Iii-, IV- va V guruh kationlari aralashmasi analizi sxemasi


Download 41.9 Kb.
Sana09.05.2020
Hajmi41.9 Kb.
#104455
Bog'liq
III-, IV- va V guruh kationlari analizi


III-, IV- VA V GURUH KATIONLARI ARALASHMASI ANALIZI SXEMASI
Analiz qilinadigan eritmada (yoki cho’kmali eritmada) III-, IV- va V guruh kationlari:

Al3+, Zn2+, Sn(II), Sn(IV), As(III), As(V), Cr(III), Cr(VI), Mg2+, Mn2+, Fe2+, Fe3+, Bi3+, Sb(III), Sb(V), Cu2+, Cd2+, Co2+, Ni2+, Hg2+ lar bo’lishi mumkin. Boshqa kationlar bo’lmaydi.


Dastlab bo’laklab analiz usulida quyidagi ionlarni: Fe2+, Fe3+, Co2+, Mn2+, Ni2+, Cr(III), Cr(VI), Sb(III), Sb(V) na’munaning

cho’kmali yoki cho’kmasiz eritmasidan ma’lum miqdorda olib aniqlanadi. Bu keltirilgan ionlarni bo’laklab analiz qilish usuli

alohida keltiriladi.

III-, IV- VA V- GURUH KATIONLARI ARALASHMASINING SISTEMALI ANALIZI QUYIDAGI SXEMA BO’YICHA AMALGA OSHIRILADI:


Bunday analizni amalga oshirish uchun 2,0-2,5 ml analiz qilinadigan (cho’kmali yoki cho’kmasiz) eritmadan olinadi. Eritmani tigelga yoki chinni kosachaga solinadi, 2n NaOH yordamida neytrallanadi va so’ngra yana 1,5-2,0 ml shu ishqor eritmasidan va 10-15 tomchi H2O2 qo’shiladi. Ehtiyotlik bilan doimiy aralashtirib turgan holda qaynaguncha qizdiriladi va 2-3 minut davomida qaynatiladi. Tigel (chinni kosacha)dagi eritmani miqdoran konussimon probirkaga o’tkaziladi va eritmani cho’kmadan ajratiladi.



A” eritma tarkibi:

AlO2-, CrO42-, ZnO22-, AsO43-, SnO32-, ortiqcha NaOH

A” cho’kma tarkibi: IV va V-guruh kationlari gidroksidlari, asos tuzlari va oksidlari. Fe(OH)3, MnO(OH)2, Bi(OH)3, Sb(OH)5, Mg(OH)2, Cu(OH)2, Cd(OH)2, Co(OH)3, Ni(OH)2, HgO.



Eritmaga quruq NH4Cl qo’shiladi va suv hammomida aralashtirib turgan holda 3-4 minut qizdiriladi.

B” eritma tarkibi: ruxning ammiakli kompleksi, CrO42-, AsO43-

B” cho’kma tarkibi: Al(OH)­3, Sn(OH)4 issiq suvda yaxshilab yuviladi.

Cho’kmani qizdirilgan holda 2n li HCl da eritiladi.

Eritma”G” : Al3+, [SnCl6]2- va ortiqcha HCl tutadi.

G” eritmada qalayni aniqlash: 5-10 tomchi eritmaga biroz temir qirindisi qo’shiladi va aralashtirib turgan holda suv hammomida qizdiriladi. Eritmani Fe qirindisi qoldig’idan ajratiladi va undan Sn ni simob(II)nitrati yoki nitriti yordamida aniqlanadi. Agar Sn+4 aniqlangan bo’lsa u holda uni Zn metali yordamida qaytariladi. Metall holdagi qalaygacha. Buning uchun Fe qirindilaridan ajratilgan eritmaga Zn qipig’i solinadi va 5 minut davomida aralashtirib turiladi. Agar eritma xiralashsa, u holda unga 1-2 tomchi 2 n HCl qo’shiladi. Aralashma sentrifugalanadi va eritmani cho’kmadan ajratiladi. Cho’kma tashlab yuboriladi, eritmadan esa Al3+ ni oksixinolin yoki alizarin yordamida aniqlaniladi. Agar qalay aniqlanmagan bo’lsa u holda Al3+ ni bevosita “G” eritmadan aniqlaniladi.

Cho’kmani 2 n li HNO3 da bir necha tomchi H2O2 qo’shib suv hammomida qizdirilgan holda eritiladi va sentrafugalanadi. Eritmani cho’kmadan ajratiladi.

D” eritma tarkibi : Fe3+, Bi3+, Mg2+, Mn2+,

Co3+, Ni2+, Hg2+ , Cu2+, Cd2+

C” cho’kma tarkibi: HSbO3

D” eritmaga ishqoriy muhit bo’lguncha konsentrlangan ammiak qo’shiladi, so’ngra ustiga quruq NH4Cl va 3-4 tomchi H2O2 tomiziladi. Aralashtirib turgan holda suv hammomida qizdiriladi, so’ngra sovutilib sentrifugalanadi va eritma cho’kmadan ajratiladi.

Cho’kmani konsentrlangan HCl da suv hammomida qizdirib turgan holda eritiladi va eritmadan surma (Sb) ni istalgan reaksiyasi yordamida aniqlanadi.

D”cho’kma tarkibi: Fe(OH)3, MnO(OH)2, Bi(OH)3



1. Agar eritma “B” rangsiz bo’lsa unda xrom bo’lmaydi, agar eritma sariq bo’lsa u holda bu eritmaning 5-7 tomchisiga H2O2 va sulfat kislota bilan xromat ioniga reaksiya qilib ko’riladi.

2. 5-7 tomchi “B” eritmaga muhit kislotali bo’lguncha HNO3 va so’ngra teng hajmdagi molibden suyuqligi qo’shiladi hamda suv hammomida qizdiriladi. Sariq cho’kmanng tushishi mishyakning borligini isbotlaydi.

3. Zn2+ ionlarining “B” eritmada borligini aniqlash. 5-7 tomchi “B” eritmaga teng hajmda Na2S eritmasi qo’shiladi. Oq cho’kmaning tushishi (HCl da eriydigan) Zn2+ ionlari borligini bildiradi.



E” eritma tarkibi: Mg2+, [Cu(NH3)4]2+, [Cd(NH3)4]2-,

[Ni(NH3)4]2+, [Co(NH3)6]3+, [Hg(NH3)4]2+



D”cho’kma tarkibi: Fe(OH)3, MnO(OH)2, Bi(OH)3



D” cho’kmani issiq suv bilan yaxshilab yuviladi, so’ngra unga aralashtirib turgan holda 2n li HNO3 qo’shiladi.

Agar bu eritma (ya’ni “E” eritma) rangsiz bo’lsa, u holda unda mis, nikel va kobalt ionlari bo’lmaydi. Eritma ko’k rangli bo’lsa Cu2+ yoki Ni2+ yoki ikkalasi ham bo’lishi mumkin.



E” cho’kma tarkibi: MnO(OH)2

J” eritma tarkibi:

Fe3+, Bi3+, ortiqcha HNO3

Cu2+ va Hg2+ ionlarini ajratish uchun “E” eritmani kuchsiz kislotali muhit hosil bo’lguncha tomchilatib 2n li HCl qo’shiladi, unga oz-ozdan (bir kristallikdan) quruq Na2S2O3 qo’shiladi va aralashtirib turgan holda suv hammomida qizdiriladi. Bunda eritmada Cu2+ va Hg2+ bo’lsa qora cho’kma (Cu2S va HgS) tushadi. Sentrifugalanadi va eritma cho’kmadan ajratiladi.



E” cho’kma suv bilan yuviladi va unga aralashtirib turgan holda 2n li HNO3 qo’shiladi (2-3 tomchi H2O2 qo’shgan holda) va qizdiriladi. Hosil bo’lgan eritmada Mn2+ ni NaBiO3 yordamida aniqlanadi.

Bu eritmaadan Bi3+ ni aniqlash uchun unga 5 tomchi KCl yoki NaCl eritmasi qo’shiladi, quruq vino kislotasi va tomchilatib NH3 ham qo’shiladi. Eritmada Bi3+ bo’lsa oq cho’kma BiOCl tushadi. Uni sentrifugalab ajratib olinadi, suv bilan yuviladi va undagi Bi ni yangidan tayyorlangan natriy stannit bilan aniqlanadi.



K” eritma tarkibi : Mg2+, Cd2+, Co3+, Ni2+

J” cho’kma tarkibi: Cu2S, HgS, erkin oltingugurt



1. 3-5 tomchi “K” eritma CH3COONa va KNO2 kristalidan qo’shiladi. Co3+ ionlari bo’lsa sariq kristall cho’kma tushadi.

2. 3-5 tomchi “K” eritmaga ishqoriy muhit hosil bo’lguncha ammiak qo’shiladi so’ngra 3-4 tomchi dimetilglioksim tomiziladi, qizil cho’kmaning hosil bo’lishi Ni2+ borligini isbotlaydi.

3. 5-10 tomchi “K” eritmaga biroz NH4Cl va Na2HPO4 qo’shiladi. So’ngra ishqoriy muhit hosil bo’lguncha tomchilatib ammiak qo’shiladi. Oq kristall cho’kmaning tushishi Mg2+ borligini bildiradi. Cho’kmani eritmadan senrtifugalab ajratiladi va tashlab yuboriladi.

4. Qolgan eritmadan Na2S yordamida Cd2+ aniqlanadi.

Eslatma: Agar bu tarkibda shuningdek Ca2+ ham ishtirok etsa, u holda Mg2+ ni aniqlashdan oldin eritmaga (NH4)2CO3 ta’sir ettirb Ca2+ ni CaCO3 holida ajratish lozim





J” cho’kmani distillangan suv bilan yuviladi va qizdirib turgan holda 3n li HNO3 da eritiladi va sentrifugalanadi.



Z” cho’kma tarkibi: HgS va S↓

Z” eritma tarkibi: Cu2+ va ortiqcha HNO3



Z” cho’kmani bir necha tomchi zar suvida qizdirilgan holda ishlov beriladi, sentrifugalanadi va eritmani cho’kmadan ajratiladi hamda Hg2+ ni SnCl2 yordamida aniqlanadi.

Z” eritma kuchsiz kislotali muhit bo’lguncha ammiak bilan neytrallanadi va 4-5 tomchi K4[Fe(CN)6] qo’shiladi. Qizil-qo’ng’ir cho’kmaning tushishi Cu2+ ioni borligini bildiradi.

BO’LAKLAB ANIQLASH (dastlab bo’laklab analiz qilish metodi amalga oshiriladi so’ngra sistemali analizga o’tiladi)

Темир (II) ни аниқланиши: Текширилаётган эритманинг 2-5 томчисига конц. HCI ва К3[Fe(CN)6] эритмаларидан 2-3 томчидан томизилади. Кўк чўкма трунбул кўкининг ҳосил бўлиши мазкур эритмада темир (II) ионининг борлигидан далолат беради.

Темир (III) ни аниқланиши: Текширилаётган эритманинг 2-5 томчисига конц. HCI ва К4[Fe(CN)6] эритмаларидан 2-3 томчидан томизилади. Натижада ҳосил бўлган кўк чўкма Берлин лазури эритмада темир (III) ионининг борлигидан далолат беради.

Кобальт (II) ни аниқланиши: Текширилаётган эритманинг 3-5 томчисига HCI ва рН и 4-5 бўлгунча СН3СООNa эритмаларидан томизилади, сўнгра қуруқ NH4F солинади. Бунда эритмада қолган Fe3+ иони роданид иони билан таъсирлашмайдиган фторли комплекс ҳосил қилади. (озгина аммоний роданид ҳам қўшилади.). Эритма аралаштирилиб, озгина амил спирти қўшилади ва яхшилаб чайқатилади. Агар эритмада Со(II) бўлса спиртли қават ҳаво ранга бўялади.

Марганец (II)ни аниқланиши: Текширилаётган эритманинг 3-5 томчисига 5-6 томчи HNO3 томизилади. Кейин 7-10 томчи атрофида сув қўшиб аралаштирилади. Сўнгра эритмага қуруқ порошок ҳолидаги натрий висмутат тузидан қўшилади ва аралаштирилиб, центрифуга қилинади. Ажратиб олинган эритманинг бинафша рангда бўлиши Mn2+ нинг борлигидан далолат беради.

Хром (III) ни аниқланиши: Текширилаётган эритманинг 2-5 томчисига шунча миқдорда 6 н. ли сирка кислотасидан қушилади. Сўнгра 3-4 томчи натрий ацетат ва 15 т томчи 5% ли ЭДТА эритмасидан қўшилади. Ҳосил бўлган эритмани сув ҳаммомида иситилган ҳолда яхшилаб аралаштирилади. Эритмадаги ҳосил бўлган бинафша ранг эритмада Cr3+ ионинг борлигини билдиради.

Никел (II)ни аниқланиши: Текширилаётган эритманинг 3-5 томчисига 5-6 томчи HNO3 томизилади, аралаштирилади ва сув ҳаммомида қиздирилади. Эритма совигандан сўнг эритмадаги Fe(III) ва Cu(II) ларни комплекс ҳолатга ўтказиш учун қуруқ вино кислотасидан солинади. Сўнгра ишқорий муҳит ҳосил бўлгунча аммиак эритмасидан қўшилади. Ҳосил бўлган эритмага 2-3 томчи ДМГ эритмасидан томизилади. Эритмада ўзига хос қизил чўкманинг ҳосил бўлиши никел (II)нинг мавжуд эканлигидан далолат беради.

МИРЗО УЛУҒБЕК НОМИДАГИ

ЎЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ УНИВЕРСИТЕТИ

КИМЁ ФАКУЛЬТЕТИ “АНАЛИТИК КИМЁ” КАФЕДРАСИ

Кимёвий анализ ва экологик мониторинг”



фани бўйича 4-курс талабалари учун

лаборатория ишлари


Тошкент

МИРЗО УЛУҒБЕК НОМИДАГИ

ЎЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ УНИВЕРСИТЕТИ

КИМЁ ФАКУЛЬТЕТИ “АНАЛИТИК КИМЁ” КАФЕДРАСИ

Полимер ва композицион материаллар анализи”



фанидан 1-курс талабалари учун лаборатория ишлари


Тошкент
Download 41.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling