiga tekshiruvini o‘tkazish va tezlik xarakteristikasini olish:
5.1. 7V kontaktorini ulash;
5.2. 5V, 6V, 3V kontaktorlarini ulash;
5.3. OVND va OVIG qo‘zg‘atuvchi cho‘lg‘amlaridagi tokni AOSNI va 2 yordamida boshqarib, ularning kuchlanishlarini tengligiga erishish kerak. Bunda V-5 voltmetr ko‘rsatkichi 0 ni ko‘rsatishi lozim.
5.4. 2V kontaktorini ulash va 3V kontaktorini o‘chirish lozim.
5.5.OVIG da tokni orttirib, Utek.g=465 V, Itek.g=4320 A o‘rnatilsin.


5.6. Yuklanish olinsin va tekshirilayotgan generator yakori to‘xtatilsin.
1.2-rasm. Tortish generatorini sinash stendining prinsipial sxemasi:
IG - tekshirilayotgan generator; ND - yuklovchi dvigatel; PD - yurituvchi dvigatel; TG- taxogenerator; VVG - yordamchi generator, VIG-tekshirilayotgan generatorning qo‘zg‘atuvchisi; VND - yuklovchi dvigatelning qo‘zg‘atuvchisi; SD - sinxron dvigatel; AD - asinxron dvigatel; AOSN 1,2, - kuchlanish regulyatori (mashina ishlashini tartibga solib turuvchi asbob); 1V...9V-kontaktorlar; A1...A4 - ampermetrlar; VI...V6 - voltmetrlar.
5.7. Chulg‘amlarni Om qarshiligi o‘lchansin. Ish rejimining qiymatlari 4-jadvalga kiritilsin.
6. Kommutatsiyasi tekshirilsin, buning uchun 5.1…5.5 punktlaridagi amallar qaytarilib, Utek.g=300 V, Itek.g=6600 A rejimiga keltirilsin. ntek.g o‘chirilsin va 30 soniyadan so‘ng kommutatsiya baholansin. Utek.g=700 V, Itek.g=2870 A rejimiga keltirilsin. ntek.g o‘chirilsin va 30 soniyadan so‘ng kommutatsiya baholansin. Rejim bo‘yicha qiymatlar va kommutatsiya bahosi 5-jadvalga kiritilsin.
7. Tekshirilayotgan generator IG salt yurish rejimiga o‘tkazilsin va yuqori ntek.g=965 ayl/daq chastotada 2daqiqa mobaynida tekshirib ko‘rilsin.
8. Tekshirilayotgan generator to‘xtatilsin. Barcha kontaktorlar o‘chirilsin. Kollektorni ko‘zdan kechirib, sinov bo‘yicha qiymatlar 2-jadvalga kiritilsin.
1-jadval
Izolyatsiyani sinash

Chulg‘amning nomlanishi

Izolyatsiyaning qarshiligi, MOm

Sovuq holatida

Qizigan holatida

Yakor (ostovga nisbatan )



Mustaqil (ostovga nisbatan)



Ishga tushiruvchi (ostovga nisbatan)



2-jadval
Salt yurish sinovida olingan qiymatlar

Rejim

Vaqt, daq

ntek g, ayl/daq

Utek g, V

kollektor harorati, °С

podshipnik harorati, °С

1






2






3-jadval
Qizishga tekshirish

 Chulg‘amning nomlanishi

Chulg‘amni Om qarshiligi, Om

Qizish harorati, oC

Sovuq holatida

Qizigan holatida

Yakor




Mustaqil




Ishga tushiruvchi




To‘ldiruvchi




Atrof muhit harorati, °С




4-jadval
Tezlik xarakteristikasi

Utek g V

Itek g, A

nnom, ayl/daq

nxaq, ayl/daq





5-jadval
Kommutatsiyasini tekshirish

Rejim

Vaqt, s

Itek g, A

Utek g, V

ntek g, ayl/daq

Kommut. bali

Tok bo‘yicha






Kuchlanish bo‘yicha






Nazorat savollari
1. Qanday elektr mashinalarga tortuv elektr mashinalari deb ataladi?
2. Tortuv generatorining vazifasi, tuzilishi va ishlash prinsipi.
3. GP -311B turdagi tortuv generatori magnit tizimining tuzilishi.
4. TG kommutatsiyasining o‘ziga xosligi. Doimiy tok tortuv generator kollektori konstruksiyasi.
5. Teplovozlarda qo‘llaniladigan doimiy tok tortuv generatorlarning turlari.
6. Teplovozlarda qo‘llaniladigan sinxron generatorlar, ularning vazifasi va tuzilishi.
Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling