S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
shaxsning bilish jarayonlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diqqat barcha psixik jarayonlarda qatnashadi, ularning
S.Hasanov D.Abdumadjidova N.Ataeva SHAXSNING BILISH JARAYONLARI (Psixologiya nazariyasi va amaliyoti asoslari) Ma`ruza matni Toshkent – 2016 SHAXSNING BILISH JARAYONLARI.
Diqqat - shaxsning faolligini hamda uning obyektiv borliqdagi predmet va hodisalarga tanlovchi munosabatini belgilaydi. Diqqatda odam psixikasining moslashtiruvchi vazifasi namoyon bo’ladi. Agar diqqat bo’lmasa, odamda aniq maqsadga qaratilgan amaliy faoliyat ham bo’lmaydi. Diqqat muayyan sharoitlarda va vaziyatlarda mo’ljal olish imkonini beradi. Bunday sharoitlarni hisobga olish odam amalga oshirayotgan faoliyatning ongli ravishda kechishini va uning sermahsul bo’lishini ta’minlaydi. Har qanday masalaning va har qanday hayotiy vazifaning hal kilinishi odamdan o’z diqqatini ana shu masalaning mazmuniga hamda uni bajarish uchun qilinadigan harakat usullariga qaratishni talab qiladi. Demak, diqqat qolgan barcha psixik jarayonlardan sezilarli darajada farq qiladi. Uning o’ziga xosligi shundan iboratki, u aks ettirish formasi singari psixik faoliyatning mustaqil turi emas, balki boshka psixik jarayonlarning uyushgan faolligidir. Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo’yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uning turmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti- harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo’ladi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq kabi alohida psixik jarayon emas. Diqqat barcha psixik jarayonlarda qatnashadi, ularning Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling