1-laboratoriya ishi Texnologik tizimlami modellashtirish avtomatlashtirishda qo‘llaniladigan dasturiy paketlar (Matlab, AutoCad) imkoniyatlarini o’rganish va tahlil qilish. Ishning maqsadi


MATLAB tizimi o‘nlab kengaytirma paketlardan iborat. Bu paketlar to‘plami,  ya’ni ToolBoxes


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana27.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1068076
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1.2- laboratoriya

MATLAB tizimi o‘nlab kengaytirma paketlardan iborat. Bu paketlar to‘plami, 
ya’ni ToolBoxes yordamida qurilma va tizimlarni oson modellashtirish mumkin. 
ToolBoxes - bu MATLAB tizimining har xil funksiyalar to‘plami (m-fayllar). 
ToolBoxes dan signallarni qayta ishlashda, nazorat tizimida, neyron tarmoqlarida, 
aniqmas mantiq masalalarini yechishda, modellashtirishda va shu kabi boshqa 
maqsadlarda foydalaniladi.
MATLAB tizimi beshta asosiy qismdan iborat. 
MATLAB tili. Bu axborot oqimlari, funksiyalar, ma’lumotlar strukturasi
axborotlarni 
kiritish-chiqarish 
va obektga mo‘ljallangan dasturlashtirish 
hususiyatlarini boshqarishga mo‘ljallangan yuqori darajali matritsalar va massivlar 
tili. 
MATLAB muhiti. Bu foydalanuvchi yoki dasturlovchi ishlashiga 
mo‘ljallangan jihoz va moslamalar to‘plami. Jihoz va moslamalar  MATLAB da 
o‘zgaruvchilarni boshqarish, axborotlarni kiritish va chiqarish, M-fayl tuzish va 
MATLAB ilovalarini ishlatish uchun kerak bo‘ladigan vositalardan iborat. 
Boshqariladigan grafik. Ikki–uch o‘lchamli ma’lumotlarni ko‘rsatish, 
tasvirlarni, animatsiya va ko‘rgazmali grafiklarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan 
yuqori darajali komandalardan tashkil topgan MATLAB ning grafik tizimi. 


Matematik funksiyalar bibliotekasi. Summa, sinus, kosinus, kompleks 
arifmetika kabi oddiy (elementar) funksiyalardan tortib, matritsalar ustida amallar 
bajarish, Bessel funksiyasi, Furening tezkor almashtirish operatori kabi murakkab 
funksiyalardan tashkil topgan hisoblash algoritmlari to‘plami. 
Dasturiy interfeys. Si va Fortran tillarida dastur tuzish imkonini beruvchi 
biblioteka.
MATLAB ning so‘ngi versiyalari chiziqli va nochiziqli dinamik tizimlarni 
modellashtirishga mo‘ljallangan Simulink kengaytma paketlari bilan birga 
qo‘llaniladi. Simulink paketida vizual – orientirlash prinsiplari qo‘llanilgan bo‘lib, 
kerakli bloklarni yig‘ish orqali tadqiq qilinayotgan tizim va qurilma modelini 
yaratish qulaydir. Bunda qurilma va tizimni tavsiflovchi murakkab holat 
tenglamalari avtomatik ravishda tashkil etiladi.
Energetik tizimlar va qurilmalarni modellashtirish masalalarini MATLAB ning

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling