1 laboratoriya ishi sanoat korxonalari va muassasalarda mikroiqlim sharoitlarini aniqlash. Ishning maqsadi


Download 182.06 Kb.
bet3/5
Sana23.02.2023
Hajmi182.06 Kb.
#1225801
1   2   3   4   5
Bog'liq
Laboratoriya ishi 1

1.2. Ishni bajarish tartibi
Havoning haroratini aniqlash. Ish joyi havosining haroratini aniqlash uchun simobli va spirtli termometrlar ishlatiladi. Bundan tashqari ma`lum vaqt oralig’ida havoning o`zgarishini hisobga olib, yozib borish uchun temograflardan ham foydalaniladi.
Simobli termometr yordamida ish joyi havosining harorati aniqlanganda, termometr ko`rsatkichi 8...10 minutdan keyin yozib olinadi. Juft termometrlar asosan issiqlik nurlanishi mavjud bo`lgan muhitlarda ishlatiladi. U asosan ikkita simobli termometrdan tashkil topgan bo`lib, birinchi termometrning simob to`ldirilgan pastki uchi qora rangga, ikkinchi termometrning simobli uchi esa kumush rangga bo`yalgan bo`ladi. Xona havosining xaqiqiy harorati quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi:
t h=tq - k(tq-tk)
bu erda th - havoning harorati, 0C;
tq - qoraga bo`yalgan termometrning ko`rsatishi, 0S;
tk - kumush rangga bo`yalgan termometrning ko`rsatishi, 0S
k- termometrning o`zgarmas koeffitsienti.

1.-Rasm. Juft termometr

Termograflardan (M-16S, M-16N) havo haroratining ma`lum bir muddat oralig’ida, masalan, bir sutkalik yoki bir haftalik o`zgarishini qayd kilib borish maqsadida foydalaniladi.


Havoning nisbiy namligini aniqlash. Havoning «absalyut» namligining, «maksimal» namligiga bo`lgan nisbatining foizdagi ifodasi nisbiy namlik deb ataladi va qo`yidagicha aniqlanadi.
R=
Bu erda A - havoning «absalyut» namligi, gr/m3;
Rmax - havoning «maksimal» namligi, gr/m3.
Havoning nisbiy namligini aniqlash uchun psixrometr, gigrometr, gigrograflardan foydalaniladi. Psixrometr asosan ikkita bir xil simobli termometrdan tashkil topgan bo`lib, ulardan birining simobli pastki uchi suv bilan namlangan paxta yoki marli bilan o`rab qo`yiladi. Birinchi termometr (namlangan termometr)ning ko`rsatkichi doim ikkinchi termometrning ko`rsatkichidan past bo`ladi. Ushbu termometrlar ko`rsatkichlari orasidagi farqga asoslanib 2-ilovadan havoning nisbiy namligi aniqlanadi.
Aspiratsion psixrometr o`zining havo kanallari va ventilyatori borligi bilan Avgust psixrometridan farq qiladi. Bu psixrometrga o`rnatilgan MV-4M ventilyatori mexanik ravishda, M-34 ventilyatori esa elektr toki yordamida harakatga keltiriladi.
MV-1 gigrometrining ishlash printsipi materiallarning gigroskop xususiyatiga asoslangan. Bunday materiallar (masalan, inson sochi) namlik ta`sirida uzayadi va quruq havoda esa qisqaradi.
Gigrograflar (M-21,M-21S) esa havoning nisbiy namligini ma`lum vaqt oralig’ida o`zgarishini qayd etib borish uchun ishlatiladi. Termograflardan bir vaqtning o`zida havoning haroratini va nisbiy namligini aniqlashda foydalanish mumkin.

2.-Rasm. Psixrometr


a -Avgust psixrometri; b -Assman (aspiratsion)psixrometri.

Download 182.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling