1-laboratoriya ishi reaktsiyalarning issiqlik effekti tuzlarning integral erish issiqligini aniqlash
Download 199.91 Kb. Pdf ko'rish
|
1-laboratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. TAJRIBALAR Jihozlar va reaktivlar.
- 1-tajriba.
1-laboratoriya ishi REAKTSIYALARNING ISSIQLIK EFFEKTI Tuzlarning integral erish issiqligini aniqlash 1.1. Nazariy ma‘lumot Kimyoviy jarayonlar, ko’pincha, sistemaning ichki energiyasi va entalpiyasi o’zgarishi bilan boradi. Bu vaqtda issiqlik chiqishi yoki yutilishi mumkin. Issiqlik chiqishi bilan boradigan reaktsiya ekzotermik reaktsiya, issiqlik yutilishi bilan boradigan reaktsiya endotermik reaktsiya deb ataladi. Reaktsiya vaqtida ajralib chiqadigan yoki yutiladigan maksimal issiqlik reaktsiyaning issiqlik effekti deb ataladi. Termodinamik sistemaga berilgan issiqlik musbat deb qabul qilinadi; agar sistema issiqlik chiqarsa, bu issiqlik manbai manfiy ishora bilan yoziladi. Lekin, termokimyoda buning aksi qo’llaniladi. Reaktsiya natijasida chiqadigan issiqlik joullar hisobida o’lchanib, musbat (+) ishora bilan ifodalanadi. Agar kimyoviy reaktsiya vaqtida issiqlik yutilsa, bu reaktsiyaning issiqlik effekti manfiy ishora bilan olinadi. Bu holda yutilgan issiqlik miqdori reaktsiya tenglamasida manfiy (-) ishora bilan yoziladi. Azot va kisloroddan azot (II)-oksidning hosil bo’lish reaktsiyasi: N 2 + O 2 = 2NO – 10,3 kJ endotermik reaktsiyaga misol bo’ladi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, oddiy moddalarning issiqlik chiqarish bilan birikishi (ekzotermik reaktsiya) natijasida hosil bo’lgan birikmalar (masalan, SO 2 , N 2 O) barqarordir, lekin endotermik reaktsiya natijasida hosil bo’lgan birikmalar (masalan SS 2 , S 2 N 2 ) ekzotermik reaktsiyalarga qaraganda beqarorroq bo’ladi. 1.2. TAJRIBALAR Jihozlar va reaktivlar. Texno-kimyoviy tarozi, 10 ml li tomchilatgich, issiqlik o’tkazmaydigan 100 ml hajmli stakan, 25 ml hajmli o’lchov tsilindri, mis kuporosi kukuni, osh tuzi, mochevina, ammoniy nitrat, oyuvchi natriy. 1-tajriba. Erishdagi issiqlik hodisalari Uchta stakan yoki kolbaga 25 ml dan suv quying. Suvning haroratini o’lchang. Texno- kimyoviy tarozida 10 g osh tuzi, 10 g oyuvchi natriy va 10 g ammoniy nitrat tortib olib birinchi stakanga osh tuzini, ikkinchisiga ammoniy nitrat va uchinchisiga oyuvchi natriyni soling (ehtiyot bo’ling!). Moddalarni yaxshilab aralashtirib eriting va hosil qilingan eritmalar haroratini o’lchang. Oyuvchi natriy, osh tuzi va ammoniy nitrat tuzlari eritmalarining harorati qanday o’zgaradi? Kuzatilgan hodisani tushuntiring. NAZORAT SAVOLLARI 1.Qanday reaktsiyalarga ekzotermik reaktsiyalar deyiladi? 2. Qanday reaktsiyalarga endotermik reaktsiyalar deyiladi? 3. Issiqlik effekti deb nimaga aytiladi? 4. Issiqlik chiqishi va yutilishi termokimyo va termodinamikada qanday nomlanadi? 5. Barqaror moddalar hosil bo’lishida issiqlik yutiladimi yoki chiqadimi? 6. Termokimyoviy tenglama qanday tuziladi? Download 199.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling