Fizikaviy xossalari
Download 34.01 Kb.
|
Fizikaviy xossalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy xossalari
Fizikaviy xossalari. Sulfat kislota — og'ir, rangsiz moysimon suyuqlik. Juda gigroskopik. Namlikni yutib, ko'p miqdorda issiqlik chiqaradi, shu sababli suvni konsentrlangan kislotaga quyish yaramaydi — kislota sachrab ketadi. Suyultirish uchun sulfat kislotani oz-ozdan suvga quyish kerak.. Suvsiz sulfat kislota 70% ga qadar oltingugurt (VI) oksidni eritadi. Odatdagi temperaturada u uchuvchan emas va hidsiz. Qizdirilganda tarkibida 98,3% H2S0 4 bor eritma hosil bo‘lgunga qadar S03 ni ajratib chiqaradi. Suvsiz H2S04 elektr tokini deyarli o‘tkazmaydi. Kimyoviy xossalari. Konsentrlangan sulfat kislota organik moddalardan — shakar, qog'oz, yog‘och, tola va hokazo suv elementlarini tortib olib, ularni ko'mirga aylantiradi, Bunda sulfat kislotaning gidratlari hosil boiadai. Shakarning ko‘mirlanishini ushbu tenglama bilan ifodalash mumkin: C 12H 220 n + « H 2S 0 4 = 1 2 C + « H 2S 0 4 ‘ W H 20 Hosil bo‘lgan ko‘mir qisman kislota bilan reaksyaga kirishadi: C+2H2S04=C02+2S02+2H20 Shu sababli savdoga chiqariladigan kislota unga tasodifan tushib qolgan va ko‘mirga aylangan chang hamda organik moddalar tufayli qo‘ng‘ir rangli bo'ladi. Gazlarni quritish sulfat kislotaning suvni yutishiga asoslangan. Uchuvchan bo‘lmagan kuchli H ,S0 4 quruq tuzlardan boshqa kislotalarni siqib chiqaradi. Masalan: NaN03+H2S04=NaHS04+HN03 Lekin, agar H2S0 4 tuzlarning eritmalariga qo'shilsa, u holda kislotalarni siqib chiqarmaydi. Sulfat kislotaning juda muhim kimyoviy xossasi — uning metallarga munosabatidir. Suyultirilgan va konsentrlangan sulfat kislotalar metallar bilan turlicha reaksiyaga kirishadi. Suyultirilgan sulfat kislota standart elektrod potensiallar qatorida vodoroddan oldinda joylashgan metallarni eritadi. Lekin qo‘rg‘oshin sirtida PbS04 pardasi hosil boiadi, u metallni kislota bilan yana reaksiyaga kirishishidan muhofaza qiladi. Standart elektrod potensiallar qatorida vodoroddan keyin turgan metallar suyultirilgan H2S0 4 bilan reaksiyaga kirishmaydi. Konsentrlangan sulfat kislota odatdagi temperaturada ko'pchilik metallar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Shu sababli suvsiz sulfat kislotani temir idishlarda saqlash va poiat sistemalarda tashish mumkin*. Lekin qizdirilganda konsentrlangan H2S04 deyarli barcha metallar bilan (Pt, Au va ba’zi boshqa metallardan tashqari, reaksiyaga kirishadi). Bunda u oksidlovchilar sifatida ta’sir etadi, o‘zi esa odatda S 0 2 ga qadar qaytariladi. Bunda vodorod ajralib chiqmaydi, balki suv hosil boiadi. Masalan: Cu+2H2S04=CuS04+S02+2H20 Sulfat kislotada kislotalarning barcha xossalari bor. Download 34.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling