Optika fanining rivojlanish


Download 4.98 Mb.
bet1/3
Sana09.11.2023
Hajmi4.98 Mb.
#1760405
  1   2   3
Bog'liq
Optika fanining rivojlanish

1-MAVZU: KIRISH. OPTIKA FANNINING RIVOJLANISH TARIXI VA BOSHQA BO’LIMLAR BILAN BOG’LIQLIGI. FANNI O’RGANISHDAGI MUAMMOLAR. OPTIKA QONUNLARINI AMALIYOTGA, FAN VA TEXNIKA SOHALARIGA TADBIQI.

  • Reja:
  • Optika fanining predmeti, maqsadi va vazifasi.
  • Yorug’lik to’lqini to’g’risidagi tasavvurlarning paydo bo’lishi.
  • Optika fanining rivojlanish tarixi.
  • Optikaning ilm-fan va texnika taraqqiyotidagi roli.

OPTIKA

  • Optika - yorug’likning tabiati, uning hosil bo’lishi va tarqalish qonunlarini, modda (muhit) bilan ta’siri jarayonlarini o’rganadigan fandir. Optika - grekcha (optiks) - ko’rish degan ma’noni bildiradi.
  • Optika bo’limida to’lqin uzunligi 0,1 dan 1 sm gacha diapazondagi spektrga ega bo’lgan elektromagnit to’lqinlari o’rganiladi.
  • Demak, yorug’lik deganda to’lqin uzunligi yuqoridagi diapazonda bo’lgan barcha tarqalayotgan elektromagnit maydonlari nazarda tutiladi. Ko’zga ko’rinadigan yorug’likka tegishli elektromagnit to’lqinlar 0,4-0,76 μm intervaldagi uzunlikka ega bo’ladi.
  • Optikaning eng asosiy muammosi - yorug’likning tabiati haqidagi masaladir.
  • Optika fanining maqsadi - tabiat qonunlarini o’rganishdan va shu qonunlar asosida kuzatilayotgan hodisalarni tushuntirishdan, hamda yangi hodisalarni bashorat qilishdan iborat.
  • "Optika" fanining vazifasi:
  • - Tabiiy-ilmiy tafakkurni va materialistik dunyoqarashni shakllantirish;
  • - Fizikaviy nazariyani imkoniyat darajasida aniq bir matematik ko`rinishda taqdim etish;
  • - Talabalarda fizikaviy modellar va ilmiy farazlarning qo’llanish chegaralari to’g’risida aniq tushuncha hosil qilish, ularni keng hodisalar va fizikaviy jarayonlarni tahlil qilishda yuzaga keladigan muammolar yechimining ma`lum usullari bilan tanishtirish.
  • Optika yorug’lik to’g’risidagi fan bo’lib, elektromagnit to‘lqinning juda qisqa, kam sohasini tashkil etadi. Tabiiy yorug’lik manbai Quyoshdir. Yorug’lik to’g’risidagi fan ham Quyosh kabi qadimiydir (optika-ko‘rish).
  • Optika ya’ni yorug’lik haqidagi birinchi ta’limot nima uchun odam o’z atrofidagi narsalarni ko’radi degan savolga javob berishga urinishlar natijasida vujudga kelgan.
  • Yorug’likning tabiati haqidagi boshlang’ich tasavvurlar qadimgi asrlarda paydo bo’lgan.
  • -Qadimgi induslar ko’z "olov tabiat" ga ega deb o’ylaganlar.
  • -Grek faylasufi va matematigi Pifagor (er.av. 582-580 yy.) ko’zdan buyumlarga qarab "qaynoq bug’lanishlar" chiqadi va shu sababli ko’rish sezgilari paydo bo’ladi, deb hisoblagan.
  • -Empedokl (er.av.492-432 yy.) - nurlanuvchi jismlardan ko’zga, ko’zdan nurlanuvchi jismlarga qarab nurlanish oqimi yo’naladi va ular uchrashib ko’rish sezgisini uyg’otadi, deb qaragan.
  • -Demokrit (er.av. 460-370 yy.) - ko’rish buyumlardan chiqayotgan mayda zarrachalar - atomlarning ko’zga kelib tushishi natijasida hosil bo’ladi, degan atomistik g’oyani ilgari surgan.
  • -Epikur (er.av.341-270 yy.), Aristotel (er.av. 384-332 yy.) lar ham ko’rish sezgisining sababi inson ko’zidan tashqarida yotadi, deb hisoblaganlar.

Download 4.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling