Kirish. Optika fanining rivojlanish tarixi. Yorug`lik to`lqinlarini qayd qiluvchi asboblar. Chiziqli va nochiziqli optika Reja
Download 263 Kb.
|
1-маъруза матни (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MASHG‘ULOTNING MAQSADI
- ASOSIY TAYANCH TUSHUNCHALAR
- MAVZUNING QISQACHA MAZMUNI
- Asosiy darslik va o’quv qo’llanmalar
- Qo’shimcha adabiyotlar
- Elektron ta’lim resurslari
1-ma’ruza Kirish. Optika fanining rivojlanish tarixi. Yorug`lik to`lqinlarini qayd qiluvchi asboblar. Chiziqli va nochiziqli optika Reja: 1. Optika bo‘limini o‘qitishdan maqsad. 2.Optikaning asosiy masalasi. 3.Elektromagnit to‘lqin shkalasi. 4.Optik hodisalarni tushuntirish usullari. 5.Kuchli va kuchsiz yorug‘lik maydoni. MASHG‘ULOTNING MAQSADI - Talabalarga . Optika fanining rivojlanish tarixi. Yorug`lik to`lqinlarini qayd qiluvchi asboblar. Chiziqli va nochiziqli optika va uning qo‘llanilish xossalari va ularni xarakterlovchi fizik kattaliklar haqida bilimlar berishdan iborat. ASOSIY TAYANCH TUSHUNCHALAR
MAVZUNING QISQACHA MAZMUNI
Kuzatishlardan ma’lum bo‘lganki, yorug‘lik bir jinsli muhitda to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqaladi. Yorug‘lik nuri deb, energiya oqimining tarqalish yunalishiga aytiladi. 1-rasm
Vakuumda yorug’likning tarqalish tezligi C= 3*108 m/s =300000 km/s ni Fuko aniqlagan. Agar yorug‘lik manbaining o‘lchami jism va ekran orasidagi masofa qiymatidan ancha kichik bo‘lsa yoki yorug‘lik juda kichik teshikchalardan o‘tsa, u holda yorug‘likning to‘g‘ri chiziq bo‘yicha tarqalish qonuni buziladi. Optika bo‘limini o‘qitishdan asosiy maqsad:
2. Optika keng tarmoqlangan fan, uni batafsil 40-50 soat vaqt ichida to‘la o‘rganish mumkin emas. Optikaga ajratilgan soatda umumiy tushunchalar bilan tanishtirish uchun quyidagicha masalalarni ko‘ramiz:
Yuqorida keltirilgan masalalarni to‘la o‘rganish uchun optikada to‘rta usullardan foydalaniladi. Birinchi usuli nur optikasi. Bir jinisli izotrop muhitda yorug‘likning tarqalishi. Qaytish,sinish va qaytuvchanlik qonunlari. Ko‘zgular va linza yordamida buyum tasvirini hosil qilish usullarini o‘rganadi. Ikkinchi usuli to‘lqin optikasi. Yorug‘likning tabiati ,tuzilishi va tarqalishi haqidagi ma’lumotlar o‘rganiladi.To‘lqin optikasining eng muhim hodisasidan biri uni qutublanishidir. Fazo yoki tekislikda elektrmaydon kuchlanganlik vektorining yo‘nalishi aniqlanadi. Uchinchi usul-fizikaviy optika.Yorug‘lik va jisimning o‘zaro tasirlarini o‘rganadi.Yorug‘likning interfrensiya va difraksiya hodisalari nurlarning mustaqqillik tamoilidan chetlashadi.Bu jarayonda yorug‘lik to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalmaydi. To‘rtinchi usul-kvant optikasidir.Bunda yorug‘likni tuzilishi –zarra foton ko‘rinishida o‘rganiladi.Bu usulni o‘quv qo‘llanmada o‘rganilmaydi . Keltirilgan to‘rtta usullar bir-birini to‘ldiradi, o‘rganilayotgan hodisa to‘g‘risida to‘la ma’lumotga ega bo‘lamiz. Ularning qaysi biridan foydalanish o‘rganilayotgan hodisa yoki tajribaga bog‘liq. Maqsad hodisani sodda va oson tushuntirish. Yorug‘lik manbalarining nurlanishda optik tabiatini ularning tarqalish qonunlarini jismlar bilan ta’sirlashganda kuzatiladigan jarayonlarni o‘rganuvchi fizikaning bu bo‘limiga optika deyiladi. Yorug‘lik yuqori chastotali, tez o‘zgaruvchan, elektromagnit to‘lqin tabiatiga ega. Shu sababdan optikani elektromagnit maydonning bir qismini o‘rganuvchi fizikaning bo‘limi deb qarash mumkin. Har qanday to‘lqinning (mexanik, akustik, elektromagnit va b.) chastotasi Vakuumda yorug‘lik tezligi Muhitda yorug‘lik tezligi Biror muhitda elektromagnit to‘lqin tarqalishida uning chastotasi o‘zgarmay, to‘lqin uzunligi o‘zgaradi. Masalan suvda qizil to‘lqin uzunligi tarqalsa, uning to‘lqin uzunligining o‘zgarishini ko‘raylik: Umumiy elektromagnit to‘lqin shkalasida yorug‘lik to‘lqinining ko‘rinish sohasi mos keluvchi spektral soha 1-jadvalda keltirilgan. Ular har xil usullar bilan hosil qilinib tegishlicha qayd qilinishi bilan, 1-jadvalda keltirilgan elektromagnit to‘lqinlarning tarqalishini bir xil differensial tenglamalarga mos keladi. 1-jadval
An’ana bo‘yicha optika quyidagi bo‘limlardan iborat: geometrik,to‘lqin, fizik va kvant optika. Yorug‘lik intensivligi - Oddiy yorug‘lik manbalarining (lazerlardan tashqari) intensivliklari 10 Vt/sm2 gacha bo‘lishi mumkin. Ularning maydon kuchlanganligi (0,1 10) V/sm dan ortmaydi. Bu esa atomni tashkil etuvchi zarralar hosil qiluvchi Ea elektr maydon kuchlanganligidan juda kichik. Haqiqatdan Energiyasi 103 Jga teng lazer manbalari hosil qiluvchi nurning intensivligi 1010 Vt/sm2 teng. Bunday intensivlikdagi yorug‘lik maydon kuchlanganlik qiymati 109 V/sm bo‘ladi. Natijada hosil bo‘ladigan elektr maydon kuchlanganligi valent elektronlar hosil qiluvchi elektr maydon kuchlanganligiga taxminan teng. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, yorug‘lik nurining intensivligi 108 Vt/sm2 teng bo‘lganda, yorug‘lik nuri va jism o‘zaro ta’sirlashganda kuzatiladigan hodisalar tushuvchi nurning intensivligiga bog‘liq bo‘lib chiziqli bo‘lmagan optika sohasiga o‘tiladi. Bunday holni magistraturada o‘rganish maqbuldir. YOrug‘lik maydon kuchlanganlik qiymati E < 109 V/sm kichik bo‘lganda chiziqli optika deyiladi. CHiziqli optikada superpozitsiya tamoyili saqlanadi. Bunday holni bakalavriatda ko‘ramiz.
Asosiy darslik va o’quv qo’llanmalar
Qo’shimcha adabiyotlar 1..O.Ahmadjonov Fizika kursi, T., “Qqituvchi”, 1987. 2.Benjamin Crowell .Newtonijn (230s) 3.Benjamin Crowell.Optics textbook (90)2004 4.T M.O’lmasova, J.Kamolov, T.Lutfullaeva. “Fizika. Optika Atom va yadro fizikasi”. T., “Qqituvchi”, 1997.
1. www. tdpu. uz 2. www. pedagog. uz 3. www. Ziyonet. uz 4. www. edu. uz 5. tdpu-INTRANET. Ped 1 Benjamin Crowell.Optics textbook.p-45 Download 263 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling