Idish va asboblar: Konsentrlangan sirka kislotasi, alyuminiy gidrookisidi, toluol,
sulfat kislotasi
Asosiy nazariy tushunchalar
Sabzavotlarni eti pishtirishni jadallashtirish azotli o„g„ itlardan foydalanishni talab
qiladi. Bu esa o„z navbatida xomashyo va oziq-ovqat mahsulotlari
tarkibida nitratlar
miqdorining ortishiga olib keladi. Nitratlar ovqat hazm
qilish traktining yuqori
qismlarida nitritlarga qayta tiklanishi va inson organizmiga zararli ta‟sir ko„rsatishi
mumkin.
O„simliklardagi nitratlar konsentratsiyasiga yorug„ lik etishmasligi, hosilni yig„ ib
olish muddatining qisqaligi ta‟sir ko„rsatadi. Bahorgi
davrda vegetatsiya davri
davomiyligining yuqoriligi sabzavotlardagi nitratlar miqdoriga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi.
Yosh o„simliklarda etilgan o„simliklarga nisbatan nitratlar miqdori 50-70 % ko„p
bo„ladi.
Sabzavotlarni saqlash vaqtida reduktaza fermentlari ta‟siri
ostida nitratlarning
mikrobiologik qaytarilishi sodir bo„lishi mumkin. Shuning
uchun nitratlarga ega
bo„lgan mahsulotlar uchun uzoq vaqt davomida yuqori haroratning ta‟siri
xavfli
hisoblanadi. Nitratlarning organizm immun tizimi faolligini pasaytirishi, organizmning
atrof-muhit omillarining salbiy ta‟siriga chidamliligini kamaytirish aniqlangan. Shu
bilan birga nitratlar va nitritlar organizmdagi almashinuv
jarayonlari faolligini ham
o„zgartirishi mumkin. Organizmga nitratlarning yo„l qo„yilgan
ovqat bilan kiradigan
miqdori 300-350 mg ga teng.
Jadval
Sabzavot va mevalardagi nitritlar miqdori
Mahsulotning nomi
Nitritlar miqdori, mg/kg
Ochiq havoda
Yopiq
issiqxonada
Kartoshka
ertangi
240
kechki
120
Oq boshli karam
ertangi
800
kechki
400
Sabzi
ertangi
600
kechki
300
Pomidor
100
200
Bodring
200
400
Xo„raki lavlagi
1400