1-laboratoriya ishi reaktsiyalarning issiqlik effekti tuzlarning integral erish issiqligini aniqlash


Download 199.91 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.04.2023
Hajmi199.91 Kb.
#1274326
Bog'liq
1-laboratoriya ishi



1-laboratoriya ishi 
 
REAKTSIYALARNING ISSIQLIK EFFEKTI 
Tuzlarning integral erish issiqligini aniqlash 
1.1. Nazariy ma‘lumot 
Kimyoviy jarayonlar, ko’pincha, sistemaning ichki energiyasi va entalpiyasi o’zgarishi bilan 
boradi. Bu vaqtda issiqlik chiqishi yoki yutilishi mumkin. Issiqlik chiqishi bilan boradigan 
reaktsiya ekzotermik reaktsiya, issiqlik yutilishi bilan boradigan reaktsiya endotermik 
reaktsiya deb ataladi. 
Reaktsiya vaqtida ajralib chiqadigan yoki yutiladigan maksimal issiqlik reaktsiyaning 
issiqlik effekti deb ataladi. 
Termodinamik sistemaga berilgan issiqlik musbat deb qabul qilinadi; agar sistema issiqlik 
chiqarsa, bu issiqlik manbai manfiy ishora bilan yoziladi. Lekin, termokimyoda buning aksi 
qo’llaniladi. Reaktsiya natijasida chiqadigan issiqlik joullar hisobida o’lchanib, musbat (+) ishora 
bilan ifodalanadi. Agar kimyoviy reaktsiya vaqtida issiqlik yutilsa, bu reaktsiyaning issiqlik effekti 
manfiy ishora bilan olinadi. Bu holda yutilgan issiqlik miqdori reaktsiya tenglamasida manfiy (-) 
ishora bilan yoziladi. 
Azot va kisloroddan azot (II)-oksidning hosil bo’lish reaktsiyasi: 
N
2
+ O
2
= 2NO – 10,3 kJ 
endotermik reaktsiyaga misol bo’ladi. 
Shuni ham aytib o’tish kerakki, oddiy moddalarning issiqlik chiqarish bilan birikishi 
(ekzotermik reaktsiya) natijasida hosil bo’lgan birikmalar (masalan, SO
2
, N
2
O) barqarordir, lekin 
endotermik reaktsiya natijasida hosil bo’lgan birikmalar (masalan SS
2
, S
2
N
2
) ekzotermik 
reaktsiyalarga qaraganda beqarorroq bo’ladi. 
1.2. TAJRIBALAR 
Jihozlar va reaktivlar. Texno-kimyoviy tarozi, 10 ml li tomchilatgich, issiqlik 
o’tkazmaydigan 100 ml hajmli stakan, 25 ml hajmli o’lchov tsilindri, mis kuporosi kukuni, osh 
tuzi, mochevina, ammoniy nitrat, oyuvchi natriy. 
1-tajriba. Erishdagi issiqlik hodisalari 
Uchta stakan yoki kolbaga 25 ml dan suv quying. Suvning haroratini o’lchang. Texno-
kimyoviy tarozida 10 g osh tuzi, 10 g oyuvchi natriy va 10 g ammoniy nitrat tortib olib birinchi 
stakanga osh tuzini, ikkinchisiga ammoniy nitrat va uchinchisiga oyuvchi natriyni soling (ehtiyot 
bo’ling!). 
Moddalarni yaxshilab aralashtirib eriting va hosil qilingan eritmalar haroratini o’lchang. 
Oyuvchi natriy, osh tuzi va ammoniy nitrat tuzlari eritmalarining harorati qanday o’zgaradi? 
Kuzatilgan hodisani tushuntiring. 
NAZORAT SAVOLLARI 
1.Qanday reaktsiyalarga ekzotermik reaktsiyalar deyiladi? 
2. Qanday reaktsiyalarga endotermik reaktsiyalar deyiladi?
3. Issiqlik effekti deb nimaga aytiladi? 
4. Issiqlik chiqishi va yutilishi termokimyo va termodinamikada qanday nomlanadi?
5. Barqaror moddalar hosil bo’lishida issiqlik yutiladimi yoki chiqadimi? 
6. Termokimyoviy tenglama qanday tuziladi? 
 

Download 199.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling