1-laboratoriya ishi. Tasodifiy hodisalar va ularning ehtimolliklari (ehtimollikning klassik, geometrik va statistik ta’riflari). Murakkab hodisa ehtimolliklari


Download 373.7 Kb.
bet6/6
Sana08.01.2022
Hajmi373.7 Kb.
#252020
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5332552826876857025

Mustaqil yechish uchun masalalar
1. Tavakkaliga 20 dan katta bo‘lmagan natural son tanlanganda, uning 5 ga karrali bo‘lish ehtimolini toping.

2. Kartochkalarga 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 raqamlari yozilgan. Tavakkaliga 4 ta kartochka olinib, ularni bir qator qilib terilganda juft son hosil bo‘lishi ehtimolini toping.

3. Ikkita o‘yin kubi baravar tashlanganda quyidagi hodisalarning ro‘y berish ehtimolini toping:

A - tushgan ochkolar yig‘indisi 8 ga teng.

B - tushgan ochkolar ko‘paytmasi 8 ga teng.

C - tushgan ochkolar yig‘indisi ularning ko‘paytmasidan katta.



4. Tehnik nazorat bo‘limi buyumlarning yaroqliligini tekshiradi. Buyumning yaroqli bo‘lish ehtimoli 0,9 ga teng. Tekshirilgan ikkita buyumdan faqat bittasi yaroqli bo‘lishi ehtimolini toping.

5. Talabaga kerakli formulani uchta ma’lumotnomada bo‘lishi ehtimoli mos ravishda 0,6; 0,7; 0,8 ga teng. Formula: a) faqat bitta ma’lumotnomada; b) faqat ikkita ma’lumotnomada; c) uchchala ma’lumotnomada bo‘lishi ehtimolini toping.

6. Talaba fan bo‘yicha 25 ta savoldan 20 tasini biladi. Talabaning o‘qituvchi taklif etgan uchta savolni bilishi ehtimolini toping.
Download 373.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling