1-laboratoriya ishi: Sifat reaksiyalarini bajarish texnikasi


-aboratoriya ishi: Kompleksonometriya usulida ichimlik suvining


Download 161.91 Kb.
bet33/35
Sana27.01.2023
Hajmi161.91 Kb.
#1130271
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
4 LABORATORIYA MASHGULOTLARI (1)

14-aboratoriya ishi: Kompleksonometriya usulida ichimlik suvining

umumiy qattiqligini aniqlash.


Kompleksimetriya usulida turli xil kompleks birikmalar hosil qiladigan moddalarni aniqlash mumkin. Kompleks hosil qiluvchi moddalarning turlariga ko‘ra kompleksimetriya usullari kompleksonometriya, merkurimetriya, ftorometriya va boshqa usullarga bo'linadi. Bu usullar orasida kompleksonometrik usullar eng ko‘p tarqalgan va ular boshqa usullarga ko‘ra talaygina afzalliklarga ega. Bular qatoriga hosil bo‘ladigan komplekslarning barqarorligi kompleksonlarning nisbatan arzonligi va eng muhimi xavfsizligi singarilar kiradi.


Suvning muvaqqat qattiqligini aniqlash.
Kolbaga tekshirilayotgan suvdan pipetka yordamida 50 ml quying va unga 2 tomchi metiloranj eritmasidan tomizib, uni byuretkadagi xlorid kislotaning 0,1 n eritmasi bilan pushti ranga o’tguncha titrlang. Titrlashda xato qilmaslik uchun kontrol kolba tayyorlang. Buning uchun 50 ml tekshirilayotgan suvga 2 tomchi metiloranj tomizing.
Titrlashni yana 2-3 marta takrorlang va o’rtacha arifmetik qiymatini oling. (keyingi titrlashda sarf boladigan kislotaning miqdori 0,05 ml dan ortiq farq qilmasligi kerak).
Natijalarni quyidagidek qilib jadvalga yozing.

Titrlash

Tekshirilayotgan suvning hajmi

Titlash uchun sarf bo’lgan 0,1n eritmaning miqdori.

O’rtacha 0,1n eritmaning hajmi

Birinchi
Ikkinchi
Uchinchi

50
50
50

x1
x2
x3



Muvaqqat qattiqlikni ushbu formula bilan Mg –ekv/l da hisoblang:
Vsuv : VHCl = HHCl + Hk
Bu erda : Vsuv - tekshirilayotgan suvning hajmi.
VHCl - titrlash uchun sarf bo’lgan kislota hajmi.
HHCl - Xlorid kislotaning normalligi .
Hk - Eritmaga muvaqqat qattiqlik beruvchi tuzning normalligi.

Suvning umumiy qattiqligini trilonometrik usul bilan aniqlash. Bu usulda maxsus reaktiv “trilon-B” ishlatiladi.
(trilon –B etilendiamintetroatsetat kislotaning ikkita vodorodiga natriy almashingan tuzdir.)



“Trilon –B” Ca va Mg ionlari bilan kompleks birikma hosil qiladi. Reaktsiya kuchsiz ishqoriy muhitda yaxshi boradi. Bunday muhitni vujudga keltirish uchun unga ammiakli bufer eritma qo’shiladi (bufer eritma tayyorlash uchun 100 ml 20% NH4OH eritmasiga 100 ml suv qo’shib suyultirish kerak).
Umumiy qattiqlikni aniqlash qora xromogen ET-00 ishtirokida olib boriladi. Buning uchun tekshirilayotgan 100 ml suvga 5 ml bufer eritma 1ml 1,5-2% li Na2S eritmasi (to’sqinlik qiluvchi kationlarni sulfid holida cho’ktirish uchun) va 7 tomchi indikatorlar eritmasi qo’shiladi. Hosil bo’lgan qizil rangdagi eritmani trilon-B ning 0.05 n yoki 0,01 n eritmasi bilan havo rangga o’tguncha titrlanadi.
Tajribani 3 marta takrorlab, trilon-B ni titrlash uchun sarf bo’lgan o’rtacha hajmini toping.
Suvning umumiy qattiqligini quyidagi formula bilan hisoblang:

Bunda: Htr - tirlon—B eritmasining normalligi,
Vo’rta - titrlash uchun sarf bo’lgan trilon—B ning o’rtacha hajmi,
VH2O- tekshirilayotgan suvning hajmi



Download 161.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling