1-laboratoriya ishi: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi


Download 161.91 Kb.
bet1/35
Sana27.01.2023
Hajmi161.91 Kb.
#1130271
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
4 LABORATORIYA MASHGULOTLARI (1)


Analitik kimyo fanidan O`UM LABORATORIYA MASHG`ULOTLARI


LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI


1-laboratoriya ishi: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi.




Ishning maqsadi: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi bilan tanishish.

Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasini o’rganish.



  1. Laboratoriyada xalatsiz va sochiqsiz ishlash yaramaydi.

  2. Tajribani bajarishga kirishishdan avval har bir tajrlbaning yozma bayonini juda e`tibor bilan o`qib chiqish va tajriba uchun olinayotgan moddaning xossalarini yaxshi biJib olish lozim.

  3. Laboratoriyada ishlaganda ozodalikka, tinchlikka, batartiblikka va xavfsizlik texinikasi qoidalariga rioya qilish kerak. E`tiborsizlik va tartibsizlik ko`ngilsiz hodisalarga sabab bo`lishi mumkinligini unutmang

  4. Laboratoriyada chekish, suv ichish va ovqatlanish yaramaydi.

  5. Suyuqliklarni probirkada qizdirganda probirkani qiya ushlab, yuqorisidan boshlab asta-sekin qizdirish kerak. Bunda probirkaning og`zini - ishlayotganlardan boshqa tomonga qaratib ushlash lozim.

  6. Yonib turgan gaz gorelkasi va elektr asboblarni nazoratsiz qoldirish mumkin emas.

  7. Utkir hidli moddalar bilan olib boriladigan tajribalarni faqat mo`rili shkaf ichida o`tkazish lozim.

  8. Rakovinaga kislota, ishqor, tez o`t oladigan suyuqliklar hamda oltingugurtli birikmalarni to`kish yaramaydi. Ularni maxsus idishlarga yig`ish lozim.

  9. Natriy metalini o`tkir, quruq pichoq bilan filtr qog`oz ustida kesish kerak. Uning qiyqindilarini, qoldig`ini rakovinaga tashlamang, balki quruq kerosin yoki vazelin moyi solingan alohida shisha idishlarga yig`ishtirib oling

  10. Etil efir, opirt, benzol, atseton, etilatsetat, petroley efir va boshqa tez yonuvchan moddalar bilan ishlaganda bu moddalarni bevosita alangada qizdirish, alanga yaqinida saqlash taqiqlanadi. Ularni suv hammomida yoki maxsus elektr plitalaridagina qizdirish mumkin

  11. Idishdagi suyuqlik tasodifan alangalanib ketgan taqdirda avvalo qizdirish manbaini o`chirish, so`ngra alangani sochiq yoki chinni kosacha bilan yopish lozim. Agar suyuqlik stolga to`kilib yonayotgan bo`lsa, uni faqat qum bilan o`chiring. O`tni suv bilan o`chirish yaramaydi, chunki organik erituvchilar, odatda, suv bilan aralashmaydi va suv bilan yoyilib ketib, alangani kengaytiradi.

  12. Agar ishlayotgan kishilarning kiyimi yonib ketsa, uni darhol adyol yoki qalin material bilan berkitib, yonayotgan kiyimga havo kirishini to`xtatish lozim.

  13. Kontsentrlangan sulfat kislotani suyultirishda suvni kislotaga emas, balki kislotani suvga tomchilatib, muttasil aralashtirib turgan holda qo`shish kerak, aks holda kislota sachrab, portlashi mumkin.

  14. O`yuvchi ishqorlar chinni stakanda yoki kosachada eritiladi.

  15. Laboratoriyada moddaning mazasini tatib ko`rish taqiqlanadi.

  16. Ishni tugatgach, ish joyini tartibga keltirish va elektr asboblar, suv gazning o`chirilgan o`chirilmaganini tekshirib ko`rish lozim.




Download 161.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling