I. Umumiy qism. Paxta chigiti
Download 1.09 Mb. Pdf ko'rish
|
chigitga dastlabki tehnologik ishlov berilish bolimi loyihasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
- I. UMUMIY QISM. 1.1. Paxta chigiti.
- 1.2. Texnik chigit navlarining asosiy ko’rsatkichlari
- II. ASOSIY QISM. 2.1. Moyli urug’lar tarkibidagi aralashmalar turlari Yog’li aralashmalar
- Aralash moddalarning ishlab chiqarishga va moy sifatiga ta‘siri.
- Organik aralash moddalar
- 2.2. Moyli urug’larni begona aralashmalardan tozalash
- 2.3.Moyli urug’larni aralash moddalardan tozalash usullari.
- Moyli urug’larni aralash moddalardan tozalash uskunalari.
2
3
Kirish
1.1. Paxta chigiti. 1.2. Texnik chigit navlarining asosiy ko‟rsatkichlari
2.1. Moyli urug‟lar tarkibidagi aralashmalar turlari 2.2. Moyli urug‟larni begona aralashmalardan tozalash 2.3. Moyli urug‟larni aralash moddalardan tozalash usullari. 2.4. Paxta chigitini aralash moddalardan tozalash. 2.5. Urug‟larni quritish 2.6. Texnologik sxemalarni tanlash 2.7. Texnologik xisoblar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
4
Yog‟-moy ishlab chiqarish oziq-ovqat sanoatining eng salmoqli sohasi bo‟lib, unda xomashyodan yog‟ ishlab chiqarish bilangina cheklanilmaydi, balki olingan yog‟ni, sanoat chiqindilarini qayta ishlab, turli xil moyli mahsulotlar (salomas, margarin, mayonez, fosfatid kontsentratlari, glitserin, yog‟ kislotalar, sovun va boshqalar) ham tayyorlanadi. Agrosanoat kompleksi samaradorligini oshirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan tag‟minlanishini keskin yaxshilash eng mag‟suliyatli masaladir. Ayniqsa, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan yil bo‟yi tag‟minlab turish uchun shirkat xo‟jaliklarida qishloq xo‟jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash ishlariga aloxida eg‟tibor berish lozim. O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.01.06 dagi №PF-3709 “Meva- sabzavotchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‟g‟risida”gi farmoni, 2008 yil 20 oktyabrdagi “Ekin maymoyli urug‟larini optimallashtirish va oziq-ovqat ekinlari ishlab chiqarish hajmini oshirish to‟g‟risida”gi farmoni, 2009 yil 26 yanvardagi “Oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va ichki bozorni to‟yintirish bo‟yicha qo‟shimcha choralar to‟g‟risida”gi qarori, shuningdek “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, uni qzbekiston sharoitida barta-raf etishning yo‟llari va choralari” asarida chop etilgan tavsiyalarga muvofiq respublikamizda 2011 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy va ishlab chiqarish faoliyati doiralarini takomillashtirish, ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish va qishloq xo‟jaligi ekinlari assortimentini kengaytirish, buning asosida aholining oziq- ovqat tovarlariga bo‟lgan talabini to‟liq qondirish va qishloq aholisining daromadini oshirishga erishish dasturi belgilab olindi. Tabiiyki, mazkur dasturni amalda joriy etish va qishloq xo‟jaligi ishlab chiqarishida tub islohotlarni yuritish uchun ushbu sohani mukammal egallagan malakali mutaxassislarga bo‟lgan talab ortib boradi. Hozirgi kunda moyli urug‟, meva-sabzavot, texnik va boshqa ekinlarni etishtirish, tashish, saqlash va qayta ishlash masalalari etarlicha o‟rganilgan deb bo‟lmaydi. Bundan tashqari sohadagi ilg‟or fan-texnika yutuqlari ishlab chiqarishga keng joriy etilmayapti. Mazkur majmua bo‟lg‟usi mutaxassislarning nazariy bilimlarini mustahkamlashi bilan bir
5 qatorda sabzavotlar ekinlari mahsulotlari va kartoshkani saqlash va qayta ishlash bilan bog‟liq zarur malakalarni egallashga imkon beradi. Ta‟kidlash joizki, fanni mukammal egallash uchun talabalar har bir mashg‟ulot mobaynida topshiriqlarni o‟qituvchi ko‟rsatmasiga binoan mustaqil echishi lozim. Buning uchun majmuada tegishli vazifalar, ularni echish bo‟yicha zamonaviy pedagogik texnorlogiyaning element-organayzerlari, kerakli jihozlar va materiallar, shuningdek ishni bajarish tartibi keltirilgan. Mashg‟ulotlarda talabalar keltirilgan vazifalarga binoan moyli ekinlarini saqlash va qayta ishlash turlari va usullari, qo‟llaniladigan idish-anjomlar va materiallar, xom ashyo va qayta ishlangan mahsulotlarga qo‟yiladigan talablar, ularni tayyorlash va mahsulot chiqishi me‟yorlari, mahsulotlarni saqlashga joylashtirish, qayta ishlash va boshqa tadbrlar bilan bog‟liq hisob-kitob ishlari bilan amaliy tanishadilar. Ishning to‟g‟ri bajarilishiga esa o‟qituvchi mas‟ul bo‟lib, darsni o‟tish davomida talabalarni doimiy tekshirib, ularga nisbatan aqliy hujumlar uyushtirib, zarur hollarda tegishli tavsiyalar va ko‟rsatmalar berib boradi.
6
1.1. Paxta chigiti. Paxta paxtadoshlar oilasiga kiradigan bir yillik tolali o‟simlik. U asosan tolasidan gazlama to‟qish uchun ekilib kelingan. SHuning uchun ham ko‟p vaqtlargacha chigitga «sanoat chiqindisi» deb qaralib, uning moyini ko‟paytirish ustida selektsiya ishlari olib borilmagan. O‟zbekistonda paxtaning uzun tolali va o‟rtacha tolali navlari ekiladi. Uzun tolali paxtadan qora chigit, o‟rtacha tolgli paxtadan esa paxta zavodlaridagi jin va linter mashinalarda tozalangandan keyin ham 8-12,0% lint (kalta dag`al tola) qoladigan chigit chiqadi. Bunday chigitning sirti ko‟kimtir lint va delint bilan qoplangan bo‟ladi. Momiq tarkibida sllyuloza, moy, mum, pektin moddalar, pigmentlar va mineral tuzlar bo‟ladi. CHigit mag`zi ichida murtak bor. Mag`izning ko‟p qismi shu murtak uchun oziq tariqasida yig`ilgan moy va oqsil moddalardan tashkil topgan. Ular yupqa qobiqqa o‟ralgan, ustidan esa po‟choq bilan qollangan bo‟ladi. Qalin po‟choq mag`izni mexanik zararlanishdan saqlab turadi. Paxta navi, tuproq-iqlim sharoiti va qo‟llaniladigan agrotexnika tadbirlari chigitning kimyoviy tarkibiga ta`sir etadi. SHuning uchun ham turli tabiiy sharoitda etishtirilgan paxtaning chigiti har xil bo‟ladi. CHigitning mag`zi tarkibi turlicha bo‟lgan uzun hujayralardan tuzilib, unda moy va oqsil moddalar bo‟ladi. Mag`iz hujayralarining protoplazmasi albuminoid guruhiga kiradigan oqsillardan tashkil topgan bo‟lib, issiqlik ta`sirida iviydigan bo‟ladi. CHigit po‟chog`i asosan sellyuloza va gemitsellyulozadan iborat bo‟lib, uning tarkibida moy juda oz 0,5% bo‟ladi. Har bir hujayra quyidagi qismlardan: hujayra devori, eleoplazma va aleyron donachalaridan tashkil topgan. Aleyron donachalarining tarkibida 50-75% oqsil bo‟lib, qolgan qismi fosforli, lekin oqsili bo‟lmagan boshqa moddalardan iborat. Hujayra devorlari gemitsellyulozadan tuzilgan. yog` eleoplazma tarkibiga kiradi. Eleoplazmaning ichida moydan tashqari, sitoplazma oqsil moddalar ham bor.
7 CHigit mag`zining tarkibidagi bezchalar asosan yupqa devorli 2-3 ta mayda va bir necha dona yirik hujayralardan tuzilgan. Bu hujayralarning ichi gossipol, gossipurpurin, pigment va kimyoviy jihatdan murakkab tuzilgan boshqa turli moddalar bilan to‟la bo‟ladi. CHigit pishib etilgan davrda tarkibida moy ko‟payib, suv kamaya boradi. Bu davrda eleoplazma suyuq gel holatidan o‟z ichiga moy tomchilarini qamrab olgan elimsimon holatga o‟tadi. Mag`izning suvi yana ham kamayganda moy tomchilari ultradispers holatga o‟tib, geterogen sistema hosil qiladi. Paxta moyi chala quriydigan moylarga kiradi va asosan S 16 -S
moy kislotalardan tuzilgan triglitseridlardan tashkil topgan bo‟ladi. Kuzda ho‟l (nam) va xom terilgan paxtaning chigitini saqlash qiyin. CHunki nam ta`sirida enzim fermentining aktivligi ortishi natijasida chigit qiziydi, moyi parchalanib aldegid, keton, moy kislotalar, karbon gazi (SO 2 ) va boshqalar hosil bo‟ladi, chigit avval sarg`ayib, keyin qorayib «kuya» boshlaydi, buziladi. G`o‟za asosan Urta Osiyo respublikalarida, Qozog`istonning janubiy rayonlarida va qisman Azarbayjonda ekiladi. Paxtaning 60% ni chigit tashkil etadi, uning moyliligi 15-20%. Ayrim paxta navlari chigitining tarkibi (% hisobida) 1-jadval Selektsiya navlari
Mag`zi Shulxasi Moyi
Namligi Sof gossipol Moysizlantirilmag an protein Toshkent-2 108-F
5904-I 57-91
52,3 57,8
42-49 40,1
39,6 20-39
18,0-23,11 21,5-22,5 7-51 7,5-9,5
7,8-9,2 0,16
0,3 0,45
33-61 17,4-22,3 21,5-22
Usimlik moylari moy kislotalar, trigletseridlar tarkibi jihatidangina emas, balki fizik-kimyoviy xossalari bilan ham bir-biridan farq qiladi. CHigit moyi, asosan, to‟yinmagan olein, linolen va to‟yingan palmitin, stearin kislotalar triglitserididan iborat bo‟ladi. N.I.Ishoqov, A.G.Vereshchagin va S.V.Skvortsova paxta moyi
8 tarkibidagi moy kislotalarning turi va ularning moy vazniga nisbatan protsent bilan ko‟rsatilgan miqdorini quyidagicha ifodalaydilar: 2-jadval Moy kislotalar Moyning vazniga nisbatan miqdori (%) Meristin 0,49
Palmitin 24,77
Palmitoolein 0,57
Stearin 1,93
Olein 15,37
Linolen 53,03
N.I.Ishoqov va O.S.Sodiqov chigit moyi tarkibida 1% dan ortiq araxin kislota borligini aniqlaganlar. 3-jadval CHigit moyining fizik va kimyoviy xossalari. Xossalari Ko‟rsatkichi Qotish temperaturasi 0°S Nurni sindirish ko‟rsatkichi (20° da) 1,472-1,474 Yod soni 110-120 Sovunlanish soni 191-199 20°S da solishtirma og`irligi 0,918-0,932 Rodan soni 65 Reyxert-Meyssli soni 0,2-1,0 Gener soni 96,2 Moy kislotalar titri 28-40° O‟t olish darajasi:
Kislota soni 1,3 bo‟lganda 243°S Kislota soni 3,68 bo‟lganda 236°S
9 Atsetil soni 15 YOnish issiqligi 9,4 kal/g 19,7°S da kristallashdagi suyuqlanish issiqligi 20,6 kal/g Elementlar tarkibi:
S
N 2
11,3 % O 2 12,2 %
Gossipol miqdori 2% gacha Stearin miqdori 1,6% gacha Uglevodorodlar 0,25%
1.2. Texnik chigit navlarining asosiy ko’rsatkichlari Paxta tozalash zavodlarida paxta tolasi va momigi ajratib olingandan keyin moyni olish uchun yog‟ zavodlariga yuboriladigan chigit navlari texnik chigit deb ataladi; texnik chigiti turt navga bo‟linadi. Xozir amalda bo‟lgan GOST O‟zDSt 596:2014 ga muvofik, yetilib pishgan, soglom chigitlar birinchi navga kiradi; G‟o‟zaning seleksiya naviga qarab salgina yashil yoki boshqa rang aralashgan oq-sariq rangli. Bu navga kiradigan o‟rta tolali chigitning tuklilik darajasi quyidagicha; paxta tozalash zavodlarida momigidan va tukidan ikki marta tozalangan chigitda – 7,0 % gacha, bir marta tozalangan chigitda – 10,5% gacha bo‟ladi,ingichka tolali paxta chigitning tuklik darajasi 2,0-6,5% dan ortmsaligi kerak. Begona aralash moddalar va moyli aralashmalar 1,5 % dan, chigitning namligi esa 8,0 %dan oshmasligi kerak. Mag‟zi chala pishgan chigit bilan och mag‟zli chigit aralashmasi ikkinchi navga kiradi. Kundalangiga kesib kurganda chigit.G‟o‟zaning seleksiya naviga qarab salgina boshqa ranglar aralashgan oq-sariq rangli. Bu navga kiradigan o‟rta tolali chigitning tuklilik darajasi; chigit momigidan va tukidan paxta tozalash zavodlarida ikki marta tozalansa – 8,0 % gacha, bir marta tozalansa 11,5 %gacha; ingichka tolali paxta chigitining tukliligi 3,0-7,5%dan ortmasligi kerak. Begona aralash moddalar va moyli aralashmalar miqdori 3,0% dan chigitnig namligi 9,0 %dan oshmasligi kerak.
10
Chigitlarning ko‟prok qismini chala pishgan, xom va och mag‟zli chigit hosil qilsa, bunday chigitlar uchinchi navga kiradi. Bunday chigitning tusi.Turlicha och ranglar aralashgan kul rang oq-sariq rangdan to och sariq ranggacha. Bu navga kiradigan o‟rta tolali chigitning tuklilik darajasi; chigit momigidan va tukidan paxta tozalash zavodlariga ikki marta tozalansa – 7.0-11.0% gacha, bir marta tozalansa 13.0% gacha; ingichka tolali paxta chigitining tukliligi 4,0-9,0 % dan ortmasligi kerak. Begona aralash moddalar va moyli aralashmalar miqdori 11,0 %dan, oshmasligi kerak. Asosan xom va och mag‟zli hamda mag‟zi kesib kurilgandan rangi sarikdan tortib och jigar ranggacha bo‟lgan chigitlar turtinchi navga kiradi. Bu navga kiradigan o‟rta tolali chigitning tuklilik darajasi chigit momig‟idan va tukidan paxta tozalash zavodlarida ikki marta tozalansa – 8.0-13.0 % gacha, bir marta tozalansa 13,5 % gacha ingichka tolali paxta chigitini tukliligi 4.5-9.0 % dan ortmasligi kerak. Begona aralash moddalar va moyli aralashmalar miqdori 33,0 % gacha chigitning namligi 13,0 % dan oshmasligi kerak. Yuqoridagi ko‟rsatkichlarga tug‟ri kelmaydigan chigit navsiz hisoblanib moy olish uchun yaramaydi.
Texnik chigit navlarining asosiy ko‟rsatkichlari 4-jadval. Sifat ko‟rsatkichlari Navlar 1
3 4 Mag‟z rangi och novvot novvot
kukamtir– sarg‟ish sariq, och jigar rang
Namligi 8.0-10.0 9.0-11.0 12.0
13.0 Aralashmalar 1,5 1.5-3.0
11.0 33.0
Momiqligi o‟rta tolali 7.0-10.5 8.0-10.5 7.0-11.0 8.0-13.0 ingichka tolali 2.0-6.5
3.0-7.5 4.0-8.5
4.5-9.0 11
Chigit
navi Chigit kesimidagi mag‟izning rangi I G‟o‟zaning seleksiya naviga qarab salgina yashil yoki boshqa rang aralashgan oq sariq rangli II
G‟o‟zaning seleksiya naviga qarab salgina boshqa ranglar aralashgan oq- sariq rangli III Turlicha och ranglar aralashgan kul rang oq-sariq rangdan to och sariq ranggacha IV
Sariq rangdan to och jigar ranggacha 12
II. ASOSIY QISM. 2.1. Moyli urug’lar tarkibidagi aralashmalar turlari Yog’li aralashmalar singan, ezilgan, po‟chog‟i chaqilgan, mag‟zi ezilgan urug‟lardan iborat, ular chigit va boshqa urug‟larni saqlashda katta zarar yetkazadi, havodagi namlik va kislorod ta„sirida buzilib, yog‟ kislotalar, ketonlar va boshqa har xil uchuvchan moddalarga parchalanadi va buzila boshlaydi. Natijada yog‟ning sifati buziladi. Organiq aralashmalarga g‟o‟za po‟chog‟i, barglari, qog‟oz, paxta tolalari va xas- xashaklar kiradi. Bunday aralashmalar urug‟ini tez qizdirib yuboradi va olinadigan yog‟ning sifatini buzadi, yog‟ olishda mashinalarning ayrim joylariga tiqilib qoladi, avariyaga olib kelishi mumkin.
shunga uxshashlardan iborat. Bo‟larning miqdori 1-10% bo‟lishi mumkin. Bunday aralashmalar texnologik uskunalarni ishdan chiqaradi, sindiradi va yong‟inga sabab bo‟lishi mumkin. Moyli urug‟larning tozalik darajasiga ko‟ra 3 ta kategoriyaga: toza, o‟rtacha toza va iflos bo‟ladi. Aralash moddalarning ishlab chiqarishga va moy sifatiga ta‘siri. Yog‟li urug‟larni uzoq saqlash uchun va qayta ishlash texnologiyasi buzilmasligi uchun ular tozalanadi. Aralash moddalar moyli urug‟larni moy zavodlariga tashishda halq xo‟jaligiga zarar yetkazadi. Tozalanmagan urug‟larni omborlarda saqlaganda ular tarkibidagi begona aralash moddalar foydali ishlab chiqarish maydonlarini egallaydi va buning natijasida saqlashdagi sarf xarajatlar ko‟payadi. Ifloslangan urug‟lar, tayyor mahsulot sifatiga salbiy ta„sir etadi, moyning chikitga chiqishini ko‟paytiradi, qurilma va mashinalarni yeyilishini va sinishini ko‟paytiradi, mashinalarni ish unumdorligini pasaytiradi va ishlab chiqarishda antisanitariya holatlarini yuzaga keltiradi.
13
Mineral aralashmalar elak, valik, pichok va qovurish qasqonlarini ostini yeyilishini tezlashtiriladi. Ular kunjara va shrot tarkibiga qushilib kolib ular tarkibidagi oqsil moddasi miqdorini kamaytiradi va uning natijasida ularning oziqaligi kamayadi. Ular moyni uziga yutib kunjara va shrotning moyligini oshiradi va buning natijasida moyning yuqolishi ko‟payadi. Moy tarkibiga utib moyga tuprok mazasini hosil qiladi, moyga utishi natijasida ular tarkibidagi mikroorganizmlar ham moyga utib moyni buzilishigi sabab bo‟ladi. Bo‟lardan tashqari tayyorlov bo‟limlarida urug‟ni tozalashda chang hosil qilib qiyin mexnat sharoitini hosil qiladi. Organik aralash moddalar asosan kletchatkadan iborat bo‟lib kunjara va shrotning sifatiga ta„sir etadi, ular moyning uziga shimib olib va shrot bilan moyning chikitga chiqishini ko‟paytiradi.
sifatiga ta„sir etadi. Zararlangan urug‟ning ko‟p miqdorda bo‟lishi moyning oziq- ovqatga ishlatib bo‟lmaydigan holatga olib ketadi, uning kislota soni oshib ketib kulansa xidli bo‟ladi. 2.2. Moyli urug’larni begona aralashmalardan tozalash Ularni saqlashdan va ishlab chiqarishga uzatishdan oldin bajariladigan eng muhim va birinchi texnologik jarayondir.Moyli urug‟larni aralash moddalardan tozalash orqali quyidagilar ta„minlanadi: -saqlashda boradigan turli buzilish jarayonlarning borishi sekinlashadi; -yuqori namlikga ega bo‟lgan moddalarni ajratish orqali urug‟ning umumiy namligi past bo‟ladi; -urug‟ning harorati bir muncha pasayadi; -ko‟p miqdordagi mikroorganizmlar bilan zararlangan moddalarni ajratib olish natijasida, urug‟ tarkibidagi mikroorganizmlar kamayadi; - saqlash omborlarning foydali maydonidan unumli foydalaniladi; sifati va xususiyatlari bir xil bo‟lgan urug‟ massasi hosil qilinadi; -qurilmalarni ishi yaxshilanadi, ish unumdorligi ortadi, yeyilishi va sinishi kamayadi; -xasharotlardan va zararkunandalardan bir qism tozalaniladi;
14
-olinayotgan mahsulotlarning (moy, kunjara va shrot) sifati yaxshilanadi; -ishlab chiqarishda moyning chikitga chiqishi kamayadi. Moyli urug‟larni tarkibidagi aralash moddalarni tozalash usullari Urug‟larni aralash moddalardan tozalash usullari urug‟ va aralash moddalarning fizik xususiyatlarini turlicha ekanligiga asoslangan. Aralash moddalar urug‟dan o‟lchami va shakli, zichligi, aerodinamik va magnitlanish xususiyatlari bilan farq qiladi. Shu sababdan ham urug‟larni tozalashda turli usullarda ishlaydigan texnologik qurilmalar ishlatiladi. 2.3.Moyli urug’larni aralash moddalardan tozalash usullari. Moyli urug‟larni aralash moddalardan quyidagi usullar qullaniladi: -Urug‟ni aralashmalardan ularning o‟lchami va shakli bo‟yicha ajratish. Bunday ajratish moy xom ashyolarni turli o‟lchamdagi va shakldagi elaklarda elash orqali amalga oshiriladi. -Moyli urug‟ va aralash moddaning aerodinamik xususiyatlarni turlicha ekanligiga asoslangan usul bunday usulda ishlashi urug‟ massasini havo oqimda separatsiya qilishda ishlatiladigan qurilmalarda amalga oshiriladi. -Urug‟ni aralash moddalardan mexanik kuch ta„sir ettirib ajratish - ya„ni ishkalash va urish yordamida tozalash. -Urug‟ni aralash moddalardan suv bilan yuvib tozalash. -Urug‟ni aralash moddalardan ularning magnitlanish xususiyatlariga asosan ajratish.
chiqarishda urug‟larni tozalashda yuqoridagi usullarni umumlashgan xolda qullaydigan qurilmalar ishlatiladi. Moyli xom ashyog‟a aralashgan begona aralashmalar o‟lchami va shakli bo‟yicha bo‟laklarga ajratiladi, bunda ikkita fraktsiya hosil bo‟ladi, birinchi fraktsiya ellanma deyilib bunda o‟lchami moyli urug‟dan kichik bo‟lgan aralashmalar galvir teshiklaridan utadi, ikkinchi fraktsiya qoldiq deyilib moyli urug‟ va o‟lchami galvir teshiklaridan katta bo‟lgan moddalar galvir ustiga qoladi. Bu usulda o‟lchami moyli 15
urug‟ bilan bir xil bo‟lgan moddalarni ajratib bo‟lmaydi, shuning uchun bu usul birlamchi tozalashga qullaniladi. O‟lchami va shakli moyli urug‟ bilan bir xil, lekin solishtirma ogirligi turlicha bo‟lgan aralash moddalar havo oqim yordamida ajratiladi. Havo oqim urug‟lar massasiga ta„sirqilganda ular qarshilik ko‟rsatadi, lekin xar kaysi fraktsiya urug‟ning karshilik ko‟rsatishi ham har xil bo‟ladi. Bo‟lardan tashqari, xar qanday jismning aerodinamik xususiyatlari va buralib aylanish tezligi ham har xildir. Jismning buralib aylanish tezligi shunday tezlikki, unda jism muallak holatda bo‟ladi. Buralib aylanish juda ko‟p faktorlarga: jismning absolyut ogirligiga, solishtirma ogirligiga, shakliga, satxning xarakteriga, katta-kichikligiga va boshqalarga bog‟liq bo‟ladi. Misol uchun, paxta chigitining buralib aylanish tezligi uning namligiga,tukining ko‟p-ozligiga bog‟liq. Moyli urug‟lar tarkibidagi begona aralash moddalarning o‟lchami, shakli va aerodinamik xususiyatlarni hisobga olib ishlaydigan qurilmalar separator- saralagichlar deyiladi. Xozirgi vaqtida kungaboqar urug‟ni, soya urug‟ni ajratishda 3SM – 100, KDP- 100, ZSP- 10U, 3S - 5 tipdagi separator- saralagichlar ishlatilmokda.
Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling