aralashmasini analizini bajarish.
Ishning maqsadi: I-II guruh kationlarini ochish reaksiyalari tajribalarini bajarish. I-II guruh kationlarini aralashmasini analizini bajarish.
Birinchi analitik guruh kationlariga kaliy, natriy, ammoniy,litiy va magniy kationlari kiradi. Ular umumiy guruh reagentiga ega emas. Bu xossa ularni boshqa guruhlardan farqlab turadi. Birinchi guruh kationlari ikki guruhchaga bolinadi: NH4+, K+(Rb+, Cs+ ) va Na+, Li+, Mg2+ Birinclii guruhcha kationlari Na3[Co(NO2)6], NaHC4H4O6 reagentlarl ta`siridan cho`kadi. Ikkinchi guruhcha umumiy reagentga ega emas. Kaliy, natriy, ammoniy, litiy ionlarining gidroksid, xlorid, nitrat, atsetat, sulfat va sulfidlari suvda yaxshi eriydi va ular rangsiz Ularning xromat, dixromat, manganat, geksanitritokobaltat, ferrosianid va ferrisianidlari rangli Ishqoriy metallar gidroksidlari kuchli ishqorlar bo`lib, suvda to`liq ionlanadi. Shu bois ularning kuchli kislotalar bilan hosil qilgan tuzlari gidrolizlanmaydi, kuchsiz kislotalar bilan hosil qilgan tuzlari ishqorli gidrolizlanadi. Ammoniy gidroksid kuchsiz asos bo`lganligi uchun ammoniy tuzlari gidrolizlanadi.
Ikkinchi analitik guruh kationlariga kalsiy, bariy va stronsiy kationlari kiradi. Ular umumiy guruh reagenti (NH4)2CO3. Bu xossa ularni boshqa guruhlardan farqlab turadi.
Bariy kationining reaksiyalari
Ammoniy karbonat bariy ioni bilan sekin-asta yirik kristall cho`kmaga aylanadigan oq amorf cho`kma hosil qiladi:
BaCl2+ (NH4)2CO3→BaCO3↓+2NH4Cl
Ba2+ + CO32- → BaCO3↓
Do'stlaringiz bilan baham: |