O‘lchash usuli va tartibi
Sichqoncha yordamida monitor ekranining yuqori qismidagi "Start" tugmasini bosing.
Sichqoncha orqali matematik (garmonik) mayatnikli tajribani tanlang. Monitor ekranidan jismning harakat maydonini va tegishli kattaliklarni o‘zgartirgich(regulyator)larni chizib oling (ular nimani o‘zgartirishini ko‘rsating).
1 – Tajriba.
O‘zgartirgichlar surilmalari yordamida ipning maksimal uzunligini, so‘nish koeffitsiyenti va boshlang‘ich og‘ish burchagining qiymatlarini kiriting. Sizning brigadangiz uchun ushbu qiymatlar 1-jadvalda ko‘rsatilgan. Sichqoncha yordamida monitor ekranining pastki qismidagi "Start" tugmasini bosib, burchak va tezlik grafiklarining chizilishini (yuqorida o‘ngda) va mayatnikning harakatini kuzating. Harakatni klaviaturadagi "Pause" tugmasi bilan to‘xtatib va probel tugmasi (klaviaturaning pastki qismidagi eng uzun tugma) bilan yana davom ettirib, ishlashni mashq qiling. Vaqtni (OX o‘qi bo‘ylab masshtabni hisobga olgan holda) o‘lchang va to‘liq tebranishlar sonini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |