S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari


diqqati deb yuritiladi.  Ixtiyorsiz


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/65
Sana02.01.2022
Hajmi0.95 Mb.
#191219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
shaxsning bilish jarayonlari

diqqati deb yuritiladi. 

Ixtiyorsiz 

diqqat 

diqqatning 

quyi 

formasi 


bo’lib, 

odatda 


qo’zg’atuvchilarning  analizatorlardan  birortasiga  ta’sir  etishi  natijasida  sodir 

bo’ladi.  U  mo’ljal  olish  refleksi  qonuniyatiga  ko’ra  paydo  bo’ladi  va  odamlar 

hamda hayvonlar uchun umumiydir. Ixtiyorsiz diqqat ta’sir etuvchi qo’zg’atuvchi 

hamda  bu  qo’zg’atuvchilarning  odamni  ilgarigi  tajribasi  yoki  psixik  holatiga 

muvofiq  kelishi  tufayli  paydo  bo’lishi  mumkin.  Ta’lim  va  tarbiya  jarayonida 

shakllanuvchi,  faqat  odamga  xos  bo’lgan  ixtiyoriy  diqqat  ancha  murakkabdir. 

Uning  xarakterli  xususiyati  shundaki,  u  obyektga  niyat  va  qo’yilgan  maqsad 

ta’sirida  yo’llanadi.  Kishida  paydo  bo’ladigan  talab,  ehtiyojlar,  organizmdagi 

o’zgarishlar,  masalan  chanqash,  og’piq,  ko’ngil  g’ashligi  kabi  holatlar  ham 

diqqatimizni  jalb  etishi  mumkin.  Ixtiyorsiz  diqqatning  nerv-fiziologik  asosini 

orientirovka  (mo’ljal)  yoki  tekshirish  refleksi  tashkil  qiladi.  Chunonchi,  tevarak-

atrofimizdagi narsalarning salgina o’zgarishi bizda darhol mo’ljal refleksini yuzaga 

keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, «nima gap» degan ma’noda atrofimizga razm 

sola  boshlaymiz.  Shuningdek,  turli  his-tuyg’ular,  xususan  qiziqish  ixtiyorsiz 

diqqatga  sabab  bo’ladi.  Qiziqarli  roman,  kinofilm,  qiziqarli  suhbat  diqqatimizni 

o’ziga beixtiyor tortadi. Shuning uchun diqqatning bu xili emotsional diqqat  ham 

deyiladi. 


Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling