Mavzu: Seleksiyada mutatsion o‘zgaruvchanlikdan foydalanish Reja
Download 96 Kb.
|
Seleksiyada mutatsion ozgaruvchanlikdan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modifikatsion о‘zgaruvchanlik
Fepotip deb, genotip asosida organizmda shakllanadigan belgi va xususiyatlar tо‘plamiga aytiladi. Fenotip genotipning tashqi muhitga bо‘lgan munosabati (reaksiyasi)dir.
Demak, irsiy о‘zgaruvchanlik organizm genotipining, modifikatsion о‘zgaruvchanlik esa organizm fenotipining о‘zgarishidir. Modifikatsion о‘zgaruvchanlik Organizmda belgi va xususiyatlarning rivojlanishi shu organizm genotipi bilan tashqi sharoitning о‘zaro munosabatiga bog‘liq. Genotipi bir xil organizmlar turli sharoitda parvarish qilinsa, ular ba’zi belgilari bilan bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Organizmning butun о‘sish va rivojlanish jarayoni genotipning doimiy nazoratida hamda tashqi muhitning har bir sharoiti ta’si-rida bо‘ladi. Tashqi muhit sharoiti qancha qulay bо‘lsa, organizm shuncha yaxshi rivojlanadi. Masalan, urug‘ ma’lum qulay harorat va yetarli namlik bо‘lgandagina unadi, unib chiqqan maysalar ham tashqi sharoitga qarab tez yoki sekin rivojlanadi. Yana bir misol-navrо‘zgul (primula)ning ba’zi turi harorat 15-20 daraja bо‘lganda qizil gullaydi, agar shu о‘simlik harorati 30-35 daraja bо‘lgan issiq joyga kо‘chirilsa, guli oq rangga о‘zgaradi. Agar op-poq gulli о‘simlik harorati 15-20 daraja issiq yerga о‘tkazilsa, sо‘nggi yangi gullari qizil bо‘ladi. Turli belgi va xususiyatlarning har xil sharoitda modifikatsion о‘zgaruvchanlik chegarasi har xil bо‘ladi. Belgining modifikatsion о‘zgaruvchanlikka moyil bо‘lgan chegarasi shu belgining reaksiya normasi deyiladi. Tashqi sharoitning о‘zgarishi organizmning turli belgila-riga har xil ta’sir etadi. Masalan, yaxshi boqish va parvarish qilish bilan sigirning suti ortib boradi. Sutning yog‘liligi esa parvarishga qarab sutning miqdoriga nisbatan kamroq о‘zgaradi, chunki sutdagi yog‘ miqdori sigir zotining anchagina qiyin о‘zgaradigan doimiy belgisidir. G‘о‘za unumdor tuproqli yerda, suv va issiqlik yetarli bо‘lsa, bо‘ychan bо‘ladi, hosil va о‘suv shoxlari uzunlashadi, bargi, kо‘sak va chigiti yi-riklashadi, paxtaning tolasi uzayadi, tola chiqishi kо‘payadi. Noqulay (past agrotexnika) sharoitda esa bularning aksi bо‘ladi. Biroq shu ikki xil (kulay, noqulay) sharoitda ham barg, kо‘sak hamda tolaning rangi deyarli о‘zgarmaydi. Demak, sigirning kо‘p sut berishi, g‘о‘zaning bо‘ychan bо‘lib о‘sishi. barg, kо‘sak va chigitning yiriklashishi, tolaning uzayishi kabi belgilarning reaksiya normasi juda katta. Sutning yog‘liligi, barg va tola rangining reaksiya normasi esa ancha kichikdir. Modifikatsion о‘zgaruvchanlik irsiyatga bog‘liq. Lekin organizmning rivojlanishida tashqi sharoit ta’sirida xosil bо‘lgan о‘zgarishlar genotipni о‘zgartirmaydi, chunki ular reaksiya normasidan tashqariga chiqmaydi. Muhitning sharoiti qancha xilma xil bо‘lsa, modifikatsion о‘zgaruvchanlik shuncha kо‘p bо‘ladi. Reaksiya normasi katta bо‘lgan belgilariing о‘zgaruvchanlik doirasi keng; reaksiya normasi kichik belgilarniki esa tor bо‘ladi. Genotipning reaksiya normasi organizm о‘zgarishi jarayonida namoyon bо‘ladi. Masalan, navlarga baho berishda ularning genotipi reaksiya normasi о‘simliklarni qulay va noqulay sharoitda parvarish qilish yо‘li bilan о‘rganiladi. Genotip-ning reaksiya normasi orqali navlar qanday tuproq-iqlim sharoitiga moslana olishi aniqlanadi. Tashqi sharoit qulay bо‘lganda yukrri hosil beradigan, noqulay bо‘lganda esa hosili deyarli kamaymaydigan navlarniig ahamiyati kattadir. Masalan, bug‘doyning Bszostaya-1, Intensivnaya, Ulugbek-600, Sanzar-8, Umanka, Skifyanka, Kroshka, arpaning Afrasiyob, Temur navlari sug‘oriladigan yerlarda juda yuqori hosil beradi. Qurg‘oqchilik sharoitda esa ularning hosili uncha kamaymaydi. G‘о‘zaning 108-F, Toshkent-6, Qirg‘iziston-3, Farg‘ona-6, Namangan-77, S-6527, Oqdaryo-6, Yulduz, Omad, Mexr, Navbahor navlari О‘zbekistonning kо‘pchilik viloyatlariga tarqaldi, chunki ular tashqi sharoitga tez moslashish xususiyatiga ega. Shunday qilib, ekin navlari va chorva mollari zotlarining qaysi belgilari katta, qaysi belgilari esa kichik reaksiya normasiga ega ekanligini bilish qishloq xо‘jaligi uchun muhim ahamiyatga egadir. Download 96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling