5-laboratoriya mashg`uloti Magnitoelektr (logometrik) bosim o`lchash asbobini sxemasini chizing va ishlashini tushuntiring
Download 0.7 Mb.
|
5-laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Logometrik manometr quyidagicha ishlaydi.
5-laboratoriya mashg`uloti 1.Magnitoelektr (logometrik) bosim o`lchash asbobini sxemasini chizing va ishlashini tushuntiring. 2.Elektr yurmatli spidometrni sxemasini chizing va ishlashini tushuntiring. 1. 4.10-rasm. 4.9-rasm. Logometrik manometrning reostatli datchigi. Magnitoelektr (logometrik) manometrning umumiy sxemasi: 1,2 va 3–logometr g’altaklari, 4–ko’rsat-kich strelkasi ,5,6–qo’zg’aluvchan va qo’zg’almasdoimiy magnitlar, 7–termokompensatsiya qarshiligi, 8–datchik reostat; 9–memrana Logometrik manometrlar reostatli datchik va magnitoelektr ko‘rsatkichdan iborat. Reostatli datchik (4.9-rasm) shtuserli asos 1 dan iborat bo‘lib , unga po‘lat baxya yordamida bronzadan tayyorlangan qat-qat burama membrana mahkamlangan. Asos 1 ustiga reostat 4 va uzatma mexanizmi joylashtirilgan. Membra na markaziga turtkich 11 o‘rnatilgan bo‘lib, unga rostlash murvati 10 orqali tebranma pishang 9 tayanib turadi. Tebranma pishang reostatning sudralgichi 5 ga ta’sir qilib, uni o‘q 6 atrofida aylantirishi mumkin. O‘q 6 ga o‘ralgan prujina 8 sudralgich 5 harakatini belgilangan doirada cheklab turadi. Nazorat qilinayotgan tizimdagi bosimning keskin o‘zgarishi asbob ko‘rsatishlariga ta’sirini kamaytirish maqsadida shtuser 12 ga kalibrlangan kichik teshikchali uchlik o‘rnatilgan. Logometrik manometr quyidagicha ishlaydi. (4.10-rasm) Datchikka moy yoki havo uzatilganda membrana 9 bosim ostida yuqori tomonga ko‘tariladi va tebranma pishang , tayanch maydoncha orqali sudralgichni reostat 8 bo‘ylab harakatlantiradi. Bosim kamayganda membrana o‘zining elastikligi ta’sirida pastga tushadi. Reostat datchikli logometrik manometr ko‘rsatkichi, logometrik termometr ko‘rsatkichlari tuzilishiga (4.3-rasm) aynan o‘xshash, faqat ular bir-birdan g‘altaklarning o‘ramlar soni va ulanish sxemasi bilan farq qiladi. Datchik reostati qarshiligining o‘zgarish doirasi (163 Om dan 20 Om gacha) logometrik termometrdagi termorezistor qarshiligining o‘zgarish doirasidan (450 Om dan 50 Om gacha) ancha kam. Asbobni sezuvchanligini oshirish uchun logometrik manometr ko‘rsatkichidagi g‘altaklar 4.10-rasmda keltirilgan sxema bo‘yicha ulanadi. Reostat datchikli manometrlar impulsli manometrlarga nisbatan qator afzalliklarga ega. Ko‘rsatkich shkalasida strelkaning harakatlanish doirasi ancha keng, bu haydovchiga ma’lumotni tez va aniq o‘qib olish imkoniyatini beradi. Logometrik manometrlarning o‘lchash aniqligi yuqori va ular radioxalaqitlarni vujudga keltirmaydi. 2. . Elektr yuritmali spidometr sxemasi Dvigateli orqa tomonida joylashgan (ЛАЗ) yoki kabinasi ko‘tariladigan (MAЗ, KРAЗ) avtomobillarida elektr yuritmali spidometrlar ishlatiladi. Elektr yuritmali spidometrlarda ham mexanik yuritmali spidometr- larda ishlatiladigan tezlik o‘lchash va hisoblash mexanizmlari qo‘llanadi. Elektr yuritma - uzatmalar qutisiga o‘rnatilgan datchik, tezlik o‘lchash mexanizmining kirish valine aylantiruvchi uch fazali sinxron elektrodvigatel va elektrodvigatelni boshqaruvchi elektron sxemadan iborat. Elektrodvigatel rotori tutashgan doimiy magnit ko‘rinishida tayyorlangan. Elektordvigatel va boshqarish sxemasi spidometrning tezlik o‘lchash mexanizmi bilan birga bitta qobiqqa joylashtirilgan. Datchik sifatida uch fazali o‘zgaruvchan tok generatori ishlatilib, unda rotor vazifasini to‘rt qutbli doimiy magnit bajaradi. Egiluvchan val singari datchik rotori ham harakatni uzatmalar qutisining yetaklanuvchi validan oladi. Elektrodvigatel va generator statorlarining uchtadan g‘altagi bo‘lib, ular birbiriga nisbatan 1200 burchak ostida joylashtirilgan va «yulduz» sxemasi bo‘yicha ulangan (4.19-rasm). Generator (datchik) rotori aylanganda statorning L1, L2 va L3 chulg‘amlarida faza bo‘yicha bir-biriga nisbatan 1200 ga surilgan sinusoidal EYUK induksiyalanadi. EYUK impulslari chastotasi rotorning aylanishlar chastotasiga proporsional bo‘ladi. EYUK ning musbat yarim davri biron tranzistorning bazasiga uzatilsa, ushbu tranzistorda boshqarish toki paydo bo‘ladi. Natijada, bu tranzistor ochiladi va elektrodvigatel statorining L1’, L2’ va L3’ g‘altaklarining biriga tok manbaidan tok o‘tadi (4.19-rasmda punktir strelkalar bilan tokning L1 g‘altakka borish yo‘li ko‘rsatilgan). Generator rotori 1200 ga burilganda, uning statoridagi boshqa g‘altakda hosil bo‘lgan EYUK impulsi ta’sirida keyingi tranzistor ochiladi. Bu holda tok manbaidan kelayotgan tok elektrodvigatel statorining ham keyingi g‘altagidan o‘tadi. Shunday qilib, elektrodvigatel statori chulg‘amlaridan tok manbaidan kelayotgan impulsli tok o‘tadi va datchik rotorining aylanish chastotasiga sinxron bo‘lgan aylanuvchi magnit maydon vujudga keladi. Bu aylanuvchi magnit maydon elektrodvigatel rotorining magnitlari bilan o‘zaro ta’sirlanib, rotorni aylantira boshlaydi. Rotor esa, o‘z navbatida, spidometrning tezlik o‘lchash va hisoblash mexanizmlarini harakatga keltiradi. Elektrodvigatel rotorining aylanish chastotasi generator (datchik) rotorining aylanish chastotasi, demak avtomobilning harakatlanish tezligiga proporsional ravishda o‘zgaradi. R1 - R6 rezistorlar tranzistorlarni ochilibyopilish sharoitlarini yaxshilash uchun xizmat qiladi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling