Maruza Avtomobillarning axborot-diagnistik tizimlari1


Download 1.9 Mb.
bet1/11
Sana01.05.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1419642
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu 6


Maruza-6. Avtomobillarning axborot-diagnistik tizimlari1
Ma’ruza rejasi:



    1. Avtomobillarning axborot-diagnistik tizimlari haqida umumiy ma’lumotlar

    2. Nazorat-o‘lchov asboblari va ularga qo‘yiladigan talablar.

    3. Temperatura o‘lchash asboblari

    4. Bosim va siyraklanganlikni o‘lchash asboblari

    5. Yonilg‘i sathini o‘lchash asboblari

    6. Akkumulyatorni zaryad rejimini nazorat qiluvchi asboblar

    7. Avtomobil tezligini va dvigatel valining aylanish chastotasini nazorat qiluvchi asboblar

    8. Nazorat-o‘lchov asboblarini rivojlanish istiqbollari



Tayanch so‘z va iboralar: datchik, ko‘rsatkich, termobimetall-impulsli termometr, magneto-lektr(logometrik) manometr, ampermetr, taxometr, spidometr, tezlik o‘lchash mexanizmi, kartushka, hisoblash mexanizmi, kichik modulli shesternya(tribka), elektron taxometr, bortdagi nazorat tizimi, skaner, nutq sintezatori, oynatozalagich, tovush signali



    1. Avtomobillarning axborot-diagnistik tizimlari haqida

umumiy ma’lumotlar

Avtomobilning axborot-diagnostik tizimi (ADT) avtomobilning harakatlanish rejimi va uning texnik holati haqidagi axborotni to‘plash, ishlov berish, saqlash va aks ettirish uchun xizmat qiladi. Shu maqsadda avtomobilga nazorat-o‘lchov asboblari (NO‘A) va bortdagi nazorat tizimi (BNT), navigatsiya tizimi (NT), marshrut kompyuteri kabi qo‘shimcha moslamalar o‘rnatiladi


Axborot-diagnostik tizimlar zamonaviy avtomobillar tarkibining uzviy qismiga aylanib, avtomobilning harakat rejimi, texnik holati hamda tashqaridan ta’sir qiluvchi omillar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, ishlov berish, saqlash va aks ettirish uchun xizmat qiladi. Hozirgi kunda “haydovchi-avtomobil-yo‘l-atrof muhit” tizimi yagona makon sifatida ko‘rilmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda ortiqcha yuklama bilan ishlayotgan avtomagistrallarda harakat xavfsizligini ta’minlash, haydovchiga yo‘l holati va undagi transport oqimlari haqidagi ma’lumotni tezkor ravishdayetkazib berish hisobiga xal qilish mumkin degan g‘oya ko‘pchilik mutaxassislarningqat’iy fikriga aylanmoqda.
Bir qator xorijiy mamlakat hukumatlari yirik avtomagistrallarda harakat xavfsizligi, transport oqimlarini o‘tkazish qobiliyatini oshirish, chiqindi gazlardagi zaxarli moddalarning miqdorini kamaytirishga yo‘naltirilgan loyihalarni ancha yirik mablag‘ bilan ta’minlamoqdalar. Shuning uchun oxirgi vaqtda intelektual transport tizimlari (Intelligent Transporation System - ITS) kontseptsiyasi haqida ko‘plab fikrlar bildirilmoqda. AQSH va Yaponiyada bunday loyihalar ITS, yevropada esa – Telematic nomi bilan yuritilmoqda. Loyihalar transport vositalarini yagona oqim bilan harakatlanishini optimal tashkil qilish, haydovchilarga tavsiyalar va ogohlantirishlar va boshqa ma’lumotlarniyetkazish uchun zarur bo‘ladigan infrastrukturani va elektron apparatlarni loyihalash va yaratish masalalarini o‘z ichiga oladi. Bu loyihalarni amalga oshirish uchun transport oqimlarining tig‘izligi haqidagi habar beruvchi datchiklar, katta xajmdagi ma’lumotlarga ishlov beruvchi kompyuterlar, aloqa vositalari, avtomobil displeylari va boshqa ko‘plab jihozlar zarur bo‘ladi. Ba’zi loyihalarda (Telematic) intelektual transport tizimlarini ishlashi uchun zarur ma’lumotlar telematik majmualar bilan jihozlangan avtomobillarning o‘zidan uzatilishi ko‘zda tutilmoqda. Axborot majmuasi tarkibiga bir qator, jumladan avtomobilni olib qochishga qarshi, navigatsiya tizimi, eshik qulflarini uzoqdan boshqarish tizimi, “avtomobil-yo‘l” boshqarish tizimi, raqamli audio/video majmuasidan iborat haydovchiga tezkor ma’lumotyetkazish tizimlari kiradi. Bortdagi kompyuterga shuningdek girokompas, g‘ildiraklarni aylanish tezligi datchigi, rul chambaragi holati datchigi va boshqa datchiklardan uzluksiz signallar kelib turadi.
“Avtomobil-yo‘l” aloqa tizimi mobil aloqa vositalari yordamida haydovchiga yo‘l axborot xizmatidan ma’lumotlarniyetkazilishini ta’minlaydi.




    1. Download 1.9 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling