1-laboratoriya ishi: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi
Sulfatlarni karbonatlarga aylantirishning ikki usuli mavjud
Download 161.91 Kb.
|
4 LABORATORIYA MASHGULOTLARI (1)
Sulfatlarni karbonatlarga aylantirishning ikki usuli mavjud.
Birinchi usul. Sulfatlar cho‘kmasini chinni kosacha yoki tigelga o'tkazib, unga nisbatan o‘n hissa ko‘p Na2CO3, yoki K2CO3 bilan birga qizdirilganda sulfatlar quyidagi reaksiya bo'yicha karbonatlarga aylanadi: BaCl2 + Na2CO3 BaCO3 + Na2SO4 Hosil qilingan qotishmani bir necha marta distillangan suv bilan yuvib, undagi natriy sulfat va ta’sirlashmay qolgan natriy karbonat to'liq ajratib olinadi. Sulfat va karbonatlar toiiq ajratilganligini tekshirish uchun yuvindi suvga kislotali muhitga keltirilgan BaCl2 eritmasi qo'shib ko'riladi. Agar cho'kma hosil bo'lmasa, natriyning sulfat va karbonati to'la ajratilgan hisoblanadi. Karbonatlar cho'kmasi sirka kislotada eritilib, undan ikkinchi guruh kationlari topiladi. Ikkinchi usul. II guruh kationlari sulfatlarining to'liq cho'ktirib ajratilganiga ishonch bo'lmasa, sulfatlari ajratilmagan tekshiriladigan aralashma ikkiga bo'linib, ikkita chinni kosachaga solinadi. Chinni kosachalar raqamlanadi. Birinchi chinni kosachadagi cho‘kmali eritmaning hajmidan 2-3 marta ko‘p to‘yingan natriy karbonat, ikkinchi kosachadagi eritmaga shuncha miqdor to‘yingan kaliy karbonatning eritmalaridan qo‘shib, aralashmalar qaynaguncha qizdiriladi. Aralashmalar 20-30 daqiqa qaynatilganda ikkinchi guruh kationlari sulfatlarining bir qismi yuqoridagi reaksiya bo‘yicha karbonatlarga aylanadi. Eritmalarga o‘tgan sulfat ion to‘kib tashlanadi. Qoldiqlar yana bir necha marta to‘yingan natriy karbonat va kaliy karbonat eritmalari bilan (mos ravishda) ishlanib, suyuqliklar ketma-ket to'kib tashlanadi. Bunda yana ikkinchi guruh kationlarining karbonatlari va magniyning gidrokarbonati cho‘kmada qoladi. Hosil qilingan karbonatlar va gidrokarbonat filtrlab yoki sentrifugalab ajratiladi. Qoldiqlar cho‘kma tarkibida biroz Na2CO3 yoki K2CO3bo‘lgan suv bilan (mos ravishda) astoydil yuvilsa, cho'kmalar toza karbonatlar va gidrokarbonatlardan iborat bo‘lib qoladi. Cho‘kmadan sulfatlaming toiiq ajratilganini tekshirib ko‘rish uchun distillangan suv bilan oxirgi marta yuviladi va yuvindiga xlorid kislotali bariy xlorid eritmasi tomiziladi. Tomchi tushganjoy loyqalanmasa, demak, sulfatlar to'liq ajratilgan deyish mumkin. Qoldiqlardan (1-cho‘kma) Ca2+, Sr2+ va Ba2+ ionlari topiladi. Sulfatlaming karbonatlarga o'tishi sababini ulaming eruvchanlik ko'paytmalari qiymatlarini taqqoslash orqali bilib olish mumkin: stronsiy karbonatlarining eruvchanlik ko'paytmalari kalsiy va stronsiy sulfatlarinikidan ancha kichik bo'lganligidan kalsiy va stronsiy sulfatlari osongina karbonatlarga aylanadi. Biroq bariy karbonatning eruvchanlik ko'paytmasi qiymati bariy sulfatnikidan qariyb ellik marta katta bo'lganligi uchun almashinish reaksiyasi tufayli hosil bo'ladigan bariy karbonat juda oz miqdorda bo'ladi. Shuning uchun cho'kma ko'p marta natriy yoki kaliy karbonat bilan ishlanishi va har bir ishlovdan keyin eritma cho'kmadan ajratilishi shart. Ishlov uchun olinayotgan karbonatning konsentratsiyasi sulfat konsentratsiyasidan kamida 50 marta ortiq bo’lishi kerak (karbonatlar va sulfatlar eruvchanlik ko‘paytmalari orasidagi farq qiymaticha). Karbonatlarga aylantirilgan ikkinchi guruh kationlari cho’kmasi sirka kislotada eritib tekshiriladi. II guruh kationlari aralashmasining sistematik analizi. Ammiakli bufer aralashma ishtirokida guruh reagenti ta’siridan ajratilgan yoki sulfatlar karbonatlarga aylantirilgandan keyin olingan BaCO3, SrCO3 va CaCO3 cho’kmalari 2 N CH3COOH eritmasi yordamida eritiladi. Ba2* ionini topish va ajratish. Eritmadan 2-3 tomchi olib, unga K2Cr2O7+CH3COONa ta’sir ettiriladi. Agar sariq cho’kma - BaCrO4 hosil bo‘lsa, eritmada Ba2+ bo‘ladi. Ba2+ ioni Sr2+ va Ca2+ ionlarini topishga xalaqit qiladi. Shuning uchun agar eritmada Ba2* boisa, uni eritmadan ajratish zarur. Buning uchun ikkinchi guruh kationlari aralashmasi eritmasining bir qismiga (ikkinchi qismi qo’shimcha tekshirish uchun olib qo’yiladi) pH=4-5 bo’lganda K,Cr2O7+CH3COONa ta’sir ettirib, BaCrO4 cho‘ktiriladi. Cho'kmali aralashma 1-2 daqiqa davomida suv hammomida qizdiriladi. So’ngra cho’kma sentrifuga yordamida to’liq ajratib olinadi. Eritmada Ba2+ bo’lmasa. bu bosqich tushirib qoldiriladi. Sr2+ va Ca2+ionlarini cho'ktirish. Ba2+ ionini cho’ktirish maqsadida eritmaga qo’shilgan ortiqcha K2Cr2O7 rangli bo’lganligidan analizga xalaqit qiladi. Shu bois eritmadagi Sr2+ va Ca2+ ionlarini cho’ktirish zarur bo’ladi. Buning uchun eritmaga pH<10 bo’lguncha qattiq Na2CO3 qo’shib, aralashma suv hammomida 2-3 daqiqa qizdiriladi. Hosil bo’lgan SrCO3 va CaCO3 cho’kmalar sentrifugalab ajratiladi, so’ngra cho’kma yuviladi. Sr2+ ionini topish va ajratish. SrCO3 va CaCO3 cho’kmalari 2N CH3COOH eritmasida eritiladi. CH3COOH da eritib olingan eritmaning 1-2 tomchisiga CaSO4 ning to’yingan eritmasidan 2-3 tomchi qo’shib, suv hammomida qizdirilganda SrSO4 ning oq loyqasi hosil bo’lsa, demak, eritmada Sr2+ bor deyish mumkin. Eritmaga CaSO4 qo’shganda cho’kma darhol hosil bo’lsa, bu Ba2+ ionining to’liq ajratilmaganligini ko’rsatadi. Agar eritma yana 8-10 daqiqa qizdirilganda u loyqalanmasa, demak, Sr2+ qolmaganiga ishonch hosil qilish mumkin. Eritmada Sr2+ bo’lsa, uni eritmadan ajratish kerak bo’ladi. Buning uchun tarkibida Sr2+ va Ca2+ ionlari bo’lgan eritmaga bir necha tomchi ammiak ishtirokida (NH4)2SO4 eritmasidan 10-15 tomchi solinadi va qizdirib turib, CaSO4 cho’kmasi hosil qilinadi. CaSO4 ning eruvchanlik ko’paytmasi SrSO4 dan ~ 74 marta katta bo’lganligidan bu sharoitda CaSO4 amalda cho‘kmaydi. Ammo, cho'kma sentrifugalab ajratib olsa bo‘ladi. Sentrifugat Ca2+ ionini topish uchun ishlatiladi. Agar eritmada Sr2+ bo'lmasa, bu bosqich tushirib qoldiriladi. 4. Ca2+ ionini topish. Senrifugatga 4-5 tomchi (NH4)2C2O4 eritmasidan qo‘shib qizdirilganda, oq CaC2O4 cho‘kmaning hosil bo’lishi Ca2+ ionining borligidan darak beradi. Agar bunda oq cho'kma tushmasa, demak, eritmada Ca2+ioni yo‘q ekan, deyish mumkin. 10> Download 161.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling