Kimyoviy tolalar – tabiiy yoki sintetik yuqori
molekulali moddalardan
olingan kompleks iplarni kesish yoki uzish usuli bilan
ishlab chiqarilgan tolaga
aytiladi.
Ishlatilayotgan hom ashyoni turiga 3ta asosiy guruhlarga ajratish mumkin.
Sun’iy tola – tabiiy yuqori molekulali moddalardan olingan kimyoviy tola.
Sintetik tola – sintetik yuqori molekulali moddalardan olingan
kimyoviy tola
Mineral tolalar – noorganik birikmalardan olinadi
Kimyoviy tarkibiga ko‘ra organik va neorganik tolalarga bo‘linadi.
Organik tolalar polimerlardan shakllanadi, tarkibida atomi bo‘lgan uglerodlar,
bevosita bir – biri bilan bog‘langan, yoki uglerod atomlari bilan bir qatorda boshqa
elementlarni o‘z ichiga oladi.
Noorganik tolalar, noorganik birikmalardan shakillanadi.
Kimyoviy tolalar ishlab chiqarish uchun mavjud bo‘lgan ko‘p polimerlardan
faqatgina tola xosil qiluvchilari ishlatiladi. Tola xosil qiluvchi polimerlar egiluvchan
va uzun makromolekulalardan, chiziqli va qisqa ajralgan tarmoqlardan iborat, ular
katta molekulyar massaga ega bo‘lib oson erish va qimmat bo‘lmagan eritmalarda
erish xususiyatiga ega.