Mavzu:Seleksiyada mutatsion o‘zgaruvchanlikdan foydalanish
Reja:
1. Irsiy о‘zgaruvchanlik
2. Modifikatsion о‘zgaruvchanlik
3.Mutatsion о‘zgaruvchanlik
4. Gen mutatsiyasi
Hayotning eng muhim xossalaridan biri organizmlarning о‘zgaruvchanligi bо‘lib, u kо‘payish bilan chambarchas bog‘liqdir. О‘zgaruvchanlik tur ichidagi individlarning о‘zaro tafovut qilishidir.
О‘zgaruvchanlik organizmning barcha belgilari va xususiyatlarida yoki ayrim organlarida sodir bо‘ladi. O’zgaruvchanlik deb, tashqi va ichki omillar ta’sirida organizmda rо‘y beradigan о‘zgarishlar yigindisiga aytiladi. Organizmlarning о‘zgaruvchanligi irsiy va noirsiy (modifikatsion) bо‘ladi. Irsiy о‘zgaruvchanlik genotipik, noirsiy о‘zgaruvchanlik esa fepotipik deyiladi.
Irsiy о‘zgaruvchanlik hujayra strukturasining о‘zgarishi bilan uzviy bog‘liq bо‘lib, bunda organizm genotipi о‘zgaradi, о‘zgargan holdagi belgi va xususiyatlar nasldan-naslga о‘tadi.
Irsiy о‘zgaruvchanlik kombinatsion va mutatsion bо‘ladi.
Kombinatsion о‘zgaruvchanlik jinsiy kо‘payishda ota-ona genlarining birikishi va о‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladi. Bunday о‘zgaruvchanlikda yangi genlar hosil bо‘lmaydi, balki genotipda ularning qо‘shilish va о‘zaro ta’sir etish mexanizmigina о‘zgaradi. Shunga qaramasdan kombinatsion о‘zgaruvchanlik seleksiyada va organizmlar evolyusiyasida katta rol о‘ynaydi. Mutatsion о‘zgaruvchanlik organizm genlari va xromosomalarining strukturasi о‘zgarishiga sabab bо‘ladi, yangi belgi va xususiyatlarni vujudga keltiradi. Mutatsiya tо‘satdan, sakrash yо‘li bilan rо‘y beradi. Mutatsiya paydo bо‘lishi jarayoniga mutagenez deb ataladi. Mutagenez tabiiy (spontan) va sun’iy (induktiv) bо‘ladi.
Modifikatsion (fenotipik) о‘zgaruvchanlik genotipni о‘zgartirmaydi. Bunday о‘zgaruvchanlikda tashqi muhit о‘zgarishiga qarab bitta genotip turli fenotiplarda ifodalanadi.
Genotip va fenotip tushunchalarini fanga 1909 yilda daniyalik genetik olim V.Iogannsen kiritgan. Genotip deb, organizmdagi barcha irsiy belgi va xususiyatlarni rivojlantiradigan genlar yigindisiga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |