1-laboratoriya ishi oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi namlik miqdorini aniqlash Ishning maqsadi
Quruq modda miqdorini refraktometrda aniqlash
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
download-edfiles-21919
- Bu sahifa navigatsiya:
- Refraktometrni tayyorlash
- Tajriba o‘tkazish.
Quruq modda miqdorini refraktometrda aniqlash Uslubni mohiyati refraktometrni sindirish ko„rsatkichiga qarab quruq moddalar miqdorini aniqlashdir. Agarda konserva mahsulotlaridagi quruq moddalar miqdorini refraktometr bilan aniqlashga mahsus ko„rsatma bо„lsa qo„llaniladi. Refraktometrni tayyorlash Refraktometrda ko„rish maydoni aniq olish uchun to„g„ ri burchakli prizma yorug„ lik nuri tushadigan tomonga buriladi. Tushayotgan yorug„ lik nurlari prizma yuzasidan ma„lum burchakda qaytadi. Refraktometrni nuqtasini o„rnatib olish uchun shisha tayoqcha bilan prizmaga bir tomchi distillangan suv tomiziladi, bunda prizmani haroratini 20 o C da ushlab turilib, okulyar orqali punktir chiziqni bir biriga tushishi ko„rib olinadi yoki ko„rish doirasini markazi shkalani nol bо„linmasiga kelganligi ko„riladi. Agar punktir chiziq yoki doira markazi 0 dan 0.2 % gacha to„g„ ri kelmasa mahsus kalit orqali 0 ga keltiriladi. Ko„rish maydoni bilan kompensatorni yo„naltirish yo„li yorug„ va qorong„ u chegarasini aniq ajratib olinadi. Tajriba o‘tkazish. Pastki prizma yuzasini markaziy qismiga shisha tayoqcha bilan tekshirilayotgan suyuqlikdan bir tomchi tomiziladi. Prizmani yuqori qismini tekshirib olib uni pastki qismi bilan jips quyiladi. Agar tekshirilayotgan mahsulotni tarkibi qattiqroq bо„lsa, u holda 2 qavat taxlangan dokaga o„rab siqish yo„li bilan 2-3 tomchi shirasi olinadi va shirani bir tomchisini prizmaga tomiziladi. Prizma yuqori qismini tushirib, uni harakatlantirib, pastki qismi bilan jips holga olib kelinadi. Prizmani mahkam qotirgandan sо„ng okulyar orqali uni jildirib ko„rish maydonini yorug„ va qorong„ i chegarasini aniq topib olinadi. Bu chegarani shunday topingki, u punktir chiziq ustiga tushsin va shundan sо„ng shkaladan quruq moddalarning foiz miqdori topiladi. Refraktometrni ko„rsatishini aniqlayotganda tajriba o„tkazilayotgandagi haroratni bilib olish kerak, chunki shkalani ko„rsatishi 20 0 C da haqiqiy bо„ladi. Agar aniqlash boshqa haroratda o„tkazilgan bо„lsa, tuzatish koeffitsiyenti kiritiladi. Qora rangli mahsulotlarni tekshirilayotganda ulardan refraktometr prizmasiga solish uchun suyuq qismini ajratib olish qiyin. Bunda quyidagicha: chinni kosachalarni tekshirilayotgan mahsulotdan texnik tarozida 5-10 g olinadi. Namunaga bir xil miqdorda tozalangan qum solinadi va namuna massasi bilan teng miqdorda distillangan suv quyiladi. Aralashmani ikki qavat qilib quyilgan dokaga solinadi, siqib olingan suyuqlikdan ikki tomchi refraktometr prizmasiga tomiziladi va ko„rsatgichi aniqlanadi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling