Maruza Avtomobillarning axborot-diagnistik tizimlari1
Akkumulyatorni zaryad rejimini nazorat qilish asboblari
Download 1.9 Mb.
|
Mavzu 6
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.6. Avtomobil tezligini va dvigatel valining aylanish chastotasini nazorat qilish asboblari
6.5. Akkumulyatorni zaryad rejimini nazorat qilish asboblari
Akkumulyatorlar batareyasining zaryadlash rejimini nazorat qilish bir vaqtning o‘zida generator va rele-rostlagichning texnik holatini ham nazorat qilish imkoniyatini beradi. Zaryadlash rejimini nazorat qilish ampermetr, voltmetr yoki signal lampa yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ampermetr zaryadlash zanjiriga ketma-ket, ya’ni akkumulyator va generatorning musbat qutblari orasiga ulanadi. Avtomobil ampermetrlari elektromexanik asboblar turkumiga mansub bo‘lib, ularning elektromagnitli yoki magnitoelektr turlari mavjud. Elektromagnitli yoki qo‘zg‘almas magnitli ampermetrlar sodda tuzilishiga ega bo‘lganligi sababli kengroq tatbiq topgan. Ampermetr (6.9-rasm) asos 4, doimiy magnit 3, jezdan tayyorlangan o‘tkazgich 1, yakorcha 5 va strelka 2 dan iborat. Asbob zanjirida tok bo‘lmaganda yakorcha 5 doimiy magnit yo‘nalishi bo‘ylab gorizontal holda bo‘ladi va strelka ko‘rsatkich shkalasining o‘rtasida, ya’ni 0 belgisi ro‘parasida turadi. Asos 4 va jez o‘tkazgich 1 orqali tok o‘ta boshlasa, uning atrofida hosil bo‘lgan magnit maydon ta’sirida yakorcha 6 va u bilan birga strelka 1 tok yo‘nalishiga ko‘ra u yoki bu tomonga og‘a boshlaydi. Agar strelka o‘ng tomonga og‘sa zaryadlanish, chap tomonga og‘sa, razryadlanish jarayonini ko‘rsatadi. O‘tayotgan tokning qiymati qanchalik katta bo‘lsa, strelkaning burilish burchagi shunchalik ko‘p bo‘ladi. Generator qurilmasi haydovchi kabinasidan uzoqroq joylashgan bo‘lsa (masalan, LAZ avtobuslari) yoki generatorlarning quvvati va o‘lchanadigan tok qiymati katta bo‘lgan hollarda, kesim yuzi katta bo‘lgan simlarni kamroq ishlatish maqsadida magnitoelektr tizimga mansub, qo‘zg‘aluvchi magnitli ampermetrlar qo‘llaniladi. 6.6. Avtomobil tezligini va dvigatel valining aylanish chastotasini nazorat qilish asboblari Harakat tezligi bosib o‘tilgan yo‘l va dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasini nazorat qilish uchun avtomobillar spidometr va taxometrlar bilan jihozlanadi. Spidometrlar ishlash prinsipi bo‘yicha magnitoinduksiya li va elektrli turlarga bo‘linadi. Spidometr harakatni egiluvchan val (po‘lat tros) yordamida uzatmalar qutisiga o‘rnatilgan reduktordan yoki uzatmalar qutisiga joylashtirilgan generatorda hosil bo‘lgan EYUK ta’sirida aylantiriladigan elektrodvigateldan oladi. Spidometr tezlik o‘lchash va hisoblash mexanizmlaridan iborat. Tezlik o‘lchash mexanizmi, spidometrning kirish validagi aylanma harakatni ko‘rsatkich-strelkaning shkalaga nisbatan harakatiga aylantirib beradi. Hisoblash mexanizmi spidometrning kirish validagi aylanma harakatni, sirtiga bosib o‘tilgan yo‘lni ko‘rsatuvchi raqamlar yozilgan, hisoblash barabanchalarini aylanma harakatiga o‘zgartirib beradi. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling