2-laboratoriya ishi Plastmassa buyumlarining sifatini aniqlash
Download 49.5 Kb.
|
plastmassa mahsulotlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Polimerizatsiyalangan polimerlar
2-laboratoriya ishi Plastmassa buyumlarining sifatini aniqlash. 1. Plastmassa ashyolari haqida maʼlumot 2. Plastmassalarning asosiy xossalari 3. Plastmassalarning kamchiliklari Plastmassalar deb siyrak molekulali suyuq smola yoki sintetik kukunlarni maxsus texnologik usulda ishlab olingan zich molekulali qattiq va egiluvchan ashyolarga aytiladi. Bu ashyolarning eng muhim xossalaridan biri, ulardan yuqori haroratda xoxlagan shakldagi buyumlar ishlash mumkinligidir. Plastmassadan to‘ldirgichsiz va to‘ldirgich qo‘shib ishlangan juda zich buyumlar, ko‘p kavakli yoki tolali yengil ashyolar, temir va oynasimon plastiklar, sirti chiroyli qilib ishlangan qoplamabop o‘rama ashyolar, havo o‘tkazmaydigan to‘qimalar, shuningdek, emulsiya, yelim, mastika (bo‘tqa) va tolalar juda ko‘plab ishlab chiqariladi. Plastmassalarning bunchalik keng tarqalganligiga sabab shuki, ular tabiiy ashyolarga ko‘ra yuqori sifatli hamda qurilish uchun juda qimmatli xossalarga ega. Shunday xossalardan biri uning yuqori mustahkamligi va hajmiy og‘irligining kichikligidir. Shu bilan birga agressiv muhitga chidamliligi, issiqni kam o‘tkazishi, elektr tokini o‘tkazmasligi va tashqi ko‘rinishining chiroyliligidir. Zich molekulali birikmalar bir necha yuz mingdan ortiq atomlardan tashkil topgan. Bunday birikmalardagi yirik molekulalardan tuzilgan o‘lcham birligi ko‘p marta qaytarilgan holatda joylangan bo‘ladi. Siyrak molekulalardan zich molekulalarga o‘tish jarayoni polimerizatsiya deb ataladi. Uning darajasi yirik molekulalardagi tuzilish o‘lcham birligining soniga bog‘liq. Siyrak molekulali birikmalardagi molekulalar og‘irligi 500 dan yuqori emas. Siyrak va zich molekulali birikmalar o‘rtasidagi moddalarni oligomerlar deb ataladi. Polimerizatsiyalangan polimerlar (polistirol, polietilen, poliizobutilen, polimetilmetakrilat va h.k.) molekulalari bir necha bor bog‘langan monomerlardan olinadi. Polimerizatsiya jarayonida monomerdagi bog‘langan kichik molekula tugunchalari yechiladi va moddaning boyashang‘ich molekulalarida erkin valentlar hosil bo‘lib yirik molekulalar bilan birikadi. Reaksiya jarayonida monomerdagi atom ajralib chiqib ketmaydi. Shu sababli, monomer bilan polimerlarning kimyoviy tarkibi bir xildir. Download 49.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling