1-laboratoriya ishi: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi


-laboratoriya ishi: Titrimetrik analiz. Neytrallash usulida aniqlovchi va ishchi eritmalarni tayyorlashni bajarish


Download 161.91 Kb.
bet26/35
Sana27.01.2023
Hajmi161.91 Kb.
#1130271
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
Bog'liq
4 LABORATORIYA MASHGULOTLARI (1)

7-laboratoriya ishi: Titrimetrik analiz. Neytrallash usulida aniqlovchi va ishchi eritmalarni tayyorlashni bajarish.




Ishning maqsadi: Neytrallash usulida aniqlovchi va ishchi eritmalarni tayyorlashni bajarish.
Titrimetrik analizda titri aniq bo'lgan eritmalardan foydalanib, titri noma'lum eritmalarning titrlari aniqlanadi. Titrlash usullari qo'llaniladigan reaksiyalar (protolitometriya, oksredmetriya, kompleksimetriya va cho'ktirish usullari), titrlash amalini bajarish (bevosita, bilvosita, te^kari va reversiv) va titrlash uchun namuna olish (pipetkalash va ayrim namunalar) bo'yicha bo'linadi.


Titrimetrik analizda qo'llaniladigan asboblar, ularni darajalash qoidalari
Eritmalarning hajmini o'lchash. Eritmalaming hajmlari litrlar va kub metrlarda yoki ularning ulushlarida o'lchanadi. Eritmalaming hajmlarini aniq o'lchash titrimetriyada eng mas'ulyatli ishlardan hisoblanadi, chunki hajmni o'lchash aniqligi analizning aniqligi bilan bevosita bogliq. Titrimetrik analizda qo'llaniladigan muhim o'lchov asboblariga byuretkalar, pipetkalar va o`lchov kolbalari kiradi.
O'lchov idishlarining sig'imini aniqlash uchun ular darajalanadi. Bunday maqsadda unga solingan yoki undan to'kilgan distillangan suvning massasi o'lchanadi. Suvning massasini olchashda uning harorati muhim ahamiyatga ega. Suvning 4 °C dagi zichligi 1 g/ml bo'lganligi uchun uy haroratida 1 /hajmli suv 1 kg dan kam bo'ladi. Shuning uchun ham suvga 1000-1000p (bu yerda, p- suvning berilgan temperaturadagi zichligi) tuzatish kiritiladi. Bundan tashqari havoda tortishga ham tuzatish kiritiladi, chunki jismning massasi havoning massasi miqdorida haqiqiy massasidan farq qiladi. Odatda bu qiymat katta bo'lmaganligi uchun uni hisobga olmaslik ham mumkin.
Kislota-asosli titrlash (protolitometriya) Kislota-asosli reaksiyalarga asoslangan barcha titrimetrik (hajmiy) aniqlashlar kislota-asosli titrlash usuliga kiradi. Bu usulda biror kislotaning titrlangan eritmasidan foydalanib, ishqorlarning miqdorini yoki ishqorning titrlangan eritmasidan foydalanib, kislotalarning miqdorini aniqlash mumkin. Shuningdek kislota-asosli reaksiyalar bilan bog`liq boshqa aniqlashlar ham o'tkaziladi. Masalan, gidrolizlanish natijasida kuchli ishqoriy muhitga ega bo`ladigan va shuning uchun ham kislotalar bilan titrlanadigan Nа2СО3 va Na2B4O7 ga o'xshash ba'zi tuzlar, suvning qattiqligi, ammoniyli tuzlar, organik birikmalar tarkibidagi azotni aniqlash kabilar bunga misol bo'ladi.
Kislota-asosli atsidimetriya usulining asosiy ish eritmalari kuchli kislotalar - HC1, НСlO4 yoki H2SO4, alkalimetriya usulining asosiy ishchi eritmalari ishqorlar - NaOH, KOH yoki tetraalkil (tetrametil- tetraetil-, tetrabutil-) ammoniy gidroksidlar eritmasidir. Lekin bu moddalar boshlang'ich moddalarga qo'yiladigan talablarga javob bermaydi. Shuning uchun ularning titrlangan eritmalarini bevosita namuna tortimlari asosida tayyorlab bo'lmaydi. Bunday moddalarning taxminiy konsentratsiyali eritmalari tayyorlanib, ularning titri malum titrli standart eritma yordamida aniqlanadi. Kislotalarning titrini aniqlash uchun qayta kristallanganda toza holda dastlabki moddalarga qo'yiladigan talablarga javob beradigan bura (Na2B4O7 10H2O) yoki soda (Na2СО3 10H2O), ishqorlarning titrini aniqlash uchun esa, ko`pincha, oksalat kislota (H2C2O4 2H2O) yoki kahrabo kislota ishlatiladi.

Download 161.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling