Mavzu: Seleksiyada mutatsion o‘zgaruvchanlikdan foydalanish Reja


Download 96 Kb.
bet4/6
Sana16.11.2023
Hajmi96 Kb.
#1778953
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Seleksiyada mutatsion ozgaruvchanlikdan foydalanish

Gen mutatsiyasi
Gen mutatsiyasi ayrim genlarning sifat о‘zgarishi bо‘lib, bu о‘zgarishlar mikroskopda kо‘rinmaydi. Gen mutatsiyasi xromosomalar tarkibidagi DNK ning ximiyaviy strukturasi о‘zgarishiga bog‘liq. DNK zanjiridagi nukleotidlar о‘rnining о‘zgarishi gen mutatsiyasining ximiyaviy negizidir. DNK zanjiridagi nukleotidlar RNK ni ham о‘zgartiradi, natijada oqsil sintezi, pirivordida esa organizmning belgi va xususiyatlari ham о‘zgaradi.
Gen mutatsiyasi xromosomaning ayrim lokuslari (genlar) tо‘satdan о‘zgarib qolishidir. Mutatsiyalarning sodir bо‘lishi qonuniy hodisa bо‘lib, organizmning normal holatini о‘zgartirishi mumkin. Masalan, normal drozofila pashshasining kо‘zi qizil bо‘ladi, mutatsiya natijasida esa oq kо‘zli pashsha tug‘iladi. Yovvoyi tipdagi organizmni normal madaniy holatga о‘tkazuvchi mutatsiyalarning vujudga kelishi tо‘gri mutatsiya deyiladi.
Kamdan-kam bо‘lsa ham mutantlar yana yovvoyi tipga о‘tishi mum-kin. Mutant tipda yana yovvoyi holiga qaytaruvchan mutatsiyalar teskari mutatsiya deyiladi. Agar dominant A gen retsessiv a genga, yoki aksincha retsessiv a gen dominant A genga о‘zgarsa, bundan hosil bо‘lgan juft genlar (a va A) allellar deb ataladi.
Bitta A gen bir necha marta о‘zgarib har xil genlar hosil qilishi mumkin. Buning natijasida bitta genning о‘zgarish qatori hosil bо‘ladi va bu kо‘p allellar seriyasi allelik deyiladi.
Odatda, ular ma’lum bir belgiga ta’sir etadi. Masalan, bitta A genning о‘zgarish qatori quyonda jun rangini о‘zgartiradi. Quyonning qо‘ng‘ir (yovvoyi tip) bir tekis kulrang tusli va tanasi oq, dumi, quloq uchlari va tumshug‘i esa qora (gornostay) hamda butunlay oq tusli (albinos) zotlari bor.
Quyonning shunday ranglarda bо‘lishi bitta A genning kо‘p marta tо‘rlanishiga bog‘liq.
1930 yillarda rus olimlari A.S.Serebrovskiy, N.P.Dubinin va boshqalar drozofila pashshasi ustida tajribalar о‘tkazib, gen murakkab tuzilganligi va u marksplar deb atalgan mayda qismlardan iborat ekanligini aniqladilar. Shunday qilib, olimlar genlar markazlardan tuzilganligi haqidagi ta’limotni kashf etdilar. Avvalo juda mayda birliklar (markazlar)dan iborat bо‘lgan genlarning tuzilishi, sо‘ngra markazlarning genda izchillik bilan joylashishi aniqlandi. Keyingi tekshirishlar shu tushunchalarning tо‘griligini isbotladi. Amerikalik S.Benzer va boshqa olimlar mikroorganizmlarda genning tuzilishini aniqladilar. Beshta genning minglab mutatsiyalari о‘rganildi. Bu tekshirishlar natijasida haqiqatan ham gen izchillik bilan joylashgan juda mayda elementlardan (muton, rekon va sistrondan) iborat ekanligi aniqlandi.
Xozir genni shunday ta’riflash mumkin: Gen-irsiyatning asosiy moddiy elementi, xromosoma tarkibiga kiruvchi DNK molekulasining bir qismi bо‘lib, organizmda moddalar almashinuvini boshqaradi. Bir yoki bir necha belgining rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatadi. U ma’lum bir kattalikda bо‘lib, о‘zgaradi va xromosomalarning chalkashuvida bir-biridan ajralishi mumkin bо‘lgan mayda birliklardan tuzilgan.

Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling