Maruza Avtomobillarning axborot-diagnistik tizimlari1
Magnitoelektr (logometrik) manometrlar
Download 1.9 Mb.
|
Mavzu 6
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avariyali minimal bosim xabarchilari.
Magnitoelektr (logometrik) manometrlar. Logometrik manometrlar reostatli datchik va magnitoelektr ko‘rsatkichdan iborat.
Logometrik manometr quyidagicha ishlaydi. (6.6-rasm) Datchikka moy yoki havo uzatilganda membrana 9 bosim ostida yuqori tomonga ko‘tariladi va tebranma pishang , tayanch maydoncha orqali sudralgichni reostat 8 bo‘ylab harakatlantiradi. Bosim kamayganda membrana o‘zining elastikligi ta’sirida pastga tushadi. Reostat datchikli logometrik manometr ko‘rsatkichi, logometrik termometr ko‘rsatkichlari tuzilishiga (6.3-rasm) aynan o‘xshash, faqat ular bir-birdan g‘altaklarning o‘ramlar soni va ulanish sxemasi bilan farq qiladi. Datchik reostati qarshiligining o‘zgarish doirasi (163 Om dan 20 Om gacha) logometrik termometrdagi termorezistor qarshiligining o‘zgarish doirasidan (450 Om dan 50 Om gacha) ancha kam. Asbobning sezuvchanligini oshirish uchun logometrik manometr ko‘rsatkichidagi g‘altaklar 6.6-rasmda keltirilgan sxema bo‘yicha ulanadi. Reostat datchikli manometrlar impulsli manometrlarga nisbatan qator afzalliklarga ega. Ko‘rsatkich shkalasida strelkaning harakatlanish doirasi ancha keng, bu haydovchiga ma’lumotni tez va aniq o‘qib olish imkoniyatini beradi. Logometrik manometrlarning o‘lchash aniqligi yuqori va ular radioxalaqitlarni vujudga keltirmaydi. Avariyali minimal bosim xabarchilari. Avariyali bosim xabarchilari nazorat qilinayotgan tizimda suyuqlik yoki havo bosimini yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan qiymatlargacha kamayib ketganligi to‘g‘risida xabar berib, haydovchi diqqatini shoshilinch ravishda jalb qilish uchun xizmat qiladi. Bu xabarchilarning asosiy elementi datchik bo‘lib, u nazorat qilinayotgan muhitga joylashtiriladi. Avariyali bosim mavjud bo‘lganda, datchik sezuvchi elementining kontaktlari tutashib, asboblar panelidagi lampa yonadi. Avtomobillarda o‘rnatiladigan avariyali bosim xabarchilarida sezuvchi element sifatida membrana va prujina ishlatiladi. Membranali datchik MM10 (6.7-rasm) shtutser 1 mahkam-langan asos 2 dan va membrana 3 dan iborat. CHiqish qisqichi 7 bilan ulangan plastinaga qo‘zg‘almas kontakt 5 o‘rnatilgan. Qo‘zg‘aluvchi kontakt 6 o‘rnatilgan pishang 4, turtkich orqali membrana bilan bog‘langan. Datchikning ustki qismi yupqa metall qobiq 9 bilan yopilgan. Ishchi holatda, ya’ni membrana ostidagi bosim me’yorida bo‘lganda, u yuqori tomonga egilib turtkich va pishang 4 orqali kontaktlar 5 va 6 uzilgan holda ushlab turadi. Membrana ostidagi bosim me’yoridan kamayishi bilan kontaktlar tutashadi va asboblar panelidagi xabarchi lampa yonadi. Tayanch 8 yordamida datchikni ma’lum chegarada rostlash mumkin. Bundan tashqari, avariyali (yoki minimal) bosim xabarchilari pnevmoyuritmalarda, eshiklarni ochishning vakuum tizimida va avtomobilning boshqa tizimlarida ham ishlatiladi. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling