REJA
Elektr asboblar bilan ishlashda xavfsizlik choralari
ELEKTR TOKI URISH XAVFINI ANIQLOVCHI OMILLAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Elektr asboblar bilan ishlashda xavfsizlik choralariga qat'iy va so'zsiz rioya qilish kerak. Agar shunday qilinmasa, hayotingiz xavf ostida qoladi. Dastavval elektr xavfi bor manbalarni bilish kerak.
Elektr xavfi manbalari. Inson tanasi o'tkazgichdir. Agar odam tasodifan o'z tanasini tarmoqqa “ulasa”, og'ir shikastlanadi va hatto halok bo'ladi.
Odam tarmoqqa qanday qilib ulanib qolishi mumkin?
1- misol. Yaxshi izolyatsiyalovchi asosda (masalan, quruq yog'och polda) turgan odam kuchlanish ostida bo'lgan ikkita ochiq simga bir vaqtda tegib ketdi deylik Bu holda tok odam tanasi, uning yuragi va o'pkasi orqali bir qo'lidan ikkinchisiga o'tadi. Bu yurak va o'pka faoliyatining buzilishiga olib keladi. O'tkazgichlar orasidagi kuchlanish 36 V dan yuqori bo'lganda (agar tokni tez uzish choralari ko'rilmasa) tok urishi ko'pchilik hollarda o'limga olib keladi.
2- misol. Yaxshi izolyatsiyalovchi polda turgan odam kuchlanishli ochiq simga va yerga tutashgan metall buyumga, masalan, suv bilan isitish batareyasiga yoki suvquvur jo'mragiga bir vaqtda tegib ketdi Bu holda tok qo'ldan yurak va o'pka orqali ikkinchi qo'lga o'tadi. Natija birinchi holdagidek bo'ladi: tarmoqning kuchlanishi 36 V dan yuqori bo'lganda, tok tezda uzilmasa, o'limga olib kelishi mumkin
3- misol. Yaxshi o'tkazuvchi asosda, masalan, nam yerda yoki beton polda turgan odam kuchlanish ostida bo'lgan ochiq simga tegib ketdi deylik Tok odamning simga tekkan joyidan boshlab, yurak va o'pka orqali oyoqqa qarab o'tadi. Natija yuqoridagi ikkita misoldagiga o'xshash bo'ladi. Shuning uchun hech qachon yerda uzilib yotgan elektr simlarga yaqinlashish kerak emas.
4- misol. Tok bilan ta'minlovchi simi korpusga tegib qolgan elektr asbobni qo'lida tutib turgan odam yerga ulangan buyumga tegib ketsa tok odam tanasi orqali yerga o'tadi. Bu holda ham odam qattiq shikastlanishi yoki halok bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |